A. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/436
Sana02.01.2022
Hajmi3,04 Mb.
#306737
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   436
Bog'liq
TILSHUNOSLIK NAZARIYASIGA kirish

til  oldi  unlisi
  deb  ataladi.  Bunday  unliga  ingliz 
tilidagi / I /  unlisi  misol bo'la oladi  (Uning  rentgenogrammasi  3- 
rasmda  berilgan.  O'zbek  tilidagi  til  oldi  (i)  unlisi  ham  o'sha 
rasmda berilgan).  O'zbek tilidagi /i/,  /e /,  a / rus tilidagi /i/,  /e /, 
ingliz  tilidagi  /i/,  /e /,  /аг/  va  fransuz  tilidagi  /i/,  /е /,  /е /,  / а /  
unlilari  til  oldi  unlilaridir.  Til  oldi  unlilarini  haqiqiy  til  oldi  va 
orqa  yo'nalishdagi  til  oldi  qatorlariga  bo'linishi  m a’lum  tilda, 
xususan  ingliz  tilida  unli  tovushlarning  soni  ko'pligi  va ularning 
farqlarini  aniqlash  uchun  hamda  ikki  va  undan  ortiq  (masalan, 
o'zbek,  rus,  ingliz  tillari)  tillardagi  unlilami  qiyoslash  uchun 
zarurdir.
Aralash  qator  unlilaming  talaffuzida  tilning  beli  va  uchi 
biroz  yuqoriga  ko'tariladi  va  tilning  o'zi  yassi  holatda  bo'ladi. 
Tilning  uchi  pastki  tishlardan  uzoqlashadi.  Bunday  aralash 
qator unlilari  ingliz  tilida  mavjud:  /э :/,  /3:/.  Rus  tilidagi  (ы)  va 
(a)  unlilarining  talaffuzi  aralash  qator  unlilariga  yaqinroqdir. 
Biroq  ularning  talaffuzida  til  yassi  holatda  bo'lmaydi.  Undan 
tashqari  til  o'rta  qator unlilarining talaffuzida tilning  o'rta  qismi 
qattiq  va  yumshoq  tanglay  o'rtasida  biroz  qayrilgan  bo'ladi.  Til 
orqa  qator  unlilarining  artikulatsiyasida  til  orqaga  harakat  qila­
di;  uning  orqa  qismi  yumshoq  tanglayga  tomon  yo'naladi;  til 
uchi  pastki  tishlardan  uzoqlashadi.  Til  orqa  qismining  harakati 
labning holatiga ham ta’sir qilishi mumkin.  Shu  sababli,  til  orqa


unlilari  lablangan bo‘ladi.  Til  orqa  unlilarini  sayoz va  chuqur til 
orqa  unlilariga  bo'lish  mumkin.  Ulami  ko'pincha  oldi  yo'na­
lishdagi  til  orqa  va  chuqur  til  orqa  unlilari  deb  ham  ataladi. 
Bunday  farq  bir  tilda  soni  ko'p  bo'lgan  unlilami  farqlash  va  bir 
necha  tillardagi  unlilar  sistemalarini  qiyoslash  uchun  qulaylik 
tug'diradi.  O'zbek  va  rus  tillarida  oldi  yo'nalishdagi  til  orqa  va 
chuqur til  orqa  unlilarini  farqlash  uncha  zarur  emas.  Biroq  ular 
ingliz  va  fransuz  tillaridagi  unlilami  o'zbek  va  rus  tillaridagi 
unlilar bilan qiyoslash  uchun zarur.  O'zbek tilidagi  (o),  (u),  (o') 
va  rus  tilidagi  (o),  (u)  til  orqa  unlilaridir.  Ingliz  tilidagi  /u /,  /А / 
til  oldi yo'nalishdagi  orqa qator unlilari,  /и :/,  /о /,  /о :/,  /a :/ esa, 
chuqur til  orqa  unlilaridir.  Fransuz  tilidagi  /и :/,  /о :/,  /о :/,  /о /, 
/ а /  oldi yo'nalishdagi til  orqa va /u :/,  /uo:/,  /a :/ chuqur til  orqa 
qator  unlilaridir.
Tilning  yassi  holati  yoki  til  o'rta  qisrviining  bukilishi  aralash 
yoki  o'rta  qator  unlilarini  yuqoridagidek  ikki  guruhga  bo'lishga 
imkon  bermaydi.
2.  Tilning  vertikal  harakati,  ya’ni  uning  ko'tarilish  darajasi­
ga  ko'ra  unlilar  yuqori,  o'rta  va  quyi  ko'tarilish  (yoki  yopiq, 
yarim  yopiq,  yarim  ochiq,  ochiq)  unlilari  farqlanadi.  Tilda 
unlilar  soni  ko'p  bo'lsa  va  ulami  tilning  ko'tarilishi  bo'yicha 
farqlash  maqsadida  hamda  bir  necha  tillardagi  unlilami  tilning 
ko'tarilishiga  ko'ra  farqlash  zarur  bo'lsa,  har bir  ko'tarilish  bel­
gisini  tor  va  keng  shakllarga  bo'linadi.  Masalan,  ingliz  tilidagi 
cho'ziq  /i:/,  /u :/  unlilari  yuqori  ko'tarilishning  tor  shakliga  va 
qisqa  /3 ,  u /  unlilari  keng  shakliga  kiradi.  Bunday  keng  va  tor 
shaklga  bo'lish  o'zbek  va  rus  tilidagi  unlilaming  tilning  ko'ta­
rilish  belgisiga  ko'ra  alohida  qaraganda  zarur  bo'lmaydi.  Biroq 
ulami  ingliz  tili  unlilari  bilan  qiyoslaganda  foydalidir.
3.  Unlilaming  talaffuzida  lablar  ishtirok  etsa  — 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish