hollarda esa davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga
kreditlar beradi.
Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning
subyektlari sifatida
davlat nomidan markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari
maydonga chiqsa, ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar
ishtirok etadi. Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda
ko‘pchilik hollarda
davlat budjeti taqchilligini
qoplash yoki yirik
investitsion loyihalami amalga oshirish maqsadida o‘z nomidan
qimmatli qog‘ozlami muomalaga chiqaradi. Davlat budjetining
taqchilligini
qoplashda davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. Bunda
yuridik va jismoniy shaxslar kreditor sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat
budjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalari ham mavjud bo‘lib.
Ularning asosiylari sifatida quyidagilami keltirish mumkin:
• amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish;
• muomalaga qo‘shimcha pullami (xazina biletlarini) emissiya
qilish;
• Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish;
• Xalqaro kredit va moliyaviy yordam so‘rash;
• Davlatning qimmatli - qog'ozlarini muomalaga chiqarish.
Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun amaldagi soliq
stavkalari miqdorini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar
soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish
hamda xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga moyillik tug‘iladi.
Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush
farovonligini ta’minlashda salbiy holatiar yuz beradi.
Muomalaga qo‘shimcha pullami chiqarish hisobiga davlat budjeti
taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o‘rtasidagi
muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko4rsatadi. Ya’ni, pul massasi
tovar massasiga nisbatan
ortib ketadi, bunday xolatda milliy valutaning
sotib olish qobiliyati pasayadi va inflatsiya darajasining ortishiga sabab
boiadi.
Markaziy bankning krediti davlat budjeti taqchilligini qoplashning
boshqa manbalariga nisbatan bir muncha samaraliroq hisoblanadi, lekin
Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan 3
oy muddatga
berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas.
167
Davlat budjeti taqchilligini qoplashda xalqaro kredit va xorijiy
mamlakatlaming moliyaviy yordamini olish doimo ham ijobiy
natijalami bermaydi.
Chunki, kreditor mamlakat qarz oluvchi
mamlakatga qator shartlami qo‘yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish
orqali kreditor mamlakat siyosiy va iqtisodiy taziyq o‘tkazish
holatlari
ham amaliyotda uchrab turadi. Shuning uchun davlat budjetining
taqchilligini qoplashning eng qulay usuli davlatning qimmatli
qog‘ozlami yuridik va jismoniy shaxslarga sotish orqali kredit olishi
hisoblanadi. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki,
davlat krediti
faqatgina budjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki iqtisodiyotni
tiklash (asosan tabiiy ofatlar yoki urushlardan so‘ng), mamlakatda
ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyatga ega boigan qurilish ishlarini bajarish
yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini
rivojlantirish uchun uzoq
muddatlarga (5, 10 yil) olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: