Raqamli uzatgichlar uchun ASCII ga asoslangan protokollar. Bugungi kunda ko‘p sonli raqamli uzatkichlar ishlab chiqarilmoqda, ular sensorlar va texnoligik jarayon ma’lumotlarini qabul qilib, kompyuter yoki boshqa protsesorli qurilma ketma-ket portiga ma’lumotlarni raqamli formatda uzatadi. Ma’lumotlar shuningdek, kompyuter yoki PLC dan uzatuvchiga nazorat qiluvchi qurilmalar uchun yuboriladi (raqamli yoki analog chiqish orqali). RS-232 yoki RS-485 standartlari signal uzatuvchi va protsesorli qurilma o‘rtasidagi ma’lumot almashinish uchun ishlatiladi.
Har bir raqamli uzatkich analog signallarni ma‘lum bur turdagi kirush uchun optimallashtirilgan o‘zgartirgichga ega tuliq bir kanalli interfeys hisoblaniladi. Analog kirish signallari analog raqamli (A/D) o‘zgartirgichlar bilan raqamlashtiriladi, analog chiqqish signallari raqamli shakldan raqamli analog o‘zgartirgichlarda o‘zgartiriladi. Barcha ma’lumotlar ASCII formatida saqlanadi va bir soniyada ma’lumot tarkibi 8 marotaba yangilanishi mumkin. Markaziy computer uzatgichga ASCII buyruqlarini yuborib ma’lumotlarni qabul qilishi yoki uzatishi mumkin. Standart uzatgichlarning ko‘plab turlari mavjud, misol uchun yuqori chastotaviy kirishli, raqamli kirish va chiqish signalli, termoparali va RTD (qarshilikli, haroratli, bog‘liqli).
Aloqa apparatlari. RS-232 standarti nuqtadan nuqtagacha topologiyasida tarmoq sistemasi sifatida ishlatiladi, biroq bu uzatgichlar RS-232 aloqa portiga ulangan bir nechta qurilmalar bilan sozlanishi ham mumkin. RS-232 standarti bir nenchta tugunli topologiya kurinishidagi tizimga ruxsat bermaganligi sababli tarmoq qurilmalari 14.1-rasmda ko‘rsatilgandek ketma-ket ulanadi.
Asosiy tarmoq qurilmasi orqali yuborilgan ma’lumot tarmoqdagi har bir uzatgich bilan qabul qilinadi va adresini tanilmagunga qadar keyingi uzatgichga uzatiladi, yuborilgan adresdagi uzatgich ma’lumotni qabul qilgach qaytarib javob signalini yuboradi.
14.1-rasm. RS-232 ma’lumot uzatish kanali.
RS-485 standarti ko‘p kanalli sistemalar uchun yarim dupleks usulda ishlatiladi. Agar bir RS-485 sigmentini ulash uchun 32 dan ortiq modul talab etilsa qo‘shimcha modulga signalni va quvvatni oshirish uchun RS-485 repiter (takrorlovchi) modul talab qilinadi (14.2-rasm).
14.2-rasm. RS-485 ma’lumot uzatish kanali.
Uzatgich modulida sozlash ma’lumotlarini va kalibrlash kostanta qiymatlarini saqlash uchun EEPROM (electrically erasable programmable read only memory) xotira qurilmasi mavjud. Aloqa parametrlari (masalan, uzatish tezligi (bod)) foydalanuvchi tomonidan unitilishi mumkin bo‘lganligi sababli, modul asl holatiga qo‘yilishi mumkin, bunda uzatish tezligi 300 bod ga moslashtiriladi va har qanday addresni taniy olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |