Obidjon Sheraliyev
Mono, chala,diduragay va jinsga birikkan holda irsiylanish
1.Qayin odimchisi qanotining rangi ikki juft komplementar genlarga bog`liq. A_B_ holatda rangi qora, qolgan barcha holatda qanot rangi oq bo`ladi.Digeterozigota qayin odimchilari chatishtirilib olingan avlodning necha %i dominant genga ega ammo rangi oq bo`ladi? A)56,25% B)37,5% C)43,75% D)85,7%
2. Qayin odimchisi qanotining rangi ikki juft komplementar genlarga bog`liq. A_B_ holatda rangi qora, qolgan barcha holatda qanot rangi oq bo`ladi.Digeterozigota qayin odimchilari chatishtirilib olingan oq qanotli avlodning necha %i dominant genga ega bo`ladi? A)56,25% B)37,5% C)43,75% D)85,7%
3.Tulkilarda junining qora bo`lishi qizil bo`lishiga nisbatan retsessiv belgi.Qizil tulkilar o`zaro chatishtirilib 45 ta qora tulkilar olingani ma`lum bo`lsa,avloddagi qizil tulkilar qora tulkilardan nechtaga farq qiladi?
A)45 B)135 C)90 D)180
4.Quyonlarda qulog`ining uzunligi 3juft polimer genlar yordamida irsiylanadi. Aabbdd va aabbdd genotipli quyonlar chatishtirilganda qulog`ining uzunligi 21 va 18 smli quyonchalar olingan bo`lsa,AaBBDd genotipli quyon tahliliy chatishtirilishi natijasida qanday uzunlikdagi quloqqa ega quyonchalar olinishi mumkin?
A)27, 24,18 B)27,24,21 C)24,21,18 D)27,21,18
5.Qovoq mevasining rangi 2 juft nokumulyativ genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda dominant gen uchrasa sariq ,uchramasa yashil rang bo`lishiga olib keladi. Digeterozigota qovoqlar chatishtirilib olingan sariq rangli qovoqlarning necha %i digomozigota genotipga ega?
A)20% B)25% C)30% D)26,67%
6. Atirgul o`simligida gulining rangi qizil bo`lishi, sariq bo`lishi ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotali organizmlar o`zaro chatishtirildi. A gen barcha populyatsiyalarning 60%ini, a gen 40% ni tashkil qiladi. F1 da 1000 ta olingan o`simliklarning nechtasi qizil gulli o`simliklar tashkil etadi? A) 160 B)480 C)360 D)840
7. Kaptarda rangining kulrang bo`lishi va oyog`ida pat bo`lmasligi, rangining oq bo`lishi va oyog`da pat bo`lishi ustidan dominantlik qiladi va jinsiy X xromasomada joylashgan holda irsiylanadi. Digeterozigota (dominant genlarni faqat otasidan olgan)erkak va oq rangli oyog`ida pati yo`q urg`ochi kaptarlar o`zaro chatishtirilib olingan avlodning necha %i oq rangli ,oyog`ida pati bor bo`ladi?(genlar orasidagi masofa 40 marganida)
A)25% B)10% C) 15% D)40%
8. Kaptarda rangining kulrang bo`lishi va oyog`ida pat bo`lmasligi, rangining oq bo`lishi va oyog`da pat bo`lishi ustidan dominantlik qiladi va jinsiy X xromasomada joylashgan holda irsiylanadi. Digeterozigota (dominant genlarni faqat otasidan olgan)erkak va oq rangli oyog`ida pati yo`q urg`ochi kaptarlar o`zaro chatishtirilib olingan avlodning necha %i kulrang rangli ,oyog`ida pati yo`q bo`ladi?(genlar orasidagi masofa 40 marganida)
A)35% B)10% C) 15% D)40%
9. Kaptarda rangining kulrang bo`lishi va oyog`ida pat bo`lmasligi, rangining oq bo`lishi va oyog`da pat bo`lishi ustidan dominantlik qiladi va jinsiy X xromasomada joylashgan holda irsiylanadi. Digeterozigota (dominant genlarni faqat otasidan olgan)erkak va oq rangli oyog`ida pati yo`q urg`ochi kaptarlar o`zaro chatishtirilib olingan avlodning necha %i oq rangli ,oyog`ida pati yo`q bo`ladi?(genlar orasidagi masofa 40 marganida)
A)35% B)10% C) 15% D)40%
10. Odamlarda ko`zining rangi va soch rangi autosomaga birikkan genlar hisoblanadi. Qora sochli ,qo`y ko`zli digeterozigota (dominant belgilarning birini onasidan , ikkinchisini otasidan olgan) ayol va ko`k ko`zli ,malla sochli erkak turmushidan tug`ilgan farzandlarning necha%i qora sochli, ko`k ko`zli bo`ladi? (krosingover 20%)
A)60% B)40% C)50% D)10%
11. Odamlarda ko`zining rangi va soch rangi autosomaga birikkan genlar hisoblanadi. Qora sochli ,qo`y ko`zli digeterozigota (dominant belgilarning birini onasidan , ikkinchisini otasidan olgan) ayol va ko`k ko`zli ,malla sochli erkak turmushidan tug`ilgan farzandlarning necha%i qora sochli, qo`y ko`zli bo`ladi? (krosingover 20%)
A)60% B)40% C)50% D)10%
12. Qovoq mevasining rangi 2 juft nokumulyativ genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda dominant gen uchrasa sariq ,uchramasa yashil rang bo`lishiga olib keladi. Digeterozigota qovoqlar chatishtirilib olingan sariq rangli qovoqlarning necha %i digeterozigota genotipga ega? A)20% B)25% C)30% D)26,67%
13. Chigirtkalarda rangining yashil bo`lishi A_B_ genlariga bog`liq, qora bo`lishi esa qolgan barcha hollarda yuzaga chiqadi. Uchinchi juft noallel D geni rangni yuzaga chiqishiga yordam beradi. Uning retsessiv alleli esa ingibitorlik vazifasini bajarib oq rangni yuzaga chiqaradi. Trigeterozigota genotipli chigirtkalar tahliliy chatishtirilishi natijasida olingan avlodning necha %i oq rangli bo`ladi? A)50% B)62,5% C) 12,5% D)25%
14. Chigirtkalarda rangining yashil bo`lishi A_B_ genlariga bog`liq, qora bo`lishi esa qolgan barcha hollarda yuzaga chiqadi. Uchinchi juft noallel D geni rangni yuzaga chiqishiga yordam beradi. Uning retsessiv alleli esa ingibitorlik vazifasini bajarib oq rangni yuzaga chiqaradi. Trigeterozigota genotipli chigirtkalar tahliliy chatishtirilishi natijasida olingan avlodning necha %i qora rangli bo`ladi? A)50% B)62,5% C)37,5% D)25%
15. Chigirtkalarda rangining yashil bo`lishi A_B_ genlariga bog`liq, qora bo`lishi esa qolgan barcha hollarda yuzaga chiqadi. Uchinchi juft noallel D geni rangni yuzaga chiqishiga yordam beradi. Uning retsessiv alleli esa ingibitorlik vazifasini bajarib oq rangni yuzaga chiqaradi. Trigeterozigota genotipli chigirtkalar tahliliy chatishtirilishi natijasida 120ta qora rangli olingan bo`lsa,avlodning nechtasi oq rangli bo`ladi?
A)120 B)160 C)200 D)480
16. Maymunlarda junining rangi oraliq irsiylanish xususiyatiga ega,qora bo`lishi dominant,sariq retsessiv va geterozigotalarda malla bo`ladi. Ko`zining rangi esa jinsiy X xromasomaga birikib irsiylanadi. Malla junli, qo`y ko`zli digeterozigota urg`ochi va sariq junli , malla ko`zli erkak maymunlar o`zaro chatishtirilganda olingan avlodning necha %i qora junli,malla ko`zli bo`ladi?
A)18,75% B)25% C)37,5% D)0%
17. Maymunlarda junining rangi oraliq irsiylanish xususiyatiga ega,qora bo`lishi dominant,sariq retsessiv va geterozigotalarda malla bo`ladi. Ko`zining rangi esa jinsiy X xromasomaga birikib irsiylanadi. Malla junli, qo`y ko`zli digeterozigota urg`ochi va sariq junli , malla ko`zli erkak maymunlar o`zaro chatishtirilganda olingan avlodning necha %i malla junli,malla ko`zli bo`ladi?
A)18,75% B)25% C)37,5% D)0%
18. Maymunlarda junining rangi oraliq irsiylanish xususiyatiga ega,qora bo`lishi dominant,sariq retsessiv va geterozigotalarda malla bo`ladi. Ko`zining rangi esa jinsiy X xromasomaga birikib irsiylanadi. Malla junli, qo`y ko`zli digeterozigota urg`ochi va malla junli , malla ko`zli erkak maymunlar o`zaro chatishtirilganda olingan avlodning necha %i qora junli,malla ko`zli bo`ladi?
A)18,75% B)25% C)12,5% D)0%
19. Maymunlarda junining rangi oraliq irsiylanish xususiyatiga ega,qora bo`lishi dominant,sariq retsessiv va geterozigotalarda malla bo`ladi. Ko`zining rangi esa jinsiy X xromasomaga birikib irsiylanadi. Malla junli, qo`y ko`zli digeterozigota urg`ochi va malla junli , malla ko`zli erkak maymunlar o`zaro chatishtirilganda olingan avlodning necha %i malla junli,malla ko`zli bo`ladi?
A)18,75% B)25% C)37,5% D)0%
20. Qushlarda tumshug`ining uzunligi kaltaligi ustidan to`liq dominantlik qila olmaydi, geterozigotalarda tumshug`I normal bo`ladi. Normal tumshuqlilar o`zaro chatishtirilib olingan 600ta qushlarning nechtasi dominant genga ega ammo tumshug`I uzun emas?
A)450 B)150 C)300 D)400
21. Qushlarda tumshug`ining uzunligi kaltaligi ustidan to`liq dominantlik qila olmaydi, geterozigotalarda tumshug`I normal bo`ladi. Normal tumshuqlilar o`zaro chatishtirilib olingan 600ta qushlarning nechtasi dominant genga ega ammo tumshug`I kalta emas?
A)450 B)150 C)300 D)400
22. Odamlarda ikkinchi kurak tishi bo`lmasligi va tish emali qo`ng`ir rangda bo`lishi dominant X xromasomaga birikkan belgilar hisoblanadi. Ikkinchi kurak tishi yo`q , tish emali qo`ng`ir (dominant belgilarni faqat onasidan olgan)ayol o`ziga o`xshagan erkakka turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug`ilgan farzandlarning necha %i 2ta dominant genga ega bo`ladi?(genlar orasidagi masofa 10 marganida) A)5 B)22,5 C)27,5 D)45
23. Ituzumdoshlar oilasiga mansub pomidor o’simligida meva shoxlarining uzunligi bilan meva shaklini ifodalovchi genlar bir xromasomada joylashib, to’liq birikkan holda irsiylanadi. Uzun poyali (A), yumaloq mevali (B) gomozigota pomidor kalta poyali (a), noksimon mevali (b) pomidor bilan chatishtirilib, F1 da 110 ta, F2 da 1200 ta o’simlik yetishtirilgan. F2 bo’g’inda nechta uzun poyali yumaloq geterozigota genotipli pomidor hosil bo’ladi?
A) 300 B) 1200 C) 600 D) 1090
24. Drozofila meva pashshasida tananing qora rangi, qanotning kaltaligi retsessiv, tananing kulrangli, qanotni normalligi dominant belgi hisoblanadi. Tananing rangi bilan qanotini uzunligini belgilovchi genlar birikkan bo’lib bir xromasomada joylashgan. Tanasi kulrang qanoti normal drozofila tanasi qora qanoti kalta drozofila bilan chatishtirilib F1da 90 ta kulrang tanali, normal qanotli pashsha olindi. F2 da 608 ta pashsha olingan bo’lsa, ularning nechtasi kulrang tanali uzun qanotli bo’ladi? A) 342 B) 456 C) 114 D) 152
25. Gledichiya mevasining shakli ikki juft komplementar genlarga bog`liq holda irsiylanadi. A_B_ holatda meva shakli tuxumsimon,qolgan barcha hollarda yumaloq bo`ladi. Digeterozigota o`simliklar o`zaro chatishtirilib olingan 144 ta mevalarning nechtasi digommozigota bo`ladi? A)64 B)48 C)36 D)72
26. Gledichiya mevasining shakli ikki juft komplementar genlarga bog`liq holda irsiylanadi. A_B_ holatda meva shakli tuxumsimon,qolgan barcha hollarda yumaloq bo`ladi. Digeterozigota o`simliklar o`zaro chatishtirilib olingan 144 ta tuxumsimon mevalilarning nechtasi digeterozigota bo`ladi? A)64 B)48 C)36 D)72
27. Spaniel it zotlarida yungining qora bo`lishi jigarrang ustidan ,kalta bo`lishi uzun bo`lishi ustidan to`liq dominantlik qiladi. aB gametalari hayotchan bo`lmagan erkak va urg`ochi itlar o`zaro chatishtirildi. Yuqoridagi ma`lumotlardan foydalanib quyidagilarni aniqlang: a)avlodda olingan itlarning fenotipik nisbati; b)qora kalta yungli itlarning genotiplari.
A)a-9 ta qora kalta yungli; 3 ta jigarrang kalta yungli ; 3 ta qora uzun yungli; 1 ta jigarrang uzun yungli; b-AABB,AaBb,AABb
B)a-5 ta qora kalta yungli; 1 ta qora uzun yungli ;1 ta jigarrang kalta yungli; b-aaBB
C) a- 7 ta qora kalta yungli; 2 ta qora uzun yungli ;1 ta jigarrang kalta yungli; b-aaBB ,aaBb
D) a- 5 ta qora kalta yungli; 3 ta qora uzun yungli ; 1ta jigarrang uzun yungli; b-AABB,AABb,AaBb
28.Tovuq va xo`rozlar patining chipor rangda bo`lishi (B) qora bo`lishi (b)ustidan,toj shaklining gulsimon bo`lishi (A) oddiy (a )bo`lishi ustidan dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X,toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromasomada joylashgan. Digeterozigotali xo`roz va gulsimon tojli, qora patli aXb gametalari yashovchan bo`lmagan (faqat urg`ochilarida)chatishtirilishidan 240 ta jo`ja olinganligini hisobga olib quyidagilarni aniqlang. a)chatishtirishdan olingan oddiy tojli, chipor rangli jo`jalar genotipini; b)olingan jo`jalarning nechtasi gulsimon tojli,qora rangli ekanligini. A) a – aaX BX b; aaX bY ; b - 80 B) a - aaX BX b; aaX b Y ; b - 120 C) a - aaX BX B; aaX BX b ;aaX bY; b - 100 D) a – aaX BY ; b – 100
29. Tovuq va xo`rozlar patining chipor rangda bo`lishi (B) qora bo`lishi (b)ustidan,toj shaklining gulsimon bo`lishi (A) oddiy (a )bo`lishi ustidan dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X,toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromasomada joylashgan. Digeterozigotali xo`roz va gulsimon tojli, qora patli aXb gametalari yashovchan bo`lmagan (erkak va urg`ochilarida)chatishtirilishidan 180 ta jo`ja olinganligini hisobga olib quyidagilarni aniqlang. a)chatishtirishdan olingan gulsimon tojli, qora rangli jo`jalar genotipini; b)olingan jo`jalarning nechtasi qora rangli ekanligini. A) a – AaX BX b; aaX bY ; b - 60 B) a - aaX BX b; aaX b Y ; b - 120 C) a - AAX bX b; AAX bY ;AaX bY; b - 60 D) a – AaX BY ; b – 100
30.Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta`sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon (A) va gomozigota no`xatsimon tojli (B) tovuq va xo`rozlar o`zaro chatishtirilsa, yong`oqsimon tojli tovuqlar hosil bo`ladi. Digeterozigota Ab gametasi hayotchan bo`lmagan tovuq va aB gametasi hayotchan bo`lmagan xo`rozlar chatishtirilib 135 ta jo`ja olingan. Yuqoridagi ma`lumotlardan foydalanib quyidagilarni aniqlang. a) avlodda olingan jo`jalarning fenotipik nisbati; b)AaBB va AABb genotipli jo`jalar soni.
A)a – 5 ta yong`oqsimon; 1 ta gulsimon;1 ta oddiy; 3 ta no`xatsimon; b – 48ta B) a – 6 ta yong`oqsimon; 1ta gulsimon; 1ta no`xatsimon; 1ta oddiy ; b-30 ta C)a-5 ta yong`oqsimon; 2 ta gulsimon;2 ta no`xatsimon; b – 60ta D)a- 6 ta yong`oqsimon; 1 ta gulsimon; 1 ta no`xatsimon;1 ta oddiy; b – 45ta
Do'stlaringiz bilan baham: |