mos kelgan. Ya’ni 1 funt (o‘lchov birligi) doimo 16 unsiyaga, xuddi
shunday 1 funt sterling (oltin o‘lchov birligi) 4,86 dollarga teng bo‘lgan.
Xalqaro oltin standarti insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan
va butun jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini o‘tagan.
AQSHning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga yetishining
asosiy
sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha davlatlarida
dollaming to‘lov vositasi sifatida amal qilishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat taqsimotida, xalqaro
kapital oqimida, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida
va boshqalarda
ko‘rishimiz mumkin.
Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi,
barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent «maxsus
tovar» sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning
bu jarayonlardagi o‘mi unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga
chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki bozor talabidan kelib chiqib
belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi mamlakatda sun’iy
inflatsiyani yuzaga kelishiga yo'l qo‘ymasligi
bilan birga, mamlakat
to‘lov balansining muvozanati ta’minlagan.
Mamlakatda pul taklifmi ortishi mahalliy tovar va xizmatlar
bahosining ortishiga olib keladi. 0 ‘z navbatida, aholining nominal
daromadlari ortadi, bu esa importning o‘sishiga ta’sir ko‘rSatadi.
Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past
bo‘ladi. Natijada mamlakatda eksportning
hajmi importga nisbatan
qisqaradi. 0 ‘z navbatida, mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni
keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valuta zaxiralarini kamayishiga
olib keladi. Shu o‘rinda aytish joizki, bank depozidarining sun’iy
ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditiar hajmining
ortishi ham oltin - valuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Chunki,
bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari depozitlami oltin
miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning
uchun mamlakatda pul
taklifmi kamaytirish va uning tegishli me’yorini saqlash lozim bo‘ladi.
Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini tushishiga olib keladi va shu
tariqa bozorda narxlar muvozanati ta’minlanadi. Bu esa eksport hajmini
oshirish ehtiyojini tug‘diradi va mamlakatga oltin oqimining ortishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat o‘zaro savdo - iqtisodiy munosabatda
bo‘lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar
davom etadi.
259
0 ‘z davrida davlatning oltin standarti
pul tizimini mustaqil amal
qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilgan va ushbu
pul tizimining mukammalligidan qat’iy nazar inflatsiya, retsessiya
natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin
tangalami zarb etish ustidan davlat nazoratini o‘matilishi, qonuniy
to‘lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo‘yilganligi, qog'oz
pullami joriy etilishi va inflatsiyani rag‘batlantirilishi kabi yo‘nalishlar
orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan. Davlatning
pul muomalasiga ta’sir etish choralarini joriy
etilishiga qaramay, ushbu
sohadagi o‘zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga
oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: