25.
Tashlab sakrash bilan yugurish –
boldirni erkin
holatda tovon qismni dumg‘azagacha tegishgacha orqaga
«oshirish», gavdaga e’tibor qaratish – ya’ni,
tananing
vertikal holatda va tayanch sifatidagi oyoqda tayangan
holatda turishini ta’minlash, mashqni engil yugurish bilan
yakunlash.
26.
Sonni baland ko‘tarib yugurish va boldirni –
«g‘ildirak» ko‘rinishida
oshirish, aylanuvchi oyoq
sonining harakatlanish lahzasida
tayanch sifatidagi
oyoqqa e’tibor qaratish, oyoqning oldinga – orqaga to‘liq
holatda to‘g‘rilanishi, tos sohasi esa yetarlicha darajada
oldinga
tashlanishi, qo‘llarning yugurishdagi kabi erkin
harakatlanishi, mashqni engil
tarzdagi yugurish bilan
yakunlash.
27.
Oldinga harakatlanish, bunda tovonga tayanib olg‘a
intilish, qo‘llar yugurishdagi
kabi harakatlanadi,
shuningdek qo‘llarda gantel bilan ham ushbu mashq
bajariladi.
28.
Asosiy turish holatida tana og‘irligini
tovonga
tashlash, kift sohasini e’tibordan qoldirmasdan, qiyalikni
saqlab 15 – 20 metrga yugurish.