A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

 
 
7- rasm. Foiz stavkasi va kutilayotgan foyda aloqasi
8
.
8
Kent Mathews and John Tompson.
 
The economics of banking.Third edition.“WILY”, 2014
.p.18 
Maksimum 
kutilayotgan 
foyda 
Kutilay
otgan 
foyda 
Foiz stavkasi 


29 
Yuqoridagi grafikda tasvirlanganidek bankning foiz stavkasi oshishiga mos 
ravishda uning kutilayotgan foydasi ham ortadi, chunki foiz stavkasining ortishi 
ikki o‘zaro qarama-qarshi jarayon: likvidlilik-foydalilik hamda risklilik 
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlashga qaratilishi lozim. ravishda 
bankning qarzlari daromadlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Birinchidan, kutilayotgan foyda qarz narxi (foiz stavkasi) oshishidan ijobiy 
ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan defolt riski darajasi oshishi tufayli kutilayotgan foyda 
pasayadi. Muayyan nuqtadan keyin ikkinchi omil birinchisini yengadi va natijada 
bankning kutilayotgan foyda/daromadi pasayadi. Kutilayotgan foyda darajasining 
pastroq o‘sishi foiz stavkasi o‘sganda ham defolt riskini oshiradi. Foiz stavkasining 
muayyan (R*) darajasidan so‘ng defolt riskining ortishi kutilayotgan foyda 
miqdorini kuchliroq pasaytiradi. Natijada (R*) foiz stakasidan so‘ng uning ortishi 
kutilayotgan foyda miqdorini kamaytiradi. Bu nazariya adabiyotlarda kreditni 
muqobillashtirishning endogen nazariyasi deb nom olgan va u ilk bor 1966 yilda 
Xodgman (Hodgman) tomonidan kashf etilgan. Hozirga paytda u kreditni 
muqobillashtirishda amaliyotda keng qo‘llaniladi.
 
2.2. Bank menejmentining huquqiy asoslari 
 
Bank operatsiyalari va boshqaruvi samaradorligini oshirish, xizmatlar turini 
rivojlantirish uchun har tomonlama asoslangan va xorij mamlakatlarida keng 
qo‘llaniladigan strategiyani amaliyotda joriy qilish korxona ustunlikka 
erishishining asosiy yo‘lidir. Bank strategiyasi bank operatsiyalari va faoliyatini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan missiya, uzoqni ko‘ra bilish, maqsad va vazifalarni, 
bozorda faoliyat olib borish chora va tadbirlarni, amalga oshirayotgan ishlarning 
monitoringi va natijalar nazoratini qamrab oladi. 
Banklarni boshqarishning mamlakatimizda xuquqiy bazasi yaratilgan va u 
doim takomillashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 
tomonidan qabul qilingan “Markaziy bank” to‘g‘risidagi, “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini 
ximoya qilish to‘g‘risida” gi, “Ipoteka to‘g‘risida” gi, “Iste’mol krediti to‘g‘risida” 
gi va boshqa qonunlar zamonaviy bank faoliyatini tashkil qilishga xizmat 
qilmoqda. 
Bank faoliyatini tashkil etishning tamoyillari. Banklar faoliyatini tashkil 
qilishning tamoyillarida bank faoliyatini spesikasi bankning zaruriy tarkibiy 
bo‘linmalarini aniqlab beriladi. Ixtiyoriy olingan bankada quyidagi bo‘limlar 
bo‘lishi mumkin: bank kengashi; boshqaruv, boshqarma, bo‘linma, filial va 
boshqalar. 
Bank faoliyatini tashkil etishda uning tarkibiy bo‘limlarini to‘g‘ri 
taqsimlanishi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalan, har bir bankda Bank 
Kengashi, Boshqaruv, Ma’muriy boshqaruv, har-xil moliyaviy, tijorat va umumiy 
masalalar bilan ishlovchi turlicha bo‘limlardan tashkil topadi.
Bank kengashiga odatda, uning ta’sischilari kiradi. Banklarning ta’sischilari 


30 
odatda, ham yuridik, ham jismoniy shaxslardan tashkil topadi. Bank kengashi 
bankning yillik hisobotini tasdiqlaydi, shuningdek, bank faoliyatini strategik 
masalalarini hal qilishda faol ishtirok etishlari mumkin. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish