9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan



Download 0,61 Mb.
bet22/23
Sana30.10.2019
Hajmi0,61 Mb.
#24658
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325 5217463792

Savollar va javobi


1. XIX asrning 80-yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi? 1.Pitnak 2.Taxta 3.Hazorasp 4.Xiva 5.Yangi Urganch 6.Chorjo’y 7.Ko’hna Urganch
 1,3,5,7
2. Xiva xonligida Matyoqub pishiq rahnamoligida qachon dehqonlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi?
 1902-yil
3. Matyoqub Pishiq qo’zg’aloni bo’lib o’tgan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Urganch
4. Qachon Pitnak, Hazorazsp, Yangi Urganch, Ko’hna Urganch tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi?
 XIX asrning 80-yillari
5. Xiva xonligida qachondan arzimas sabablar tufayli qo’zg’alonlar bo’lib turgan?
 XX asr boshlari
6. Xiva xonligida 1906-yilda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlagan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Bog’ot
7. Xiva xonligida qurg’oqchilik va hosilsizlik yillarni aniqlang.
 1910-1911
8. Xiva xonligida qaysi yillarda dehqonlar g’alayonlari keng tus oldi?
 1910-1917
9. Xiva xonligida qachon va qayerdagi qo’zg’alonlarda doimiy qo’zg’alonlar natijasida xalq o’qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o’rganib olgan edi?
 1912-Hazorasp, Xonqa
10. Asfandiyorxon 1912-yilgi qo’zg’alonni bostirish uchun yuborgan o’zining 1000 kishilik eng sara qo’shini qayerda mag’lubiyatga uchratildi?
 Alieli va Toshhovuz o’rtasida
11. Xiva xonligida 1912-yilgi xalq norozilik chiqishlari qanday yangi omilni namoyon qildi?
 A va B
12. Yosh xivaliklarning Yosh buxoroliklardan farqli jihati bu….
 Yosh xivaliklarda aholining turli qatlamlari-dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ziyolilar va mayday mulkdorlarning bo’lishi
13. Yosh Xivaliklarning tarkibi xato berilgan javobni aniqlang.
 yirik mulkdorlar va bank egalari
14. Yosh Xivaliklar rahbarlari xato berilgan javobni aniqlang.
 Manuilov
15. Yosh Xivaliklar rahbarlari xato berilgan javobni aniqlang.
 T.Risqulov
16. Xiva xoni qachon “Islohotlar loyihasi”ni qabul qildi?
 1910-yil
17. “Islohotlar loyihasi” qaysi davlatda qabul qilingan?
 Xiva
18. Xiva xonligida qabul qilingan “Islohotlar loyihasi”ning bandlari xato berilgan javobni aniqlang.
 loyihada eskicha milliy maktablarni tashkil qilish g’oyasi ham ilgari surilgan edi
19. Xiva xoni Asfandiyorxon hukmronlik yillarini aniqlang.
 1910-1918
20. Asfandiyorxon 1913-yilda qaysi bosh vazirni o’ldiradi?
 Islomxo’ja
21. Asfandiyorxonning yerlarni yangidan o’lchash va yangi soliqlarni joriy qilishga qarshi qayerda qo’zg’alonlar bo’lib o’tdi?
 Mang’it va Xo’jayli
22. Islomxo’ja qachon o’ldirildi?
 1913-yil
23. Qaysi voqeadan so’ng Asfandiyorxon asosiy tayanchi podsho hukumatidan mahrum bo’lib, bir qancha vaqt yakkalanib qoldi?
 Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealaridan so’ng
24. Asfandiyorxon qachon Yosh Xivaliklar tuzgan manifestni imzoladi?
 1917-yil 5-aprel
25. Asfandiyorxon imzolagan manifestga ko’ra xon hokimiyatini cheklagan deputatlar palatasini aniqlang.
 Majlis
26. Asfandiyorxon imzolagan manifestga ko’ra vazirlar kengashini aniqlang.
 Nozirlar Kengashi
27. Yosh Xivaliklarning Asfandiyorxondan talab qilgan islohotlar xato berilgan javobni aniqlang.
 davlat mablag’lari sarflanishi ustidan nazorat uchun iqtisodiyot vazirligini tuzish
28. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasi qachon bo’lib o’tdi?
 1917-yil 26-aprel
29. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasida qancha xivalik deputatlar ishtirok etishdi?
 30 ta
30. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasida turkmanlardan qancha vakil ishtirok etdi?
 7 ta
31. Xiva xoni Asfandiyorxon boshchiligidagi konservativ kuchlar necha oy o’tmasdan Majlisni tarqatib yubordi, Yosh Xivaliklarning rahnamolarini hibsga oldi?
 2 oy
32. Junaidxon kim edi?
 turkman urug’laridan birining sardori
33. Junaidxon qachon 1,5 ming kishilik otliq otryad bilan Xivani egalladi?
 1918-yil yanvar
34. Junaidxon Asfandiyorxonni o’ldirib, uning o’rniga kimni xon qilib ko’tardi?
Said Abdulla
35. Xiva xonligiga qarshi kommunistik partiya qayerda tuzilib, to’ntarishga tayyorgarlik ko’ra boshladi?
 Petro Aleksandrovsk
36. Xiva xonligi qachon quladi?
 1920-yil 2-fevral
37. XXSR qachon tuzildi?
 1920-yil 27-aprel
38. Hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojati, qonun kuchiga teng hujjat bu…..
 manifest
39. Lotincha-eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o’zgarishlarga qarshi turuvchilar bu…..
 konservator
38-Ta’lim tizimi_Matbuot (48)

Savollar va javobi


1. Turkistonda ochilgan yangi usul maktablarida o’qitilgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang.
 haftiyak
2. Turkistonda dastlab jadid maktablari qaysi shaharlarda ochilgan? 1.Buxoro 2.Toshkent 3.Qo’qon 4.Andijon 5.Xiva 6.Farg’ona 7.Samarqand 8.Xo’jayli 9.Jizzax
 1,2,3,4,5
3. Jadid maktablaridan yetishib chiqqan ma’rifatparvarlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Said Ahmad
4. Qachondan Turkistonda mahalliy aholining an’anaviy ta’lim tizimida o’zgarishlar yuz bera boshladi?
 XIX asr o’rtalari
5. Rus mustamlakachi hukumatning manfaatlarini aks ettiruvchi maktablarni ko’rsating.
rus-tuzem
6. Mustamlaka davrigacha Turkistonda boshlang’ich ta’lim maktablarida o’qish necha yil davom etgan?
 5-6 yil
7. .Mustamlaka davrigacha Turkistonda boshlang’ich ta’lim maktablarida o’qitilgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Haftiyak
8. “Haftiyak” bu…..
 Qur’oni Karimning yettidan biri
9. Quyidagi qaysi kitobda musulmonchilik ananalari aks etgan?
 “Chor kitob”
10. “Risolai aziza”, “Sabotul ojizin” asarlarining muallifi kim?
 So’fi Olloyor
11. Mustamlaka davrigacha Turkistonda keyingi bosqich maktablarida o’quvchilarga o’qitilgan asarlarni tartib bilan joylashtiring. 1.”Haftiyak” 2.”Chor kitob” 3.”Risolai aziza” va ”Sabotul ojizin”
 1,2,3
12. Kimning asari she’riy tarzda yozilgan bo’lib, unda avliyolar, payg’ambarlar hayoti haqidagi ma’lumotlar aks etgan?
 So’fi Olloyor
13. Mustamlaka davrigacha Turkistonda keyingi bosqich maktablarida o’quvchilar fors shoiri Hofizning qaysi devonini o’rganishgan?
 “Xo’ja Hofiz”
14. Turkistonda madrasa bitiruvchilaridan to’liq o’zlashtirish talab qilingan yo’nalishlar xato berilgan javobni aniqlang.
 g’azovot qoidalari
15. Turkistonda madrasalarda ayollarga kimlar ta’lim berishgan?
 otin
16. Turkiston madrasalarida otinlar ayollarga o’qitgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang.
 diniy-huquqiy fanlar
17. 1884-1889-yillardagi Turkiston general-gubernatorini aniqlang.
Rozenbax
18. Kim Turkistonda boshlang’ich makatblar, rus-tuzem maktablarini yaratish loyihasini ishlab chiqqan generalni aniqlang.
 Rozenbax
19. Turkistondagi I-rus-tuzem maktabi qachon va qayerda ochilgan?
 1884-Toshkent
20. I-rus tuzem maktabi kimning uyida ochilgan?
 Saidg’ani Saidazimboy
21. 1911-yilga kelib rus-tuzem maktablari qanchaga yetdi?
 89 taga
22. Turkistondagi I-gimnaziya qachon va qayerda ochilgan?
 1896-Toshkent
23. Rus-tuzem maktablarida o’qish necha qismdan iborat bo’lgan?
 2
24. Turkistonda ochilgan I-gimnaziyada o’qitilgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang.
 o’quv, yozuv, hisob
25. Qaysi yilga kelib Turkistondagi rus-tuzem maktablarining soni 89 taga yetdi
 1911-yil
26. Rus hukumati tomonidan dastlab jadid maktablarida qaysi adabiyotlardan foydalanish ta’qiqlab qo’yildi?
 turk va fors
27. Mustamlaka hukumatning jadidlarga qarshi kurashiga Turkistonda kimlar yordam berishdi?
 mutaasib dindorlar, ruhoniylar
28. Rus podsho hukumatining tazyiqi bilan 1911-yilga kelib qancha jadid maktablari yopib tashlandi?
 50 ga yaqin
29. Qaysi yilga kelib Buxoro amirligida barcha jadid maktablari yopib qo’yildi?
 1913-yil
30. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” so’zlari kimga tegishli?
 I.Karimov
31. Qaysi yilga kelib Turkistonda 50 ga yaqin jadid maktablari yopib qo’yildi?
 1911-yil
32. Qaysi yildan boshlab “Turkistanskiye vedomosti” muntazam chiqa boshladi?
 1870-yil
33. Turkiston general-gubernatorligining rasmiy nashrini aniqlang.
 “Turkistanskiye vedomosti”
34. O’rta Osiyoda mustamlakachilik tuzumining targ’ibotchisini aniqlang.
 N.Ostroumov
35. “Turkistanskiye vedomosti” gazetasining muharriri kim?
 N.Ostraumov
36. “Turkistanskiye vedmosti” gazetasining o’zbek tilidagi ilovasini aniqlang.
 “Turkiston viloyatining gazeti”
37. Ilk o’zbek milliy gazetasi qaysi va qachondan nashr qilina boshlandi?
 1906-“Taraqqiy”
38. “Taraqqiy” gazetasining I-soni qaysi sanada chiqqan?
 27-iyun
39. Qaysi gazetaning I-soni chiqqan kun O’zbekistonda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi?
 “Taraqqiy”
40. Qaysi kun O’zbekistonda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi?
 27-iyun
41. Podsho hukumatining mahalliy ta’lim va matbuotga qarshi kurashi natijasida Ismoil Obidov muharrirligidagi yopib qo’yilgan gazeta xato berilgan javobni aniqlang.
 “Taraqqiy”
42. “Oyna” jurnali qachondan nashr etila boshlandi?
 1913-yil
43. “Al-izoh” jurnali qachondan nashr etila boshlandi?
 1915-yil
44. “Taraqqiy” gazetasining I-muharriri kim?
 I.Obidov
45. Qaysi gazeta 2 yillik faoliyati davomida milliy ziyolilarning vatanparvar qatlamlari tomonidan milliy ozodligini va ravnaqini tarannum ko’plab maqolalari e’lon qilingan?
 A va B
46. Yerli xalq, mahalliy aholining mustamlakachilar tomonidan atalishi bu…..
 tuzem
47. Arabcha-bosma asarlar-gazeta, jurnal va kitoblar majmui bu….
 matbuot
48. Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo’yicha chuqur ta’lim beradigan o’quv muassasa bu….
 gimnaziya
39-Turkistonda ilm-fan taraqqiyoti (49)

Savollar va javobi


1. Jadidlar tarbiyaviy maqsadlarda ……sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantira boshladilar.
 tarix
2. Jadidlar ……tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini o’quvchilarga tanishtira boshladilar.
 xalq
3. “Tarixi Turkiston” asarining muallifi kim?
 Mulla Olim Maxdum Hoji
4. “Tarixi Turkiston” asarida …….bo’lgan voqealarning yilnomasi bayon etilgan edi.
 qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha
5. O’zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat qozongan asarni aniqlang.
 “Tarixi Turkiston”
6. Kim Turkistonning barcha aholisiga “hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil” bo’lish uchun o’z vatani tarixini o’rganish da’vati bilan murojaat qildi?
 Behbudiy
7. “Tarixi jadidai Toshkent” asarining muallifi kim?
 Muhammad Solih
8. Quyidagi qaysi asar muallifning 25 yillik izlanishlaridan keyin yozilgan?
 “Tarixi jadidai Toshkand”
9. Qaysi asar Toshkent shahrining XIX asrdagi qiyofasining batafsil yoritilganligi bilan qimmatlidir?
 “Tarixi jadidai Toshkand”
10. “Xorazm tarixi”, “Shajarayi Xorazmshohiy” asarlarining muallifi kim?
 Muhammad Yusuf Bayoniy
11. “Tarixi jadidai Toshkand” asari Muhammad Solih necha yillik izlanishlaridan keyin yozilgan?
 25 yillik
12. Arxeolog Vyatkin yashagan yillarni aniqlang.
 1869-1932
13. Samarqandda faoliyat yuritib, Ulug’bek rasadxonasi o’rnini izlagan sharqshunosni naiqlang.
 Vyatkin
14. Qachon va kim Ulug’bek rasadxonasi binosi qoldiqlarini va rasadxonaga tegishli asbob-uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo’ldi?
 1908-Vyatkin
15. Vyatkinning asarlari xato berilgan javobni aniqlang.
 “Zirabuloq”
16. Quyidagi qaysi sharqshunos rus va o’zbek tillarini o’qitish bo’yicha qator darsliklar muallifidir?
 Vyatkin
17. Turkistonda arxeologiya havaskorlari to’garagi qachon ochilgan?
 1895-yil
18. Qaysi yili O’rta Osiyo mintaqasining bosh xaritasi tuzib chiqildi?
 1867-yil
19. Dastlab hududni xaritalashtirish va iqlimni o’rganish uchun qayerda meteorologiya stansiyasi tashkil etildi?
 Toshkent
20. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tadqiqot ishlari qachon avj oldi?
 B va C
21. Pomir tog’ tizmasini o’rganib chiqib, sayohati davomida botanika, minerallarga oid namunalar to’plagan rus zoologi va sayyohini aniqlang.
 Seversev
22. Quyidagi qaysi olim Tyanshan tog’ tizmasini o’rganib, muzlik, vulqonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar to’pladi?
 Semyonov-Tyanshanskiy
23. Rus olimi Fedchenko tekshirib chiqqan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Qoraqum
24. O’rta Osiyo Olimlar jamiyati qachon tuzilgan?
 1871-yil
25. O’rta Osiyo olimlar jamiyati qachon o’z faoliyatini tugatdi?
 1893-yil
26. O’rta Osiyo olimlar jamiyati faoliyat yuritgan yillarni aniqlang.
 1871-1893
27. O’rta Osiyo olimlar jamiyati nima uchun o’z faoliyatini to’xtatdi?
 mablag’ yo’qligi tufayli
28. Turkistonda yerlarni sug’orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilg’or usullarni targ’ib etgan jurnalni ko’rsating.
 “Turkistonning qishloq xo’jaligi”
29. 1876-yil……..
 Turkiston muzeyi tashkil etildi
30. 1870-yilda…..
 Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi
31. Toshkentda tashkil etilgan Turkiston xalq kutubxonasidagi kitoblarning aksariyat qismi qaysi sohaga oid kitoblar edi?
 A va B
32. Ubaydulla Solih o’g’li Zavqiyning yashab ijod qilgan davrini aniqlang.
 1853-1921
33. Quyidagi qaysi shoir satirik she’rlarida mustamlakachi ma’murlar, hukmdorlar va ruhoniylar xatti-harakati tanqid qilgan.Erk va ozodlikni tarannum etgan she’rlari uchun zindonga tashlangan.
 Zavqiy
34. Turkistonda she’riyatning bir-biriga zid qanay ikkita oqimi mavjud edi?
 so’fiylik va tanqidiy-realistik
35. Muhammad Aminxo’ja Muqimiy qaysi shaharda tug’ilgan?
 Qo’qon
36. Muqimiyning satirik asarlari xato berilgan javobni aniqlang.
 “Hapalak qishlog’i ahlining xonga arzi”
37. Muqimiyning sayohotnoma asarlari to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
 “Qo’qondan Farg’onagacha”, “Qo’qondan Isfaragacha”,
38. Quyidagi qaysi shoira Qo’qonda yashab, ayolarning erkinligi va tenghuquqli bo’lishi uchun kurashga davit etgani uchun shahardagi mutaasib kuchlar tomonidan kaltaklandi va ko’p o’tmay hayotdan ko’z yumdi?
 Anbar Otin
39. Jadid adabiyotida qaysi yildan A.Qodiriyning ilk nasriy asarlari e’lon qilindi?
 1910-yil
40. “Juvonboz” hikoyasi va “Baxtsiz kuyov” pyesalarining muallifi kim?
 A.Qodiriy
41. Jadidlar xalqqa yaqinlashishning eng samarali yo’li sifatida ….ni yaratishdi?
 milliy teatr
42. Jadid teatrlarida 1911-1917-yillarda qancha pyesa namoyish etildi?
 25 ta
43. Qaysi yillar Turkistonning turli shaharlarida teatrlar tashkil etildi?
 1911-1913
44. “Padarkush ”asarining muallifi kim?
 Behbudiy
45. Quyidagi qaysi asarda otalar va bolalarni shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik mol-mulkka ruju qo’yish qattiq qoralangan edi?
 “Padarkush”
46. “To’y” asarining muallifi kim?
 Nusratilla Qudratilla
47. Quyidagi qaysi asarda oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga aylangan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olinadi?
 “To’y”
48. 35 Yunoncha-yer atmosferasi, uning xususiyatlari va unda bo’ladigan fizik jarayonlar haqidagi fan bu….
 meteorologiya
49. Fransuzcha-kundalik turmushda ro’y beradigan salbiy hodisalarni tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi bu…..
 felyeton
40-Teatr va musiqa san’ati (38)

Savollar va javobi


1. O’rta Osiyoning qaysi davlatida masxaraboz , qo’g’irchoqboz , raqqos kabi san’at yo’nalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi?
 Buxoro
2. O’rta Osiyoning qaysi hududi an’anaviy teatrida 2 turkum-tomoshalar-kulgili va xatarli o’yin turlari yaxshi shakllangan?
 Xorazm
3. Qachondan O’rta Osiyoning bir qancha shaharlarida an’anaviy teatr uyushmalari vujudga keldi?
 XIX asrning II-yarmi
4. XIX asrning II-yarmida bir qancha shaharlarida an’anaviy teatr uyushmalari vujudga keldi. Bularning eng mashhurlari qaysilar edi?
 A va B
5. O’rta Osiyoda ayniqsa qo’g’irchoq teatrlari ommabop bo’lib, ularning mavzusi markazida …..obrazi turgan.
 Kachal Polvon
6. Qachon Turkiston general-gubernatori taklif qilgan Samara teatri o’lkada bir necha kunlik dasturlarini namoyish etdi?
 1870-yil
7. 1910-yilda rus aktrisasi Komissarjevskaya truppasining gastrollari qayerlarga uyushtirilgan?
 Samarqand va Toshkent
8. Qaysi xalqlar truppalari 1910-1912-yillarda Turkistonda gastrol tashriflari bilan bo’ldi?
 tatar va ozarbayjon
9. U.Gajibekovning o’zbek jamoatchiligi orasida iliq kutib olingan musiqali pyesalarini aniqlang.
 “Taras bulba”
10. “Teatr-bu ibratxona” so’zlari kimga tegishli?
 Behbudiy
11. Turkistonda dastlabki yozma milliy sahna asarlari qachon yaratilgan?
 1911-yil
12. Quyidagi asarlar va ularning mualliflari xato berilgan javobni aniqlang.
 A.Avloniy-“Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
13. Quyidagi qaysi ijodkorning pyesasi o’zbek milliy teatri durdonasiga aylangan?
 Behbudiy
14. Turkistondagi I-milliy teatr qayerda va kim tomonidan tashkil etilgan?
 Samarqand-Behbudiy
15. A.Avloniy qachon va qayerda “Turon” nomidagi teatr truppasini tashkil etdi?
 1914-Toshkent
16. Samarqand shahrida Behbudiy rahbarligida tashkil etilgan teatrda namoyish etilgan ilk asar qaysi?
 “Padarkush”
17. A.Avloniyning tashkil qilgan “Turon” teatr truppasi sahnalashtirgan I- asar qaysi?
 “Padarkush”
18. Qo’qon shahridagi Hamza rahbarligida tashkil etilgan havaskorlik teatrida qo’yilgan I-sahna spektakl qaysi?
 “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
19. Qachon Qo’qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlik teatri tashkil qilingan?
 1916-yil
20. Hozirgi Milliy Teatr asoschisini aniqlang.
 Mannon Uyg’ur
21. 1916-yildan san’atga ilk qadamnini qo’ygan ijodkorlarni aniqlang.
 Mannon Uyg’ur, Ma’suma Qoriyeva
22. O’zbek teatrining I-aktrisasini aniqlang.
 Ma’suma Qoriyeva
23. 1919-yilda qayerda dastlabki teatr tashkil qilingan?
Andijon
24. 1922-yilda qayerda dastlabki teatr tashkil qilingan?
 B va C
25. Buxoro shahrida teatrning tashkil etilishida kimning xizmatlari beqiyos bo’lgan?
 Mannon Uyg’ur
26. Turkistondagi dastlabki yozma milliy sahna asarini aniqlang.
 “Padarkush”
27. Kimning qaysi asarida “Qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususida so’z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar M.Behbudiyning “Teatr-bu ibratxonadir” deb aytgan fikrini eslash o’rinlidir” deyilgan?
 I.Karimov-“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
28. An’anaviy xalq musiqasida hazilomuz raqslar va o’yin jo’rligida ijro etiladigan kuylar xato berilgan javobni aniqlang.
 terma
29. Ananaviy xalq musiqasida baxshilar va shoirlar tomonidan ijro etiluvchi ohangdor kuylarni o’zida namoyon etgan ijodni aniqlang.
 terma
30. Keng qamrovli turli kuy-ohangga ega lirik qo’shiqni aniqlang.
 ashula
31. Torli-kamonchali musiqa asboblari xato berilgan javobni aniqlang.
 dutor
32. Torli-xoxunli cholg’u asboblarni aniqlang. 1.do’mbira 2.dutor 3.chang 4.tanbur 5.nay 6.ud 7.surnay 8.rubob
 1,2,4,6,8
33. Torli-zarbli cholg’u asbobini aniqlang.
 chang
34. Puflama-nayli cholg’u asbobini aniqlang.
 B va C
35. Mushtuk-puflamali cholg’u asbobi qaysi?
 karnay
36. Zarbli-membranali cholg’u asboblari xato berilgan javobni aniqlang.
 karnay
37. Xorazmda maqom va musiqa maktabi qaysi Xiva xoni davrida yanada rivojlangan?
 Muhammad Rahimxon II
38. Muhammad Rahimxoni Soniyning Xorazm maqomlari to’g’risidagi farmoni qachon e’lon qilingan?
 1882-yil
41-Me’morchilik va tasviriy san’at (27)

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish