20. Goh yomg‘ir yog‘adi, goh quyosh charaqlab ketadi. Qo‘shma gap qismlarini qanday vosita bog‘layapti?
21. To‘g‘ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g‘ri so‘z ham yoqimsizdir. Qo‘shma gap qismlarini bog‘layotgan vositani aniqlang.
22. Inson go‘zalligining asosi uning chiroyli xulqidir. Gapdagi egani aniqlang.
23. Bahordagi tabiatni va go‘zallikni xush ko‘raman. Qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
24. Ilm asosida qurilmagan ulug‘likning oxiri xo‘rlikdir. Gapdagi aniqlovchini aniqlang.
25. Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak hammasi joy-joyiga tushadi. Ajratilgan so‘z haqidagi hukm?
Javoblar
19. 3 turga bo‘linadi:
1. Bog‘langan qo‘shma gap;
2. Ergashgan qo‘shma gap
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap
20. Ayiruv bog‘lovchisi
21. Zidlov bog‘lovchisi
22. Asosi
23. To‘ldiruvchi
24. Ilm asosida qurilmagan ulug‘likning
25. Kirish so‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |