31
Hisob-kitob operasion bo‘lim mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro
hisob-kitoblarni amalga oshirib, naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib boradi.
Tijorat banklari boshqa sub’ektlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli
qog‘ozlarga investisiya kiritishi va ular o‘rtasida vositachilik xizmatlarini ko‘rsatib
borishi mumkin. Bundan tashqari tijorat boshqa turli bo‘limlarni tashkli etish va
undan foydalanib bank xizmatlarini ko‘rsatish mumkin.
Moliya bloki bankning daromad va xarajatlarining hisobini yuritadi.
Buxgalteriya, hisob-kitob markazi, kassa, banklararo vakillik
munosabatlari bilan
shug‘ullanuvchi bo‘linmalar kiradi.
Avtomatlashtirish bloki banklar faoliyatining muhim bo‘g‘ini bo‘lib
ma’lumotlani elektron ko‘rinishga keltirish, ularni qayta ishlash, uzatish va qabul
qilish kabi vazifalarni bajaradi.
Ma’muriy blokka kadr, kanselyariya, xo‘jalik bo‘limi, binoga xizmat
ko‘rsatadigan barcha xodimlar va boshqalar kiradi.
Amaliyot ko‘rsatishicha, yuqoridagi bo‘limlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib,
faoliyatni amalga oshirishda zaruriy ma’lumotlar almashadi.
Bank faoliyatini
tashkil etishda yuqoridagi kabi bo‘limlarning tashkil etilishi bank faoliyati
yo‘nalishi, hajmi ko‘lamiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatini barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan
ushbu
sohadagi
faoliyat
xalqaro
moliyaviy
tashkilotlar
tomonidan
ma’qullanmoqda. Ma’lumki xalqaro amaliyotda banklarni boshqarishga oid bir
necha yondashuv va talablar qabul qilingan bo‘lib, ular respublika tijorat banklari
tomonidan keng qo‘llanilmoqda. Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi
faoliyatini alohida ta’kidlash zarur. U jaxonda banklar faoliyatini muvofiqlashtirish
imkonini beruvchi yagona standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Jumladan, Bazel qo‘mitasining asosiy me’yoriy xujjatalari quyidagilar:
1.Bank nazoratining asosiy qoidalari (1997 yilda ishlab chiqilgan va 2006
yilda takomillashtirilgan)
Bazel qo‘mitasining 1997 yilda kabul kilingan nazoratning asosiy
tamoyillari quyidagilardan iborat:
samarali bank nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar;
lisenziyalash va mulk tarkibi;
yurisprudensial talablar va tartibga solish;
banklarni joriy tartibga solish uslubi;
ma’lumotlarni takdim etish bo‘yicha talablar;
nazorat kiluvchi bo‘linma vakolatlari;
xalkaro bank amaliyotlari.
2. Bazel 1 “kapitalni baholashning xalqaro konvergensiyasi”(1988)
3. Bazel 2 “kapitalni o‘lchash va kapital
standartlarining xalqaro
konvergensiyasi”(2004)
4. Bazel 3 banklarning kapitallashuv darajasiga qo‘yilgan yangi
talablar(2010)
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan 2010 yil 26
32
noyabrda qabul qilingan “2011
yillarda Respublika moliya bank tizimini
yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting
ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan,
respublikamiz bank tizimiga Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini joriy etish,
tijorat banklarining moliyaviy holatini baholash tizimini
yanada takomillashtirish
talab etildi.
Bazel 3 tavsiyalariga binoan banklar likvidligini baxolash tizimiga quyidagi
ikkita talab kiritildi.
1.Banklarning 30 kunga bo‘lgan joriy majburiyatlarining likvid aktivlar
bilan 100 foiz qoplanishi zarurligi;
2.Uzoq muddatli likvidlik me’yoriga qo‘shimcha sifatida banklarning bir
yilgacha bo‘lgan aktivlari barqaror passivlari bilan 100 foizgacha ta’miinlangan
bo‘lishi shart qilib qo‘yildi. Natijada iqtisodiyotni innovasion taraqqiy ettirish,
islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida bank menejmentida risklarni samarali
boshqarish va baxolash bank boshqaruvidagi muhim omillardan biri bo‘ldi. Jahon
moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotgan, moliya bozorlarida keskin raqobat
kuchayoyatgan
bir paytda risk menejmentini, bank aktivlari bilan bog‘liq bo‘lgan
risk darajasini aniq o‘lchash, zamoanaviy boshqarish usullarini qo‘llash katta
ahamiyatga ega.
Bank riski deganda uning faoliyatiga ta’sir etuvchi turli omillar (iqtisodiy,
moliyaviy, texnikaviy, ijtimoiy, siyosiy) ta’siri natijasida bank faoliyatiga
moliyaviy zararlar ko‘rish xavfi va bank likvidligini to‘la yoki qisman yo‘qotish
xavfiga aytiladi. Tijorat banklarining bosh maqsadi
mijozlarga sifatli xizmat
ko‘rsatish orqali yuqori foyda olishdir. Tadbirkorlikda foyda olish doimo risk
darajasi bilan bog‘liq. Bank faoliyatini boshqarishda bir tomondan tavakkalchilik
darajasi bilan foyda olish o‘rtasidagi optimal nisbatni topishdir.
Tijorat banklari motivlarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish
bosqichlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: