9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan



Download 0,61 Mb.
bet17/23
Sana30.10.2019
Hajmi0,61 Mb.
#24658
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325 5217463792

Savollar va javobi


1. Turkiston viloyati qachon tashkil qilingan?
 1865-yil
2. Rossiyaning O’rta Osiyodagi harbiy harakatlarni olib borishda markaz sifatidagi rolni bajargan viloyat qaysi?
 Turkiston
3. Nima sababdan Chor Rossiyasi O’rta Osiyoda alohida general-gubernatorlik tashkil qilishga kirishdi?
 A va B
4. Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil qilingan?
 1867-yil
5. Turkiston general-gubernatorligi bilan birga Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi.Uning tarkibiga kimlar kiritildi?
 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar
6. Turkiston harbiy okrugi tuzilganda undagi harbiylar soni qancha edi?
 40 ming
7. Turkiston general-gubernatorligi markazi qayer edi?
 Toshkent
8. Turkiston general-gubernatori vakolatlari xato berilgan javobni toping.
 Turkiston harbiy okrugi qo’mandonining o’rinbosari
9. I-Turkiston-general gubernatori kim?
Kaufman
10. Fon Kaufman qaysi yillari Turkiston general-gubernatori bo’lgan?
 1867-1881
11. Turkiston general-gubernatorligi qaysi hududlarni o’z ichiga olgan?
 Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismi
12. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan qaysi viloyatlarga bo’lingan?
 Sirdaryo, Yettisuv
13. Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Sirdaryo viloyatining markazi qayer edi?
 Toshkent
14. Sirdaryo viloyatining hududi asosan….dan iborat bo’lgan.
 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari
15. Yettisuv viloyatiga Semipalatinsk viloyatining qaysi okruglari kirgan?
 Sergiopol, Kopal, Olatovsk, sobiq Turkiston viloyatining bir qismi
16. Zarafshon okrugi qachon tashkil qilingan?
 1868-yil
17. Amudaryo bo’limi qachon tuzilgan?
 1873-yil
18. Farg’ona viloyati qachon tuzilgan?
 1876-yil
19. Kaspiyorti viloyati qachon tuzilgan?
 1881-yil
20. Quyidagi tashkil qilingan hududlarning qaysi biri sanasida xatolik mavjud?
 Kaspiyorti viloyati-1882-yil
21. Zarafshon okrugining markazi qaysi shahar?
 Samarqand
22. Amudaryo bo’limining markazi qaysi shahar?
 Petro-Aleksandrovsk
23. Farg’ona viloyatining markazi qaysi shahar?
 Yangi Marg’ilon
24. Kaspiyorti viloyatining markazi qaysi shahar?
 Ashxabad
25. Xiva xonligiga qarashli hududlarda tashkil qilingan Amudaryo bo’limining markazi Petro-Aleksandrovsk hozirgi qaysi shahar?
 To’rtko’l
26. Farg’ona viloyatining yangi Marg’ilondan keyingi poytaxti qayer?
 Skobelev
27. Skobelev bu hozirgi qaysi shahar?
 Farg’ona
28. 1 verst qancha maydonga teng?
 1,066 kv.km
29. Rossiyaning O’rta Osiyoda tashkil qilgan viloyatlarning hududiy jihatdan eng kichigi qaysi?
 Samarqand
30. Sirdaryo viloyatining hududi Rossiyadagi qaysi guberniyadan katta bo’lgan?
 Moskva
31. Samarqand viloyatining hududi Rossiyadagi qaysi guberniyadan katta bo’lgan?
 Saratov
32. Samarqand viloyatining hududi qancha bo’lgan?
 2000 kv.verst
33. Turkiston general-gubernatorligi qachon “Nizom” loyihasini qabul qildi?
 1867-yil
34. Kim xalq orasida “yarim podsho” nomini olgan?
 Kaufman
35. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv bo’g’inini ketma-ketlikda joylashtiring?
 Turkiston general-gubernatori-general-gubernator kengashi-general-gubernator mahkamasi-maxfiy siyosiy politsiya
8-Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlarining boshlanishi (28)

Savollar va javobi


1. Podsho hukumati O’rta Osiyodan Chernyayevni chaqirib olib, kimni Yurkiston viloyatining gubernatori qilib tayinladi?
 Romanovskiy
2. Rossiyaning Buxoro amirligiga qarshi I-jangi qachon va qayerda bo’lib o’tgan?
 1866-yil 8-may-Erjar
3. Romanovskiy Buxoro amirligiga qarshi qachon yurish boshladi?
 1866-yil
4. Romanovskiy qanday bahona ostida Buxoro amirligiga qarshi yurish qilishga imperatordan ruxsat so’radi?
 Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotgani
5. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang?
 Erjardagi g’alabadan so’ng Romanovskiy Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasida joylashgan-Toshkent, Qo’qon, Balx, Buxoro bilan bog’lovchi O’ratepaga qarab harakat boshladi
6. Rossiya qo’shinlari qachon Xo’jandni qamal qilishga kirishdilar?
 1866-yil 17-may
7. Rossiya Xo’jandni nechta to’pdan o’qqa tutdi?
 20 ta
8. Rossiya tomonidan Xo’jandni qamal qilish va o’qqa tutish necha kun davom etdi?
 2 kun
9. Rossiya askarlari tomonidan Xo’jand mudofaasi qachon yorib o’tildi?
 1866-yil 24-may
10. Toshkent, Qo’qon, Balx, Buxoro shaharlarini bir-biri bilan bog’lovchi qal’ani ko’rsating?
 Xo’jand
11. Krijanovskiy kim?
 Orenburg general-gubernatori
12. Romanovskiy kim?
 Turkiston viloyati gubernatori
13. Turkiston viloyati gubernatori Romanovskiyga kim tomonidan harbiy harakatlarni Qo’qon xonligiga qarshi qaratish to’g’risida ko’rsatma berdi?
 Krijanovskiy
14. Qo’qon xonligining taqdiri qaysi yili Rossiya tomonidan hal qilingan edi?
 1866-yil
15. Rossiya tomonidan….da Qo’qonga qarshi hamma narsa tayyor holatga keltirilgan edi?
 Xo’jand
16. Qo’qonga qarshi harbiy harakatga bosh bo’lish uchun Orenburgdan kim keldi?
 Krijanovskiy
17. Krijanovskiy Buxoro amirligi vakiliga qanday shart qo’ygan?
 10 kun ichida 100 ming rubl tovon to’lashni
18. Rossiya qo’shinlari qachon O’ratepaga qarab harakat boshladi?
 1866-yilning kuzi
19. Rossiyaning O’ratepaga qarshi yurish qilgan qo’shini tarkibi xato berilgan javobni toping?
 29 to’p
20. Ruslar O’ratepani necha kun to’pdan o’qqa tutdilar?
 3 kun
21. Rossiya qayerni qamal qilganida 2 ming nafardan ziyod qal’a aholisi halok bo’ldi?
 O’ratepa
22. Rossiya imperiyasi harbiy qo’shinlari O’ratepani egallagandan so’ng qayerga yurish boshladi?
 Jizzax
23. Jizzax qachon rus podsho hukumati qo’liga o’tdi?
 1866-yil 18-oktyabr
24. Rossiya imperiyasining qayer uchun bo’lgan jangida har tomondan 6 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi?
 Jizzax
25. Rus podsho hukumati Jizzaxni bosib olib, u yerda qoldirgan harbiy kuchlari xato berilgan javobni toping.
 600 arava
26. Rossiya tomonidan 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarda qanday viloyat tashkil qilindi?
 Sirdaryo
27. Rossiya tomonidan qaysi yillari bosib olingan hududlarda Sirdaryo viloyati tashkil qilindi?
 1864-1866
28. Rus davlatida o’rta asrlarda krepastnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib, erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo’shin qanday nom bilan ataladi?
 kazak
9-Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o'rnatilishi (54)

Savollar va javobi


1. Rus bosqini arafasida Buxoro amirligining harbiy kuchini zaiflashtirgan omillar xato berilgan javobni aniqlang?
 aholining askarlikka borishdan bosh tortishi
2. Qaysi rus generali Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o’zgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etdi?
 Kaufman
3. Quyidagi xato javobni toping.
 Kaufmanning Amir Muzaffar qo’shinini Samarqandga to’plagan degan taxmini o’z tasdig’ini topdi
4. Kaufman Cho’ponota tepaligiga qachon hujum boshladi?
 1868-yil 1-may
5. Kaufman qachon Samarqandni bosib olishga kirishdi?
 1868-yil aprel
6. Qaysi jangda ruslar tomonidan amir qo’shining ilg’or jangovar qismi tor-mor keltirildi?
 Cho’ponota
7. Kaufman qancha qo’shin to’plab Samarqandni bosib olishga kirishdi?
 4 mingdan ziyod
8. Amir qo’shini va Kaufman o’rtasidagi II-jang qayerda bo’lib o’tgan?
 Zirabuloq
9. Qaysi jangdan keyin Rossiya qo’shinlari Samarqandga jangsiz kirib borishdi?
 Zirabuloq
10. Kaufman Samarqandga jangsiz kirib borib, Amir Muzaffarga yo’llagan maktubi mazmuni xato berilgan javobni toping.
 Shaxrisabz bekligini vaqtincha Rossiyaga ijaraga berish
11. Buxoro amirligining qaysi hududi mahalliy aholisi podsho hukumati qo’shinlariga qarshi kurash olib bordi?
 Urgut
12. Kaufman qaysi generalni Urgutga yubordi?
 Abramov
13. Rossiya qo’shinlari Urgutdan keyin qayerni bosib olishga kirishdi?
 Kattaqo’rg’on
14. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan Bobobek qayerning hokimi edi?
 Kitob
15. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan Jo’rabek qayerning hokimi edi?
 Shaxrisabz
16. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan Shaxrisabz hokimi kim edi?
 Jo’rabek
17. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan Kitob hokimi kim edi?
 Bobobek
18. Jo’rabek va Bobobek qachon samarqandlik qo’zg’alonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi qo’shinlari garnizoni joylashgan qal’asiga hujum qildi?
 1868-yil 2-iyun
19. Quyidagi xato javobni toping.
 Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoni 1868-yil 2-iyunda yordam so’rab Abramovga murojaat qilishdi
20. Podsho hukumati tomonidan bosib olingan hududlarda …..dan iborat Zarafshon okrugi tuzildi.
 Samarqand va Kattaqo’rg’on bo’limi
21. Zarafshon okrugiga boshliq qilib kim tayinlandi.
 Abramov
22. Qaysi jangdan keyin Amir Muzaffar o’z mag’lubiyatini tan olib, Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi taklifini qabul qildi?
 Zirabuloq
23. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining II-bosqichi yakunlandi?
 Amir Muzaffar , Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi taklifini qabul qilishi bilan
24. Kaufman qachon va qayerda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi?
 1868-yil 28-iyun-Samarqand
25. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan javobi aniqlang.
 Buxoro amiri abadiy do’stlik belgisi sifatida Rossiya qo’shinlarining harbiy harajatlari uchun 600 ming rubl to’lanishi e’tirof etildi
26. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan javobi aniqlang.
 Rossiya savdogarlari tovarlaridan olinadigan boj miqdori 3 % dan oshmasligi belgilandi
27. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnomaga Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan hududlarning barchasi Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi.Bu hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
 O’sh, Rishton
28. Amir Muzaffar Rossiyaga taslim bo’lgach, Samarqandni ozod qilish uchun kurash boshlagan vatanparvarlar nomi xato berilgan javobni toping.
 Abdulahad
29. Jo’rabek va Bobobek Amir Muzaffarni taxtdan tushirilgan deb e’lon qilib, kimni amir deb e’lon qilishdi?
 Abdumalik
30. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek o’z qo’llariga olgan shaharlarni tartib bilan joylashtiring.
 Shaxrisabz, Qarshi, Karmana
31. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek qo’zg’alonini bostirish uchun Kaufman kimni yuboradi?
 Abramov
32. Nima sababdan Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek egallagan hududlaridan surib chiqarila boshlandi?
 qo’zg’alonchilar zamonaviy qurollar bilan qurollanmaganligi
33. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra dastlab qaysi hududga ketadi?
Xiva xonligi
34. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra Xiva xonligidan qayerga o’tib ketadi?
 Afg’oniston
35. Abdumalik to’ra qaysi afg’on amiridan yordam so’radi?
 Sheralixon
36. Abdumalik to’ra qachon va qayerda vafot etdi?
 1909-Peshovar
37. Nima sababdan afg’on amiri Sheralixon Abdumalik to’raga yordam bermadi?
 Afg’on amiri Sheralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni rejalashtirgani uchun
38. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining II-bosqichi qaysi voqeadan keyin yakunlandi?
 A va B
39. Buxoro bilan Rossiya imperiyasi qachom amirlikka o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomani imzoladi?
 1873-yil
40. Rossiya 1873-yilda amirlikka o’z vakilini tayinladi.Bu vakilning roziligisiz amirlik...
 biron bir ichki va tashqi siyosiy masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi
41. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaning 14-moddasida …..deyilgan.
 “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan kim bo’lishidan qat’iy nazar har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi”
42. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaga ko’ra har kun ertalab vakildan ko’rsatmalarni olib amirga topshirgan mansab egasi?
 qo’shbegi
43. Kim Rossiya imperiyasining Buxorodagi I-vakili etib tayinlandi?
 Lessar
44. Rus bosqinidan keyin Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori kim bo’lgan?
 Lessar
45. Buxorodagi ruslar tomonidan tayinlangan maxsus vakil qayerni o’ziga qarorgoh qilib olgan?
 Buxorodan 15 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini
46. Qaysi yillari Rossiya imperiyasi tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan muzokaralar olib brogan?
 1869-1870
47. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan qaysi chegaralarni belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi?
 Afg’oniston va O’rta Osiyo
48. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegaralarni belgilash to’g’risidagi shartnomaga muvofiq chegara qaysi tumandan o’tkazildi?
 Panj
49. 1881-yil 10 dekabrida Eron shohi bilan Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada qaysi chegaralar belgilandi?
 Buxoro amirligi va Eron
50. 1885-1887-yillardagi ingliz-rus komissiyasi qaysi hududlar chegara chizig’ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi?
 Buxoro amirligi va Afg’oniston
51. Quyidagi xato javobni belgilang.
 Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegara Amudaryo bo’ylab Vaxsh tumanidan o’tkazildi
52. Qaysi yili Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylandi?
 1868-yil
53. Protektorat so’zining ma’nosi nima?
 lotincha-homiy
54. Yuqori tabaqaga mansub kishi.Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan unvon?
 to’ra
10-Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektorati o'rnatilishi (26)

Savollar va javobi


1. Rossiya Xiva xonligiga qarshi harbiy yurishga necha yil tayyorgarlik ko’rdi?
 5 yil
2. Xivada A.Bekovich Cherkasskiy qo’shini qachon mag’lubiyatga uchradi?
 1717-yil
3. 1839-yilda kimning qo’shini Xivaga yetib borolmay orqaga qaytib ketdi?
 Perovskiy
4. Qaysi xonlikni bosib olish Rossiya imperiyasi uchun Amudaryoni qo’lga kiritish huquqini berar edi?
 Xiva
5. Rossiya Xivani bosib olib, Amudaryoni egallagach suvdan foydalanish imkoniyatlari xato berilgan javobni toping.
 kuchli daryo floti tuzish
6. Rossiya qaysi xonlikni bosib olish uchun 5 yil tayyorgarlik ko’rdi?
 Xiva
7. Rossiyaning Xiva xonligiga hujum okruglari xato berilgan javobni toping.
 janubda-Krasnodar
8. Rossiyaning Xiva yurishida ishtirok etgan qo’shin tarkibi xato berilgan javobni toping.
 12 mingga yaqin askar
9. Rossiyaning Xiva yurishiga kim boshchilik qildi?
 Kaufman
10. Xiva xonligini bosib olish uchun rus qo’shini-Toshkent, Orenburg, Mang’ishloq, Krasnovodskdan qachon deyarli bir vaqtda yo’lga chiqdi?
 1873-yil fevral
11. Xivani bosib olish uchun yo’lga chiqqan harbiy qo’shin bir qismining orqaga qaytib ketishi sabablari xato berilgan javobni toping.
 Rossiya imperatorining chekinish haqidagi buyrug’i
12. Quyidagi xato ma’lumotni toping.
 Xivaga rus qo’shinlarining 8 mingi yetib borgan
13. Rus qo’shinlari 1873-yil may oyida Xiva xonligining qaysi shaharlarida janglar olib borishdi? 1.Hazorasp 2.Qo’ng’irot 3.Xo’jayli 4.Mang’it 5.Xiva shahri yaqini 6.Xonqa 7.Qiyot 8.Kegayli
 1,2,3,4,5
14. Rus hukumatining asosiy qo’shinlari qachon Xivaga yetib keldi?
 1873-yil may oyi o’rtalari
15. Rus qo’shinlarining Xivaga qarshi I-hujumiga kim boshchilik qildi?
 Veryovkin
16. Rus qo’shinlarining Xivaga qarshi I-hujumi tafsilotlari xato berilgan javobni toping.
 hujumga boshchilik qilgan Chernyayev yarador bo’ldi
17. Rus qo’shinlariga qachon Xivaning Hazorasp darvozasi ochib berildi?
 1873-yil 29-may
18. Xiva xonligi poytaxtining egallanish sababini ko’rsating.
 Hazorasp darvozasining dushmanlarga ochib berilishi
19. Gandimiyon shartnomasi qachon imzolandi?
 1873-yil 12-avgust
20. Gandimiyon shartnomasini kimlar imzoladi?
 Kaufman va Muhammad Rahimxon II
21. Qaysi shartnomadan so’ng Xiva xoni mustaqil ravishda dunyo, hatto yaqin qo’shnilari bilan ham aloqa o’rnatish imkoniyatidan ham mahrum etildi?
 Gandimiyon
22. Gandimiyon shartnomasi bandlari xato berilgan javobni aniqlang.
 rus savdogarlarining xonlikda erkin yurishi, boj to’lovlarsiz savdo-sotiq qilishi ta’qiqlandi
23. Daryolar sohilida qayiqlar, kemalar to’xtaydigan, maxsus jihozlangan joy-bandargoh-ruscha-kelib to’xtamoq degan ma’noni anglatuvchi atama?
 pristan
24. Gandimiyon shartnomasi bandlari xato berilgan javobni aniqlang.
 shartnomadan keyin Xiva xonligi hududi 4 baravar qisqardi
25. Mag’lub davlatning g’olib davlat foydasiga to’lagan pul tovoni bu……
 kontributsiya
26. Rossiya qo’shinlarining Xivaga hujumdan o’tgan okruglar mos keladigan javobni toping. 1.g’arb 2.shimol 3.sharq 4.janub a.Mang’ishloq b.Orenburg c.Turkiston d.Krasnovodsk
 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
11-Qo'qon xonligining bosib olinishi (57)

Savollar va javobi


1. Rossiya imperiyasi…..yillarida harbiy istilochilik yo’li bilan Qo’qon xonligining bir qismini bosib oldi.
 XIX asrning 50-60-yillari
2. Kaufman qachon Qo’qon xoni bilan shartnoma tuzdi?
 1868-yil
3. Qachon Qo’qon xonligida ko’plab qo’zg’alonlar bo’lib o’tdi?
 XIX asrning 70-yillari
4. Po’latxon qo’zg’aloni qachon avj oldi?
 1875-yilning bahorida
5. Po’latxonning haqiqiy ismi kim?
 Mullo Is’hoq Mullo Hasan o’g’li
6. Qo’qon xoni Xudoyorxon Po’latxon qo’zg’alonini bostirish uchun kim boshchiligida qo’shin yubordi?
 A va B
7. Xudoyorxonning qo’zg’alonchilar tomoniga o’tgan o’g’li kim edi?
 Nasriddinbek
8. Abdurahmon Oftobachi va Iso avliyolar qachon qo’zg’alonchilar tarafiga o’tib ketdi?
 1875-yil 17 iyul
9. Xudoyorxon qachon Kaufmandan yordam so’rab murojat qildi?
 1875-yil 20 iyul
10. Qo’qonda Nasriddinbekni siqib chiqarib, hokimiyatni qo’liga olgan shaxsni aniqlang.
 Po’latxon
11. Xudoyorxonning ukasi va II-o’g’li ham qo’zg’alonchilar tomoniga o’tib ketgach, xon panoh istab qayerga boradi?
 Toshkent
12. Xudoyorxonning ukasi va II-o’g’li ham qo’zg’alonchilar tomoniga o’tib ketgach, xon panoh istab Kaufmanning huzuruga borgach Kaufman uni qayerga jo’natadi?
 Orenburg
13. Xudoyorxon Orenburgdan…..orqali Makkga boradi?
 Hindiston
14. Xudoyorxon Makkadan qaytib kelayotganida kasalga chalinib 1882-yilda ….da vafot etdi?
 Afg’oniston
15. Xudoyorxon taxtni tark etganidan so’ng uning o’rniga kim xon bo’ldi?
 Nasriddinbek
16. Nasriddinbek qachon taslim bo’lib Kaufman bilan shartnoma imzoladi?
 1875-yil 22-sentyabr
17. Nasriddinbek taslim bo’lgach, tuzilgan Namangan bo’limiga kim boshliq etib tayinlandi?
 Skobelev
18. Nasriddinbek va Kaufman o’rtasidagi 1875-yil 22-sentyabrda tuzilgan shartnoma bandlari xato berilgan javobni toping.
 Qo’qon Rossiyaga 3 mln rubl tovon to’ladi
19. Po’latxon boshliq qo’zg’alonchilarning asosiy kuchi qaysi shaharda joylashgan edi?
 Andijon
20. Po’latxon qo’zg’alonini bostirish uchun kim boshchiligidagi qo’shin Andijonga hujum boshladi?
 Skobelev
21. Andijon shahri qachon ruslar tomonidan qiyinchilik bilan egallandi?
 1876-yil yanvar
22. General Skobelev qachon Andijonga yurish boshladi?
 1875-yilning oktyabr oyi boshlari
23. Quyidagi javobning tog’risini belgilang.
 1876-yil yanvarda uyishtirilgan II-hujum natijasida Andijon qiyinchilik bilan egallandi
24. Rossiya imperiyasi Skobelev boshchiligidagi qo’shini 1875-yil 18-oktyabrida qayerga joylashdi?
Namangan
25. Mustamlakachi rus qo’shinlariga qarshilik harakatlari Namanganda qancha vaqt davom etdi?
 1 oy
26. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang.
 rus podsho hukumati harbiy qo’shini 2 kun davomida Namangan shahri qal’asida turdi
27. Qachon podsho hukumatining Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’tisida farmoni e’lon qilindi?
 1876-yil 19 –fevral
28. Qo’qon xonligining hududida Turkiston general-gubernatorligiga qarashli qanday viloyat tashkil qilindi?
 Farg’ona
29. Farg’ona viloyati gubernatori qilib kim tayinlandi?
 Skobelev
30. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoga istilochilik yurishining III-bosqichi yakunlandi?
 Farg’ona vodiysining bo’ysundirilishi
31. Ruslarning O’rta Osiyoni bosib olishining IV-bosqichi kimlarga qarshi qaratildi?
 Amudaryo va Kopettog’ oralig’idagi Qoraqum sarhadlaridagi turkmanlarga qarshi qaratildi
32. Angliya qachon Afg’oniston hududining bir qismini bosib olib, O’rta Osiyoga yo’l ochdi?
 1879-yil iyul
33. Qachon Lazerev boshchiligidagi qo’shin turkmanlar ustiga jo’natildi?
 1879-yil iyul
34. Ruslarning turkmanlar ustiga qarshi II-yurishi qachon va kim tomonidan boshlandi?
 1880-yil may-Skobelev
35. 3 oy davom etgan janglar davomida ruslar tomonidan turkmanlarning qaysi qal’asi bosib olindi?
 Go’ktepa
36. Ruslar tomonidan turkmanlarning batamom bo’ysundirilishi qachongacha davom etdi?
 1885-yil
37. Ruslar turkmanlar qal’asi Go’ktepani necha oy qamal qilib qo’lga kiritdilar?
 3 oy
38. 1879-yil iyulda Lazerev boshchiligidagi harbiy qo’shin qayerdan turkmanlar ustiga jo’natildi?
 Krasnovodsk
39. Rossiya va Eron o’rtasidagi chegaralar qachon belgilandi?
 1881-yil
40. Qaysi voqeadan so’ng Rossiya va Eron o’rtasidagi chegaralar belgilandi?
 turkmanlarning asosiy qal’asi bo’ysundirilganidan so’ng
41. O’rta Osiyoda ruslar tomonidan istilo qilingan hududlarda qaysi viloyatlar tashkil qilinib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi?
 Sirdaryo, Yettisuv, Farg’ona, Samarqand, Kaspiyorti
42. Qayerdagi qo’zg’alon podsho hukumati qo’shinlari tomonidan bostirilganidan so’ng, Rossiya va Xitoy chegaralari ham belgilandi?
 Sharqiy Turkistonning Ili o’lkasidagi
43. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos solingan sanalari xato berilgan javobni toping.
 Oqmola-1831
44. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos solingan sanalari xato berilgan javobni toping.
 Karkaralinsk-1828
45. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos solingan sanalari xato berilgan javobni toping.
 Ulitov-1847
46. Novo-Aleksandrovsk istehkomi qachon tashkil qilingan?
 1834-1846-yillarda
47. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping.
 Embinsk-Elba
48. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping.
 Oqmachit-Oqo’rda
49. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping.
Panda-Paxtabozor
50. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping.
 Chimkent-Ayagoz
51. Rus qo’shinlari 1860-1866, 1875-1876-yillarda qaysi xonlikka yurish qildi?
 Qo’qon
52. Rus qo’shinlari 1866-1868-yillarda qaysi xonlikka yurish qildi?
 Buxoro
53. Rus qo’shinlari 1873-yilda qaysi xonlikka yurish qildi?
 Xiva
54. Rus qo’shinlari 1877-1881-yillarda qaysi hududga yurish qildi?
 turkmanlar
55. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-yilgacha bosib olingan hududlar xato berilgan javobni toping.
 Suzak
56. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-1870-yillarda bosib olingan hududlar xato berilgan javobni toping.
 Serdar
57. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-1870-yillarda bosib olingan hududlar xato berilgan javobni toping.
 Kushka
12-Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma'muriy boshqaruvi (43)

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish