9. Qaysi qatordagi qo‘shma gap qismlarini zidlov bog‘lovchisi bo‘glagan?
A. Gulchehra “piq” etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi.
B. Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di, keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi.
C. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi
D. Anor so‘zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir titrar.
10. Ayiruv bog‘lovchilari qanday qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi?
A. bog‘langan qo‘shma gap qismlarini B. ergashgan qo‘shma gap qismlarini
C. bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarini D. murakkab qo‘shma gap qismlarini
11. Qaysi jabobda “va” biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gap qismlarini bog‘layapti?
A. Alisher Navoiy buyuk mutafakkir, davlat arbobi va muruvvatli ilm homiysi ham edi.
B. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi.
C. Zarafshon vodiysidan keltirilgan ho‘l va quruq noz-ne’matlarning bari shu yerda.
D. Quyosh nuri va yerning sharbatini shimib pishgan zilday bosvoldini qo‘lingizga olib bir hidlasangiz …….
Do'stlaringiz bilan baham: |