A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

t
=
x
+
b
-
o
bu yerda T - ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi;
X - ishlab chiqarish xarajatlari;
В - oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i;
О - oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i.
4.5. Sotish jarayonining hisobi
Sotish jarayoni xo ‘jalik jarayonlarini ichida oxirgisi bo‘lib, bunda 
ishlab chiqarish jarayoni natijasida tayyorlangan mahsulotlar sotilib, pul 
ko‘rinishida korxonaga kirim qilinadi. Shu bilan birga bu jarayonda 
sotish natijalari aniqlanadi, sotish natijalari esa, foyda yoki zarar bo‘lishi 
mumkin.
Sotish jarayoni hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
- sotish bilan bog‘liq xarajatlami hisobini to‘g ‘ri va o ‘z vaqtida 
hisobini tashkil etish;
- sotish natijasida olingan daromadlami ular hosil bo‘lgan joylari 
bo‘yicha to‘g ‘ri hisobini tashkil etish;
- sotish natijalarini to ‘g ‘ri hamda o ‘z vaqtida aniqlash.
Realizatsiya jarayonini hisobga olish uchun qo‘llaniladigan
schyotlaming xususiyatlarini ko ‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010- 
“Mahsulot sotishdan olingan daromadlar”, 9020-“Tovarlar sotishdan 
olingan daromadlar”, 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan 
olingan daromadlar”, 9 1 10-“Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxi”, 
9120-“Sotilgan tovarlar tannarxi”, 9130-“Sotilgan ishlar, xizmatlar 
tannarxi” schyotlari muhim o ‘rin tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, 
bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlami to ‘la tannarxi 9110, 9120, 
9130, schyotlarining debet tomonida, olingan daromadlar 9010, 9020, 
9030-schyotlaming kredit tomonida 
aks 
ettiriladi. 
Shuningdek, 
realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalami hisobga olishda 9200- 
“Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga
79


oluvchi schyotlar”, 9300-“Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini 
hisobga oluvchi schyotlar” , 9410-“Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 
schyotlar”, 9500-“Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlar”, 9600-“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlami hisobga 
oluvchi schyotlar” , 9700-“Favqulodda foyda (zarar)lami hisobga 
oluvchi schyotlar”, 9800-“ Soliqlar va y ig‘imlami to‘lash uchun 
foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar” va 9900-“Yakuniy 
moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” qo‘llaniladi. (Schyotlar 
rejasining V qismiga qarang). Hisobot davrining oxirida olingan 
daromadlar 
xarajatlar 
bilan 
taqqoslanib, 
realizatsiya 
natijalari 
aniqlanadi.
Sotish jarayonida ishlab chiqarishda tayyorlangan mahsulotlami 
realizatsiyasi ro ‘y beradi, uning hisobini yuritish uchun 9000-“Asosiy 
faoliyatdan olingan daromadlar” schyoti m o‘ljallangan.
Mahsulotni sotishdan olingan daromadni hisobi 9010 schyotda, 
tovarlami sotishdan olingan daromadlami hisobi 9020 schyotda, ishlami 
bajarish va xizmat k o ‘rsatishdan olingan daromadlaming hisobi esa, 
9030 schyotda hisobga olinadi.
Sotilgan tayyor mahsulotlami tannarxini hisobini yuritish uchun 
9110 schyot, sotilgan tovarlaming tannarxini hisobini yuritish uchun 
9120 schyot, bajarilgan ish va xizmatlaming tannarxini hisobini yuritish 
uchun esa, 9130 schyotlar m o‘ljallangan.
Masalan, tayyor mahsulot xaridorlarga j o ‘natildi, y a’ni sotildi:
Debet 
4010 - “Xaridorlar 
va 
buyurtmachilardan 
olinadigan 
schyotlar”.
Kredit 9 0 1 0 -“Tayyor mahsulotlami sotishdan daromadlar”.
Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxini hisobdan chiqarilishi 
esa, quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali aks ettiriladi:
Debet 9110 - “ Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxi”.
Kredit 2810 - “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
Mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlanishi 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti orqali amalga oshiriladi:
80


Debet 9 9 1 0 -“Yakuniy moliyaviy natija”.
Kredit 9110 - “Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxi” .
Bir vaqtning o ‘zida:
Debet 9010-“Tayyor mahsulotlami sotishdan daromadlar”.
Kredit 9910-“Yakuniy moliyaviy natija”.
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, 9910-“Yakuniy moliyaviy 
natija” schyoti yordamida mahsulotni sotishdan olingan daromad va shu 
mahsulotning tannarxi solishtiriladi. 9910 schyotning kredit qoldig‘i 
foydani, debet qoldig‘i esa, zarami bildiradi.
Korxonalarda tayyor mahsulotdan tashqari asosiy vositalar, valyuta 
mablag‘lari, materiallar, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa aktivlar ham 
sotilishi mumkin. Ushbu sotish jarayonlarining hisobi 9 2 10 -“Asosiy 
vositalaming chiqib ketishi”, 9220-“Boshqa aktivlaming chiqib ketishi” 
schyotlarida aks ettiriladi.
Asosiy vositalami sotishdan olingan foydaning hisobi 9310- 
schyotda, boshqa aktivlami sotishdan olingan foydaning hisobi esa, 
9320-schyotda yuritiladi.
Sotish jarayonining xususiyati shundan iboratki, uning ro‘y berishi 
natijasida sotilgan aktivlaming o ‘miga korxonaga pul m ablag‘ining 
kirimi amalga oshiriladi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish