A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


 Bank menejmenti, uning mazmuni va ahamiyati



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

2.3. Bank menejmenti, uning mazmuni va ahamiyati 
 
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib 
taqalib, Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur 
hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy 
bo‘lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. 
O‘sha davr menejerlari harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida odamlarni jazo 
bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni 
qo‘llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji 
boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb 
qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo 
etilganligiga ham Sohibqironning o‘z qo‘l ostidagilarni "qo‘rquv bilan umid 
o‘rtasida ushlash" bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan. 
Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab 
chiqarishni o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning 
oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni 
yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila 
boshlandi. 
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va 


37 
texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni 
murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning 
maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv 
sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning 
samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilm, fan 
vujudga keldi. 
"Ilmiy menejment" maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida 
Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya’ni 
"boshqaruvning mumtoz maktabi" deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida 
amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning 
nazariyasi keyinchalik "Teylorizm" degan nom olgan. U yaratgan tizim esa 
ishchilarning "siqib suvini olish"ning ilmiy tizimi deb atalgan. 
F. Teylor ta’limotining asosiy mazmuni-yollanma ishchilar unumdorligini 
oshirishda g‘oyatda va maqbul usullarni izlashdir. Uning prinsiplariga binoan: 

mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq puxta 
ixtisoslashtirilishi shart; 

har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim; 

har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan 
qoidalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak; 

yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy 
talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim; 

ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart; 

boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va 
vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart. 
"Ilmiy menejment" namoyondalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona, 
tashkilot, boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan. Ular boshqaruvning 
quyi darajasidagi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi 
boshqaruv bilan shug‘ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi 
munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv 
muammolari bilan shug‘ullana boshladilar. 
Teylor va Gilbertlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat 
qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi 
tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy 
maktabining asoschilari: 
Yirik biznes sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak 
tajribali amaliyotchi rahbarlar bo‘lishgan. Ularni tashvishlantirgan bosh masala - 
bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo‘lgan. Shunday maqsad 
qo‘yilgan bo‘lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e’tibor 
berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan 
chiqmagan. Shu sababli ularning yondashuvlari ilmiy metodologik asosga ega 
bo‘lmagan.
"Ilmiy menejment" va "mumtoz menejment" namoyondalari mehnatni ilmiy 
tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga 
asos solishdi. Bu usulga ko‘ra: 


38 

rahbarning xodimga bo‘lgan munosabatlari alohidalashtiriladi; 

mehnatni rag‘batlantirish qat’iy me’yorlashtirildi; 

mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’iylashtirildi; 

mehnatni "jismonan majburlash" joriy qilindi; 

yollanma ishchidan "fikrsiz robot" sifatida foydalanish usuli qat’iy 
o‘rnatildi. 
XX asrning 60-80-yillarida G‘arbda zamonaviy menejment rivojlana 
boshlandi. Bu davrda milliy xalqaro korporatsiyalar o‘rtasida keskin tus olgan 
raqobat va inqirozga uchrashlar menejerlarga yangicha yondashish zaruratini 
keltirib chiqardi. Ular uchun, birinchidan optimal qaror qabul qilish (resurslardan 
oqilona foydalanish) usullariga talab oshgan bo‘lsa, ikkinchidan tashkilotning 
barcha tarkibiy qismi o‘rtasidagi murakkab tashkiliy munosabatlarni saqlab qolish 
uchun yordam beradigan boshqarish usullariga zarurat tug‘ila boshlandi. 
Bu ma’lum darajada ehtiyojlarni qondirishga, menejmentga miqdoriy va 
tizimli yondoshishga yordam berdi: birinchidan, murakkab vaziyat paydo 
bo‘lganda murakkab boshqarish muammolarini tushunish, modellashtirish, 
miqdoriy usullardan keng foydalanish, ikkinchidan, tashkilot tarkibiy qismlari 
o‘rtasidagi maqsadga muvofiq bo‘lgan tashkiliy munosabatlarni saqlashga yordam 
berdi. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish