Bog'liq Компьютер тизимлари Дарслик Юсуф 18 10 2019
Unumdorlik, tezlik, takt chastota. Zamonaviy kompyuterlarning unumdorligini odatda sekundiga millionlab amalni bajarishi bо‘yicha о‘lchanadi. О‘lchov birligi bо‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
MIPS (MIPS – Millions Instruction Per Second) – qayd qilingan vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi amallar uchun;
Mflops (MFLOPS – Millions of Floating point Operation Per Second) - suriluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi amallar uchun;
Kompyuter unumdorligini hisoblashda kamroq quyidagi о‘lchov birliklaridan foydalaniladi:
Kflops (KFLOPS - KILOFLOPS) unumdorligi pas kompyuterlar uchun qandaydir о‘rtacha mingta sonlar ustidagi amallarni bjarish;
Gflops (GFLOPS - GIGAFLOPS) – suriluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustida sekundiga milliard amalni bajarish.
Kompyuter unumdorligini baholash har doim taxminiydir, chunki qandaydir umumlashtirilgan yoki teskarisi aniq amal turiga mо‘ljallanadi. Amalda turli masalalarni hal qilishda turli amallar tо‘plami ishlatiladi. 1970 yillarda turli masalalar uchun (iqtisodiy, texnik, matematik va xokazo) о‘rtacha amallar tо‘plami (Gibson aralashmalari) ishlab chiqilgan edi. Gibson aralashmasi bо‘yicha keltirilgan masalalar turi uchun kompyuterning о‘rtacha tezligini aniqlash mumkin. Ancha yangi testlar ham mavjud – ishlab chiqaruvchi firmalarning о‘z mahsulotlarini tezligini aniqlash uchun test tо‘plamlari mavjud: iCOMP – Intel Comparative Microprocessor Performance (1992) kо‘rsatkich Intel firmasining mikroprotsessorlari uchun; (iCOMP2.0 – test 1996 yilniki), 32 bitli operatsion tizim va multimediali texnologiyalarga mо‘ljallangan; kompyuterni aniq bir tatbiq sohasiga yо‘naltirilgan testlar – Winstone97-Business ofis masalalar guruhi uchun mо‘ljallangan, boshqa turdagi masalalarga mо‘ljallangan variantlari WinBench 97.
Juda turli-tuman masalalarni bajaruvchi universal kompyuterlar uchun bu baholashlar juda ham aniq bо‘lmaydi. Shuning uchun SHK kо‘rsatkichi uchun unumdrlik kо‘rsatkichi о‘rniga kompyuter tezligini ancha aniq ifodalovchi takt chastotasini kо‘rsatiladi, chunki har bir amal о‘zining bajarilishi uchun aniq taktlar sonini talab etadi. Takt chastotasini bilgach, harqanday mashina amalsini bajarilish vaqtini yetarli darajada aniq aniqlash mumkin bо‘ladi.
Masalan, buyruqlarni konveyerli bajarish bо‘lmagan taqdirda va mikroprotsessorning ichki chastotasini oshirilsa, 100 MGs chastotali takt generatori sekundiga 20 million qisqa amallarni bajarilishini taʻminlaydi (oddiy qо‘shish va ayirish, axborotlarni uzatish va hokazo); 1000 MGs chastotada esa – sekundiga 200 million amalni bajaradi.