@JamshidUsmonovShofirkon
Geografiya
1. Quyidagi suv havzalaridan qaysi birining 1 Iitr suvida 270%o gacha tuz mavjudligi
aniqlang.
A) 0’lik dengiz
B) Qizil dengiz
C) Rudolf ko‘li
D) Katta Sho‘r ko'li
2. Avstraliya materigining tropik o‘rmonlar tabiat zonasida yashaydigan hayvonlarni
toping.
A) gigant kengru, vombat, xaltali chumolixo‘r
B) dingo iti, zaharli ilonlar, lirodum
C) koala, xaltali iblis,
o‘rdakburun, yexidna
D) kazuar tovug‘i, maliinkubator
tovug‘i
3Antarktida materigi haqida bildirilgan mulohazalardan qaysi nbirida xatolik mavjud.
A) Antarktidani keng ko‘lamda mukammal o‘rganish Xalqaro geofizik yil dasturini joriy qilish (1957—1958) munosabati bilan boshlandi.
B) 1959- yilda 16 ta mamlakat o‘rtasida „Antarktida to‘g‘risida shartnoma“ qabul qilindi. Unga ko‘ra, materikdan faqat ilmiy va turistik maqsadlarda foydalanishga kelishib olindi.
C) Ayni paytda 16 mamlakat olimlari Antarktida tabiatini o‘rganishmoqda.
D) Antarktida qadimgi Pangeya, keyinchalik
Gondvana yirik materiklaridan ajralib, mustaqil materikka aylangan.
4. Chirchiq shahridagi “0’zbekkimyomash” zavodi dastlab qanday sanoat korxonalari uchun uskunajihozlar ishlab chiqarar edi ?
1) kimyo; 2) mikrobiologiya; 3) ventilator;
4) selluloza-qog'
A) 1,3
B) 2, 3, 4,1
C) 1, 2, 4
D) 1, 2
5.Xatolikni aniqlang.
A) O‘rta Osiyoning yirik cho‘llari—Qizilqum va Qoraqumning yerosti qatlamlari ichimlik suv zaxiralariga juda boy.
B) O‘rta Osiyo hududida tabiiy geografik va geologik xususiyatiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladigan 2 ta gidrogeologik kichik o‘lka — janubi-sharqiy burmali tog‘lar va platformadagi artezian suvlari bo‘lgan tekislik kichik o‘lkalari mavjud
C) Тekisliklardagi yerosti suvlari grunt havzalaridan iborat. Bu suvlarning manbayi daryo o‘zanlaridan shimilgan va tog‘ yonbag‘irlaridagi suvlarning shimilishi natijasida vujudga kelgan
suvlardir.
D) O‘rta Osiyoning barcha burmali tog‘laridagi yerosti suvlarining asosiy qismi tog‘ jinslari yoriqlaridan va karst yo‘laklaridan chiqadigan suvlardir
6. Qaysi okrugning sho‘rxok, sho‘rxok-botqoq yerlarida qorasaksovul, yulg‘un, baliqko‘z, sarisazan, taqirlarda donasho‘r o‘sadi. Amudaryo sohillarida to‘qayzorlar bor.
A) Quyi Amudaryo
B) Farg’ona
C) Surxandaryo
D) Qizilqum
7. 0’rta Osiyodagi qaysi daryolar, asosan, kichik, sho‘x va kam suvli bo'lib, bahorda,
ayniqsa, jala tarzida yog‘adigan yomg‘irlar vaqtida juda sersuv bo‘ladi?
a) Murg'ob, Atrek, Tajan
b) Ohangaron, Qashqadaryo ,G‘uzordaryo
c)
Chirchiq ,Qoradaryo,Surxondaryo
d) Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron
A) c B) d C)a D) b
8. ….Turon plitasida joylashgan. Plita zamini paleozoy qattiq jinslaridan (kristalli slanes, granit, ohaktosh va boshq.) tashkil topgan bo‘lib, ustini so‘nggi davr qalin (qumtosh, mergel, gil, qum, konglamerat va boshq.) jinslari qoplab
olgan… neogen davrigacha Tetis dengizi ostida bo‘lgan, lekin paleozoy qoldiq tog‘lari orol kabi suvdan ko‘tarilib turgan.
A)Ustyurt
B) Surxandaryo
C) Farg’ona
D) Qizilqum
9. Islom dini nechanchi asrda paydo bo'lgan?
A) I asr В) IV asr
С) IX asr D) VII asr
10. Mirzacho‘1 tabiiy geografik rayonining janubidagi tog‘lar qaysi tog’ hosil qilish
burmalanishda ko‘tarilganligini toping.
A) kimmeriy
B) gersin
C) alp
D) kaledon
11. 0’zbekistondagi mezozoy erasi karbonat tog’ jinslarida aniqlangan neft va gazning
katta zaxirasiga ega bo‘lgan konlarni toping.
I) Odamtosh; 2) Muborak;
3) Oqjar; 4) Pachkamar;
5) Xovdog4; 6) Sariqtosh;
7) Jarqoq; 8) Qoravulbozor;
9) Omonota; 10) Ko'kdumaloq;
II) Uchqizil; 12) Polvontosh.
A) 2, 3, 5, 6, 7
B) I, 2, 4, 8, 10
C) 3, 7, 8, 10, 12
D) I, 4, 5, 9, 11
12. Hind okeanining qaysi qismida planktonlar ko‘p tarqalgan?
A) ekvatorial
B) tropik
C) subtropik
D) mo‘tadil
13. 22-iyun kuni ekvator (a), shimoliy tropik (b) hamda 40°(c) va 60°(d) shimoliy kengliklarda kunning uzunligi necha soatga
teng bo‘lishi mumkinligini
toping.
I) 14 soat 51'; 2) 9 soat 09';
3) 5 soat 30'; 4) 12 soat OO';
5) 13 soat 13'; 6) 10 soat 47';
7) 18 soat 30'; 8) 24 soat 00';
9) 15 soat 30'.
A) a-4, b-6, c-2, d-3
B) a-9, b-1, c-4, d-6
C) a-4, b-5, c-1, d-7
D) a-8, b-7, c-9, d-1
14. Okeanlarning eng kichigi, Shimoliy
qutb atrofida joylashgan, dengizlari okean maydonining yarmini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda turadi
A) Hind
B) Tinch
C) Atlantika
D) Shimoliy Muz
15. Hind-Gang pasttekisligiga oid ma’lumotni
aniqlang
1.Himolay tog‘laridan janubda uzunligi
3 000 km ga boradigan Hind-Gang pasttekisligi joylashgan.
2. Qazilma boyliklardan temir va marganes rudalari, oltin, olmos, grafit, ko‘mir va neft
konlari bor.
3. Eng baland joyi yarimorolning janubida joylashgan Anaymudi tog‘idir (2 698 m).
4. Gang va Braxmaputra deltasida qalin mangrazorlar va doimiy yashil o‘rmonlar bor.
5. G‘arbiy qismida sho‘rxok va qumli cho‘llar mavjud.
6. Yarimorolning g‘arbida dengiz qirg‘
og‘i bo‘ylab katta masofaga cho‘zilgan G‘arbiy Gatt tog‘lari va sharqida Sharqiy Gatt tog‘lari mavjud.
A)1,2,3 B) 2,3,5 C) 1,4,5 D) 4,5,6
16.O’zbekistonning yaylov mintaqasidagi subalp o’tloqlarida asosan qanday o’simliklar o’sadi?
A) to‘ng‘izsirt, qoqio‘t, tiрchoq
B) yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar
C) archa, yong‘oq, Turkiston qayini
D) zirk, dukcho‘p va irg‘ay
17. T e k i s l i k q i s m i respublikamizning shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy hududlarini o‘z ichiga oladi. Tekislik qismining yer yuzasi okean sathidan taxminan necha baland bo‘lib, O‘zbekistonning eng qurg‘oqchil qismidir.
A) 150-200 metr
B) 200-300 metr
C) 100—250 metr
D) 100-200 metr
18.Quyidagi qaysi materikda tropik cho’llar yo’q?
A) Shimoliy Amerika
B) Avstraliya
C) Yevrosiyo
D) Janubiy Amerika
19.Amazonka daryosi haqida faqat noto’g’ri javobni aniqlang.
A) eng katta va eng sersuv Amazonka daryosi 500 dan ortiq irmoqqa ega.
B) Keyingi yillarda uning uzunligi Ukayali irmog‘i
bilan birga 6 992 km ekanligi aytilmoqda.
C) Uning o‘rta oqimidagi kengligi 5 km, quyi oqimida 80 km, quyilish joyida 320 km ga
boradi. 4,5 km, quyi oqimida 80 km, quyilish joyida 320 km ga
boradi.
D) Amazonka daryo suvining „ teskari oqish“ hodisasi 1 500 km yuqori oqimgacha kuzatiladi.
20.Eng sersuv materikni aniqlang.
A) Shimoliy Amerika
B) Janubiy Amerika
C) Yevrosiyo
D) Avstraliya
21.Qaysi okeanning Janubiy subtropik mintaqada ikkita yirik kompleksni—iliq va
sovuq suv massalaridan tashkil topgan tabiat komplekslarini ko‘ramiz.
A)Tinch
B) Atlantika
C) Shimoliy Muz
D) Hind
22.Qaysi okeanda shimolda subtropik, tropik, subekvatorial, ekvatorial, janubda subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘tadil, subantarktika va antarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan.
A) Atlantika
B) Tinch
C) Shimoliy Muz
D) Hind
23.Quyidagi qaysi viloyatda o’zlashtriladigan yerlar deyarli qolmagan?
A) Buxoro
B) Farg’ona
C) Surxandaryo
D) Andijon
24. Respublikamizdagi
(Toshkent shahrini hisobga
olmaganda) eng urbanizatsiya
darajasi yuqori viloyat qaysi?
A) Samarqand
B) Toshkent
C) Namangan
D) Farg'ona
25. Termizda yanvarning o'rtacha harorati qanchaga teng bo'ladi?
A) +2,8°C
B) +0,5°C
C) +3,1°C
D) -0,5°C
26. Buxoro viloyati mamlakat
maydonining ... % ini (a) va
aholining ... % ini (b) tashkil
etadi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) a-8,8; b-5,8
B) a-6, 4; b-8,1
C) a-5,8; b-4
D) a-8,8; b-7,5
27. Qaysi viloyatda yetishtirilgan qovunlar qadimda ham mashhur bo‘lib, maxsus
idishlarga solinib, hatto, Bag‘dod va Hindistonga ham yuborilgan?
I) Sirdaryo; 2) Xorazm;
3) Jizzax; 4) Andijon.
A) I, 3 B) 4
C) 2 D) I, 2, 3, 4
28. Farg'ona viloyati qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlarini aniqlang.
A) paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut
chorvachiligi, ipakchilik
B) donchilik, g'allachilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik
C) paxtachilik, pillachilik, sholichilik, polizchilik
D) donchilik, paxtachilik, bog'dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi,
parrandachilik, ipakchilik
29. Kelajakda Taxiatosh shahri qanday markaz sifatida yanada rivojlanishi
Rejalashtirilayotganligini toping.
A) qora metallurgiya
B) erkin-iqtisodiy zona
C) binokorlik materiallarini
ishlab chiqaruvchi
D) dehqonchilik mahsulotlarini
qayta ishlovchi
30.Agar xaritada ikki shahar orasidagi 700 km li masofa 4 sm gat eng bo’lsa , ushbu xaritaning masshtabini aniqlang
A) 1:17 500 000
B) 1:175 000 000
C) 1: 1 750 000 000
D) 1: 1 750 000