11.2. Asosiy vositalam i turkumlash va baholash
Asosiy vositalami guruhlarga ajratishda asosiy e ’tibor ulaming
natural-moddiy tarkibiga qaratiladi. M ehnat vositalarining bu turi
natural-moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi.64
11.1-rasm.
Asosiy vositalam ing natural-moddiy
tarkibiga ko‘ra turkumi
Yemi obodonlashtirish - yem i obodonlashtirish uchun sarf sifatida
yemi yangidan o ‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli
transport vositalariga o ‘tish va to'xtash joylarini barpo etish, to ‘siqlar va
64 Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 818-page
319
obodonlashtirishning boshqa turlari qiymati bilan yer maydonini
obodonlashtirishga taalluqli xarajatlar ham hisoblanadi.
Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga
ega b o‘lib, ishlab chiqarish binolari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma
binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish,
m a’m uriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan
obyektlar hisoblanadi. Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan
ulam ing
ichidagi
kommunikatsiya
vositalari
(isitish,
yoritish,
shamollatish, suv-gaz ta ’minoti tizimi, elektr quvvati uzatuvchi va
yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va
signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar
tarkibiga kiritiladi.
Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o ‘zgartirmagan
holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy
vazifalarini bajarishga sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli
noishlab
chiqarish vazifalarini
o ‘taydigan obyektlar hisoblanib,
inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta y o ila ri, avtomobil
yo‘llari, yo ‘laklar, ko ‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha yoritish
chiroqlari, plyajlar, to ‘g ‘onlar va boshqalar hisobga olinadi.
Uzatuvchi
m oslamalar
sifatida
mashina-dvigateldan
ish
mashinalariga
elektr,
issiqlik,
mexanik
energiyani
uzatishga,
shuningdek, suyuq va gazsimon moddalami bir obyektdan boshqa
obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan, energiya va axborotlami
yetkazishda tugallangan funksional qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari,
quvur yo'llari, issiqlik va g£iz tarm og‘i hamda boshqalar) tan olinadi.
M ashina va uskunalar o ‘z navbatida, kuch mashina va uskunalari,
ish mashina va uskunalari, o ‘lchov va rostlash asboblari, kompyuterlar
va hisoblash texnikalari hamda boshqa mashina va uskunalar
guruhlaridan tarkib topadi.
Kuch mashina va uskunalari sifatida elektr va issiqlik quvvatlarini
ishlab chiqaradigan yoki turli k o ‘rinishdagi quvvat (energiya)ni mexanik
harakat quvvatiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel
mashinalar
(qozonxonalar,
bug‘
dvigatellari,
turbinalar,
kuch
transformatorlari va boshqalar) hisobda aks ettiriladi.
320
Ish mashinalari va uskunalari ishlov beriladigan mehnat buyumlari
va vositalariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda
texnologik ta’sir ko‘rsatishga, ulami ishlab chiqarish jarayonida
qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan
qurilmalar (dastgohlar, sex uskunalari, kompressorlar, nasoslar, elektr va
gaz payvandlagichlar, apparatlar, agregatlar)dir.
0 ‘lchov va rostlash asboblari foydalaniladigan texnik ishlardagi
turli parametr (ko‘rsatkich)lami o ich ash , ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarish, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini
tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta ’siri va boshqalami o ‘lchashda
ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik
nazorati va boshqalar kiradi.
Mebel va ofis jihozlari - idora (ofis) ishlarini va xo ‘jalikni
yuritishda zamr bo‘lgan idoradagi divan, krovat va boshqalardir.
Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasi m a’lumotlami
elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlash, saqlash, uzatish,
o ‘zgartirishga m o‘ljallangan vositalar b o iib , ular kompyuterlar,
printerlar, nusxa ko‘chirish vositalari, yozuv mashinalari va boshqa
kompyuter vositalari hisoblanadi;
Transport vositalari - kishilami hamda yuklami va turli
maqsadlardagi buyumlami tashishga m o‘ljallangan harakat vositalari:
temir yo ‘l, suv, havo transporti harakati tarkibi, shahar transporti
harakati
tarkibi
(metropoliten
vagonlari,
tramvay),
avtomobil,
kommunal transporti va muhim neft quvur y o ‘llaridir.
Ishchi hayvonlarga har bir etilgan ot, ho‘kiz, tuya, bug‘ular,
mahsuldor hayvonlarga esa sigir, buqa, qo ‘y, qo ‘chqor, echki, cho‘chqa
kabilar kiritilib, har biri alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks
ettiriladi.
K o‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va
yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhi hisoblanib, ular ikkiga:
mevali va manzarali daraxtlarga g u m h lanad i.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona fondlari, musiqa asboblari,
sport inventarlari va boshqalar kiradi.
321
Konservatsiyalangan asosiy vositalar - hukumat idoralarining
qarorlari asosida zaxiraga o ‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy
vositalar. Qurilishi tugallanmagan obyektlami va asosiy fondlami
konservatsiyalash va konservatsiyalashdan chiqarish tartibi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 397-son
maxsus qarori bilan tasdiqlangan.
11,2-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |