A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Maqsadli tusbumlarni buxgalteriya hisobida



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

15.4. Maqsadli tusbumlarni buxgalteriya hisobida
aks ettirish tartibi
Maqsadli tushum - bu mablagMami ulami ajratgan shaxs qanday 
maqsadlami k o‘zlagan boMsa, o ‘sha maqsadlarda ishlatish uchun olish. 
Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra maqsadli moliyalashtirish - bu tadbirkorlik 
faoliyatining turli darajalarida pul mablagMarini nazorat ostida bir 
tarkibiy birlikdan boshqasiga har qanday o ‘tkazish; korxonani 
rivojlantirishni 
moliyalashtirish 
(reklama 
kompaniyalari, 
kapital 
qurilish, 
faoliyatning 
yangi 
yo‘nalishini 
rivojlantirish, 
boshqa 
investitsiyalar); maqsadli tadbirlami o ‘tkazish uchun davlat organlaridan 
mablagMar olish; notijorat tashkilotlariga hissa tariqasida mablagMar
507


olish va boshqalar. Maqsadli moliyalashtirish tushunchasi fuqarolik 
qonunchiligi 
tizimida muayyan 
shartnoma turi 
yoki 
muayyan 
moliyalashtirish manbasi turi bilan b o g iiq em as115.
15.4-rasm. 
Maqsadli moliyalashtirish 
m ablagiari 
tarkibi
Maqsadli tushumlarining holati va harakati, shuningdek a ’zolik 
badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlami amalga oshirish 
uchun m oijallangan boshqa qaytarilmaydigan m ablagiam ing kelib 
tushishi va sarflanishi to ‘g ‘risidagi axborotlami umumlashtirish 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8 8 1 0 - “Grantlar”;
8820 - “Subsidiyalar” ;
8830 - “A ’zolik badallari”;
8840 - “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari”;
8890 - “Boshqa maqsadli tushumlar”.
Ushbu maqsadli tushumlami korxonaning xususiy kapitali sifatida 
aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:
a) m ablagiam ing maqsadli y o ‘nalish bo‘yicha ishlatilishi;
b) m ablagiam i jalb qilish bilan b o g iiq xarajatlaming y o ‘q!igi;
c) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.
Grant - davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro va xorijiy 
hukumat tashkilotlari, shuningdek 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati 
tomonidan belgilangan ro ‘yxatga 
kiritilgan 
xalqaro 
va xorijiy
115 “Ф и н а н с о в а я газета. Р е г и о н а л ь н ы й в ы п у с к ” , № 9, 2 0 0 6 г. м ар т .
508


nohukumat tashkilotlari tomonidan bepullik asosida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Hukumatiga, 
fuqarolaming o ‘zini 
o ‘zi 
boshqarish 
organlariga, yuridik va jism oniy shaxslarga beriladigan mol-mulk
shuningdek, bepullik asosida xorijiy fuqarolar va fuqarosi bo‘lmagan 
shaxslar tomonidan O ‘zbekiston Respublikasiga va O ‘zbekiston 
Respublikasi Hukumatiga beriladigan mol-mulk.
Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar - bu uzoq muddatli aktivlami 
muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida 
xo‘jalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish 
yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi.
Daromadga 
kiritiladigan 
subsidiyalar 
-
bu 
aktivlarga 
kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari.
Qaytarmaslik asosidagi ssudalar - bu kreditor qaytarishni talab 
qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir.
A ’zolik badallarini odatda notijorat tashkilotlar ishlatadi. Notijorat 
tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va uni amalga 
oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin 
kelib tushgan m ablag‘lar daromad deb qaralmaydi va ularga foyda 
solig‘i solinmaydi116.
Boshqa 
maqsadli 
tushumlar 
-
bu 
maqsadli 
tadbirlarga 
sarflanadigan m ablag‘lar manbasidir. Maqsadli tushumlar byudjetdan 
ajratilgan m ablagiar, ota-onalaming farzandlari maktabgacha yoshdagi 
bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun to ‘lovlari va boshqa 
manbalar hisobiga tashkil b o iis h i mumkin. Maqsadli tushumlardan 
m ablagiari qat’iy belgilangan maqsadlar: bolalar muassasalarini asrash, 
madaniy 
muassasalar, 
bolalar oromgohlari, 
kadrlar 
tayyorlash, 
xodimlaming 
malakasini 
oshirish, 
qishloq 
xo‘jalik 
ekinlari 
zararkunandalariga qarshi kurashish va boshqa tadbirlar uchun 
foydalanilishi mumkin.
Davlat subsidiyalari sifatida ajratilgan maqsadli moliyalashtirish 
m ablagiari quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
116 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s in in g S o liq k o d e k s in in g 1 2 9 -m o d d a si. (y an g i tah riri) 2 0 0 7 y il 2 2 n o y a b rd a tasd iq la n g a n .
5 0 9


a) uzoq muddatli aktivlami 
(asosiy 
vositalami, nomoddiy 
aktivlami va h.k.) xarid qilish, qurish yoki boshqacha y o ‘l bilan q o ‘lga 
kiritish bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish;
b) tashkilotning muntazam ravishda kompensatsiya qilinishi kerak 
b o ig a n joriy xarajatlarini qoplash (moddiy-ishlab chiqarish zaxiralarini 
sotib olish, xodimlar mehnatiga haq to ia s h va shu turdagi boshqa 
xarajatlar);
c) tashkilot 
amalga 
oshirib 
b o ig a n
sarf-xarajatlami 
kompensatsiya qilish, xususan, uy-joy kommunal xo‘jalikda, agrosanoat 
majmuasida;
d) tashkilotni kelgusida sarf-xarajatlar qilmaslikka aloqador 
bo im ag an favqulodda yordam ko‘rinishidagi shoshilinch moliyaviy 
qoilab -qu w atlash ;
e) davlat subsidiyalarini ajratish bo ‘yicha hukumat qarorlarida va 
hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlar.
Davlat subsidiyalarini tan olish tartibi va ulaming buxgalteriya 
hisobi uslubiyati, shuningdek ular bo‘yicha axborotni berish tartibi 
0 ‘zbekiston Respublikasining 
10-son buxgalteriya hisobi milliy 
standarti “Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami bo‘yicha 
k o ‘rsatiladigan m aiu m o tlar” bilan tartibga solinadi.
Korxona belgilangan talablarga mos ekanligiga va subsidiya 
olinishiga yetarlicha ishonch boim agunicha davlat yordami tan 
olinmaydi.
Qaytarmaslik asosida muayyan shartlar bilan berilayotgan davlat 
ssudasiga xo‘jalik subyekti ana shu shartlami bajarishiga yetarlicha 
kafolat mavjud b o ig a n taqdirda davlat subsidiyasi deb qaraladi.
Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va 
fondlar 
tomonidan 
korxonaga 
xabamoma 
yuboriladi. 
Ushbu 
xabamom ada ko'rsatilgan summaga korxona quyidagicha provodka 
beradi:
Debet 4890 “Boshqa debitorlaming qarzlari”
Kredit 8810 “Grantlar”
Chet el valyutalarida olingan grantlar summasi 0 ‘zbekiston
510


Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo‘jalik muomalalarini sodir 
bo‘lish kuniga belgilangan kurs bo ‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi 
milliy valyutasiga aylantiriladi.
A ’zolik badallari - notijorat tashkilotlar tomonidan ustav 
faoliyatining ta ’minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, 
belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar 
hisoblanadi.
A ’zolik 
badallari 
sifatida 
kelib 
tushadigan 
maqsadli 
moliyalashtirish 
mablagMari 
qonunchilikda 
belgilangan 
tartibda 
ro ‘yxatga olingan ta’sis 
hujjatlarida (ustavda) k o ‘zda tutilgan 
maqsadlarga ishlatiladi.
8830 - “A ’zolik badallari” schyotida ta’sis hujjatlari bilan 
belgilangan jam iyat a ’zolarining a ’zolik badallari summasi aks ettiriladi.
A ’zolik 
badallarining 
tushumi 
quyidagi 
provodka 
bilan 
rasmiylashtiriladi:
Debet Pul m ablagiarini hisobga oladigan schyotlar
Kredit 8830 “A ’zolik badallari”
8840-“Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyotida 
maqsadli vazifalami bajarish uchun soliq toiashdan ozod qilish 
natijasida bo‘shagan summalar aks ettiriladi. Soliq imtiyozlarining 
buxgalteriya hisobi “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy 
toMovlami 
byudjetga 
toMash 
bo‘yicha 
berilgan 
imtiyozlami 
rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to ‘g ‘risida”gi 
nizom 117 bilan tartibga solinadi. Qabul qilingan nizom mulkchilik 
shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, 
0 ‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha birlashmalar, korxonalar, 
tashkilotlar, muassasalarga tatbiq etiladi.
Maqsadli ishlatish sharti bilan beriladigan imtiyozlar hisobi 8840- 
“Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari” schyotida, berilgan soliqlar 
va bojxona imtiyozlarining turlari bo‘yicha yuritiladi. Bunda maqsadli 
soliq imtiyozlarini batafsil hisobga olish uchun korxonalar ishchi
117 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tom onidan 2005-yil 2-aprelda 1453-son bilan ro ‘yxatga olingan
511


schyotlar rejasining tegishli schyotlar guruhiga qo‘shimcha schyotlar 
kiritilishi lozim.
Soliqlar va bojxona imtiyozlari ikki turga boiinadi:
- korxonalarga bo‘shayotgan m ablagiam i maqsadli foydalanish 
sharti bilan berilgan imtiyozlar;
- korxona bo‘shayotgan m ablagiam i maqsadli ishlatishning biror- 
bir shartisiz q o ila s h huquqiga ega b o ig an imtiyozlar.
Imtiyozni q o ila sh tartibi tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi 
Ioyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona 
imtiyozlarini q o ila s h tartibi to ‘g ‘risidagi nizom 118 bilan tartibga 
solinadi.
B o‘shaydigan 
m ablag iam i 
maqsadli 
vazifalami 
bajarishga 
yo‘naltirish 
sharti 
bilan 
soliq 
imtiyozlari 
berilganida 
soliqlar 
umumbelgilangan tartibda qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab yoziladi. 
Biroq ular byudjetga o ‘tkazilmaydi, bo‘shagan m ablagiam i esa 
maqsadli vazifalami bajarishga (sizning holatda - mehmonxonani 
rekonstruksiya qilishga olingan kreditni uzishga) yo ‘naltirish kerak.
B o ‘shaydigan 
m ab lagiam i 
maqsadli 
vazifalami 
bajarishga 
yo‘naltirish sharti bilan soliq imtiyozlarining buxgalteriya hisobi 8840- 
“Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragida berilgan 
imtiyozlaming turlari bo‘yicha yuritiladi.
Soliq imtiyozlari hisoblab yozilayotganda batafsil hisobga olish 
uchun xo ‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlarining ish rejasida 
soliqning har bir turiga (va unga doir bo‘nak to ‘lovlari)ga alohida 
hisobvaraqlar ochiladi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish