qiymat о ‘Ichovi, muomala vositasi, to ‘lov vositasi va jam g‘arma
vositasi fitnksfyalarmi
bajaradi degan fikrga keldik.
Pulning
qiymat о ‘Ichovi
funksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho
shaklida aks ettirish orqali namoyon boiadi. Pulning qiymat olchovi
barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ulaming
qiymatini olchaydi. Barcha tovarlaming qiymati pul olchovi vositasi,
ya’ni baho masshtabi,
dastlabki bosqichda hukumat tomonidan
o‘matiladi. Masalan, metr olchovi bilan uzunlikni, kilogramm olchovi
bilan oglrlikni olchagan kabi, pulning qiymat olchovi funksiyasi bilan
barcha tovarlaming qiymati olchanadi.
0 ‘zbekistonda qiymat olchovi bevosita milliy valuta «so‘m»,
AQSHda dollar, Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarda yevro, Buyuk
Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iyena qiymat olchovi vositasi
hisoblanadi.
Pulning inflatsiya darajasi yuqori boigan paytda uning qiymat
olchovi funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan,
24
1939-yildan 1949-yilgacha Yaponiya iyenasining inflatsiya darajasi
yuqori boiganligi uchun ko‘pchilik yapon savdogarlari tovarlaming
bahosini belgilashda, ayrim hollarda savdo-sotiqni ham AQSH dollarida
amalga oshirganlar. Chunki AQSH dollarining qiymat oichovi iyenaga
nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror boigan. Shuning
uchun Yaponiyada 1939-1949*yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita
narxda, dollar va iyenada yuritilar edi. Ayni paytda, iyenada belgilangan
tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga ega edi, dollarda esa baholar
dastlabki holatidan o‘zgarmasdan qolgan.
Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning
qiymat oichovini o‘zgartirishi mumkin. Pul islohoti - muomaladagi pul
massasini kamaytirish orqali, uning joriy qiymat oichovidan boshqasiga
oiishdir. 1944 - 1952-yillarda Yevropa mamlakatlarida 24 martadan
ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan.
Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflatsiyaga uchramagan va
iqtisodiyot nisbatan barqaror darajaga ega boigan boisada, 1961-yilda
mamlakatda pul islohoti amalga oshirilgan. Hukumat muomalada
mavjud boigan rubllami yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul
islohotini amalga oshirgan. 0 ‘sha davrda o‘tkazilgan pul islohotining
asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning ulushini
kamaytirish
va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan boiib,
xufyona iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllami to‘lig‘icha yangi
banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar
ko‘rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan.
Pulning
muomala vositasi
bozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlami
oldi - sotdisi va xizmatlami ko‘rsatish jarayonida namoyon boiadi.
Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.
Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti
mavjudki, u ham boisa, tovarlami sotib olish va xizmatlami ko‘rsatish
uchun to io v bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini
bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.
Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala
maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu
jarayonga qayta - qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali
aylanish tezligi qancha yuqori boisa, tovarlami sotib olish uchun
muomalaga zarur boigan pul massasiga talab shuncha pasayadi.
Pulning
muomala
vositasi
funksiyasi
o‘zaro
iqtisodiy
munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlaming faoliyati ustidan
25
nazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish
davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi.
Natijada, odamlaming qolida naqd pullar bo‘lishiga qaramasdan o‘zlari
istagan tovarlami sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat
bo‘lmagan.
Bozor
munosabatalarining
takomillashuvi
va
rivojlangan
mamlakatlarda fan - texnika taraqqiyotining tobora jadallashib borishi
pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini bir qadar
pasayishiga sabab bolmoqda. Chunki, mamlakat pul oboroti tarkibida
naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob-kitoblaming ulushi kamayib
bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan foydalanishi, keyingi
yillarda plastik kartochkalaming ko‘plab turlari joriy etilishi, hisob-
kitoblarda naqd pulsiz tolovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar
pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini pasayishiga olib
kelmoqda. Masalan, 1994-1997-yillarda Angliya va Fransiyada 10%,
Kanada va Germaniyada 7%, AQSHda 2% ishchi xodimlargina ish
haqlarini naqd pulda olishgan.
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun toiov
kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul
to ‘lov vositasi
funksiyasini bajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar
to io v jarayonida uzilish bolmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar
ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni toiov kechikkan
holatlaming barchasida, pul avtomatik tarzda o‘zining to io v vositasi
funksiyasini bajaradi.
Pulning toiov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda
namoyon boiadi;
- jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta
taqsimlashda;
- davlat budjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda;
- xo‘jalik subyektlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz
hisob-kitoblami amalga oshirishda;
- kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini
bajarganda hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirganda;
- korxona va tashkilotlar o ‘z xodimlariga ish haqi va unga
tenglashtirilgan mablagiami tolashda;
- va boshqa holatlarda.
Pulning toiov vositasi funksiyasi yuridik shaxslar o‘rtasida amalga
oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblarda juda keng foydalaniladi.
26
Bunda naqd pullaming ishtirokiga zaruriyat boimaydi, barcha
operatsiyalar bonk hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o‘tkazish
orqali amalga oshiriladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda
chop etilgan adabiyotlarda, pulning toiov vositasi funksiyasi, uning
alohida funksiyasi sifatida e’tirof etilmaydi. Pulning ushbu funksiyasi
uning muomala vositasi funksiyasi bilan hamoxong tarzda o‘rganiladi.
Pulning ikkita funksiyasi bir - biriga qo'shib o‘rganilganda «...pul
tovarlar va xizmatlaming toiovi va qarzlaming toiov vositasi»22 tarzida
ta'kidlanadi.
Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan
pulning toiov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bir - biriga
qo'shib yuborilishi natijasida, uning toiov vositasi funksiyasini e’tirof
etilmasliklari maqsadga muvofiq emas.
Pul o‘zining muomala va toiov vositasi funksiyalarini bajarmagan
vaqtda
Jamg'arma funksiyasini
bajaradi. Demak, pullar pul oboroti
jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlaming muomala vositasi
sifatida namoyon boimaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan
xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to io v vositasi vazifasini
bajarmagan paytlarda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda
yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy - iqtisodiy
faoliyatiga nazar tashlaydigan boisak, pul asosan jamg‘arma vositasi
funksiyasini bajarayotganligining guvohi boiishimiz mumkin.
Pulning jamg‘arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha
foydalanmasdan kishilar o'zi bilan olib yurganda yoki uyda saqlaganda,
bankning omonat hisobvaraqlarida saqlanishi, shuningdek, barcha
turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlaming naqd pul ko‘rinishida kassada
saqlanadigan vaqtincha bo‘sh mablagiari va bank hisobvaraqlarida
naqd pulsiz ko‘rinishda namoyon boiadi.
Pulning jamg1 arma funksiyasi kredit muassasalarida iqtisodiy
jihatdan muhim vazifani bajaradi. Kredit muassasalari jamiyat
miqyosidagi vaqtincha bo‘sh pul mablagiami (naqd va naqdsiz pul
ko‘rinishida) ma’lum shartlar asosida o‘zida jamlab, ushbu mablagiarga
ehtiyoji boigan yuridik va jismoniy shaxslarga toiovililik, maqsadlilik
va qaytarishlik asosida berishi orqali, mamlakatda jami ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |