A) 1,3,4,6 B) 2,3,5,8 C) 2,4,5,6 D) 1,4,7,8
17. Ribosomalarga xos xususiyatlar ko'rsatilgan javobni belgilang.
1) membranasiz organoid; 2) tarkibi DNK va oqsildan iborat; 3) yadrochada hosil bo'ladi; 4) 2 ta silindrsimon tanacha; 5) oqsil sintezining transkripsiya bosqichi amalga oshadi; 6) hamma hayot shakllarida uchraydi; 7) quturish kasalligi qo'zg'atuvchisining tarkibida bo'lmaydi; 8) biosintez reaksiyasini bir necha o’nlab vakillari amalga oshiradi
A) 1,5,6 B) 3,7,8 C) 2,4,6 D) 4,6,7
18. Qaysi gipoteza eukariotlarning bitta hujayradan kelib chiqqanligi isbotlaydi?
A) simbioz B) invaginatsiya C) simbioz va ko’p genomli D) panspermiya
19. Ko’p genomli (a), simbioz (b) va invaginatsiya (c) gipotezasi o’z taxminlarini qanday isbotlaydi?
A) a-yadro va sitoplazmadagi plastik jarayonlar o’xshash; b-mitoxondriya va xloroplastning bo’linishi prokariot hujayraning bo’linishiga o’xshash; c-xloroplast, mitoxondriya va yadro qo’sh memranalarining kelib chiqishini tushuntiradi
B) a-mitoxondriya va xloroplastning bo’linishi prokariot hujayraning bo’linishiga o’xshash;
b-mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNK ning mavjudligi; c-xloroplast, mitoxondriya va yadro qo’sh memranalarining kelib chiqishini tushuntiradi
C) a-yadro va sitoplazmadagi plastik jarayonlar o’xshash; b-mitoxondriya va xloroplastning bo’linishi prokariot hujayraning bo’linishiga o’xshash; c-mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNK ning mavjudligi
D) a-xloroplast, mitoxondriya va yadro qo’sh memranalarining kelib chiqishini tushuntiradi; b-yadro va sitoplazmadagi plastik jarayonlar o’xshash; c-mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNK ning mavjudligi
20. Prokariot (a) va eukariot (b) hujayralarning paydo bo’lishi qaysi eraga to’g’ri keladi?
A) a-poleozoy; b-proterozoy B) a-arxey; b-poleozoy
C) a-proterozoy; b-arxey D) a-arxey; b-proterozoy
21. Prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishi uchun umumiy bo’lgan belgilar berilgan javobni toping
1) plastidalar bo’lmaydi; 2) hujayra markaziga ega; 3) translyatsiya ribosomada kechadi;
4) polinukleotidlarga ega; 5) avtotrof usulda oziqlanadi; 6) irsiy axborot nuklein kislotalar orqali keyingi naslga beriladi; 7) xitinsimon qobiqqa ega; 8) o’roqsimon tanachali organoidga ega; 9) ikkiga bo’linib ko’payadi
A) 1,5,7,9 B) 3,4,6 C) 2,4,7,8 D) 4,8,9
22. Quyidagi berilgan ta’riflardan ta’riflardan nechtasi eukariotlarni prokariotlardan farqlaydi?
1) plastidalar bo’lmaydi; 2) hujayra markaziga ega; 3) translyatsiya ribosomada kechadi;
4) polinukleotidlarga ega; 5) vakili nitella; 6) irsiy axborot nuklein kislotalar orqali keyingi naslga beriladi; 7) xitinsimon qobiqqa ega; 8) o’roqsimon tanachali organoidga ega; 9) ikkiga bo’linib ko’payadi; 10) yarim avtonom organoidga ega; 11) hujayralari mitoz usulida ko’payadi; 12) bo’linish urchug’i maxsus fermentlardan shakllanadi
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
23. Quyidagi berilgan ta’riflardan ta’riflardan nechtasi prokariotlarni eukariotlardan farqlaydi?
1) mureinga ega; 2) hujayra markaziga ega; 3) translyatsiya ribosomada kechadi;
4) polinukleotidlarga ega; 5) vakili nitella; 6) irsiy axborot nuklein kislotalar orqali keyingi naslga beriladi; 7) irsiy axborot nukleoidlarda saqlanadi; 8) gidrolitik fermentlarga boy bo’lgan organoidga ega; 9) mezosomada ATF sintezi amalga oshadi; 10) vakili-ichak tayoqchasi; 11) hujayralari mitoz usulida ko’paymaydi; 12) gazli vakuolaga ega
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
24. Quyidagi xususiyatlardan qaysi birlari faqat zambrug’larga tegishli?
1) qobig’i xitindan iborat; 2) xlorella bilan simbioz hayot kechiradi; 3) silur davrida paydo bo’ldi;
4) saprofit usulda oziqlanadi; 5) zaxira oziq to’planadigan vakuolaga ega; 6) glikogen to’playdi; 7) bir hujayrali vakillarining fermentative faoliyatidan biotexnologiyada qo’llaniladi; 8) mitselliyga ega;
9) 70 000 turi mavjud; 10) tuban va yuksak vakillarga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |