Balansning
tushunarliligi
-
balansni
tuzuvchilar va
uni
o‘qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir.
43
Balansni aniq va tushunarli qilish uchun moddalar rekvizitlari va
nomlari ikki tilda (o‘zbek va rus tilida) bayon qilingan, uning shakli
ancha soddalashtirilgan.
0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Balans aktivi va passivining bo‘limlari nimalardan iborat?
2. Buxgalteriya balansi necha qismdan iborat?
3. Buxgalteriya balansini tuzishdagi asosiy m a’lumot manbalari.
4. Buxgalteriya balansining aktiv qismida nimalar aks ettiriladi?
5. Buxgalteriya balansining passiv qismida nimalar aks ettiriladi?
6. Balans turlariga ta ’rif bering.
7. Jarayonlar natijasida balansdagi o ‘zgarishlar qanday aks ettiriladi?
8. Oylik, choraklik va yillik balanslaming o ‘mi nimada?
9. Balansning quyidagi bo‘limlari mazmunini ochib bering:
a) aktivning birinchi b o ‘limi “Uzoq muddatli aktivlar”;
b) aktivning ikkinchi bo‘limi “Joriy aktivlar”;
c) passivning birinchi bo‘limi “0 ‘z mablag‘lari manbalari”;
d) passivning ikkinchi bo‘limi “Majburiyatlar”.
10. Balans nima maqsadda va qanday tuziladi?
44
3-BOB. X O ‘JALIK OPERATSIYALARIDA
IKKIYOQLAMA YOZUV
3.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va
turkumlanishi
Korxonalarda k o ‘p miqdorda xo ‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib,
xo‘jalik mablagMari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik
qilish uchun xo'jalik mablag‘larining harakati to‘g ‘risida umumlashgan
ma’lumotlami olish talab qilinadi. Bunday m a’lumotlami balans
yordamida olish mumkin emas. Shuning uchun bu maqsadda
buxgalteriya hisobining schyotlari qo ‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari-
mol-mulkni uning tarkibi,
joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha
joriy aks ettirish, gumhlash hamda nazorat qilish usulidir.
Schyotlaming har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari
yoki ulam ing manbalarini boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi
bo‘ladigan joriy o ‘zgarishlar o ‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada
schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g ‘risidagi
ma’lumotlami istalgan paytda olish mumkin bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan
jadval shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida
yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o ‘ng qismi
“Kredit” (K-T) deb ataladi. “Debet” va “Kredit” so ‘zlari buxgalteriya
hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu
so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o ‘rtasidagi hisob-kitob hamda
kredit munosabatlarini aks ettirgan.
“Debet”
so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “
Credit”
so‘zi esa
“ishondi” degan m a’noni bildiradi.
45
Debet
Do'stlaringiz bilan baham: |