9-sinf kimyo fani biletlariga javoblar 1-bilet



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/49
Sana09.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#648505
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
kimyo 9-sinf bilet javoblari

 
9-BILET 
1. Qaytar va qaytmas jarayonlar 
2. Tarkibida 24,08·10
23
ta alyuminiy atomi bo‘lgan AlCl
3
massasini toping. 
3. Xlorid kislotaning olinish usullari va fizik, kimyoviy xossalari, ishlatilishi. 
Idishga azot va vodorodni solamiz va idish qopqog‘ini berkitamiz. Ma’lum sharoit hosil qilinganda azot va vodorod 
molekulalari o‘zaro ta’sirlashib, ammiak molekulasini hosil qila boshlaydi.N
2
+ 3H
2
=2NH

Natijada idishda azot
va vodorodning miqdori kamayib, ammiakning miqdori ortib boradi. Shu bilan birgalikda azot va vodorod 
molekulalarini bir-biri bilan ta’sirlashish ehtimolligi kamayadi. Endi azot va vodoroddan ammiak hosil bo‘lishi 
o‘rniga, ammiak molekulasi parchalanib, azot va vodorod molekulalari hosil bo‘la boshlaydi. Ya’ni reaksiya 
teskari yo‘nalishda boradi.
2NH
3
= N
2
+ 3H
2
Kimyoviy reaksiyalarni 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin: 
1. Qaytar reaksiyalar; 
2. Qaytmas reaksiyalar.
Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq 
aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalardeyiladi. Qaytmas reaksiyalar shunday reaksiyalarki, reaksiya 
natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar parchalanib yoki o‘zaro reaksiyaga kirishib dastlabki moddalarni hosil 
qilmaydi. Mis metallining konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyasida olingan mahsulotlardan, ya’ni azot (IV) 
oksid, mis (II) nitrat va suvni o‘zaro reaksiyaga kirishtirib metall holidagi misni olib bo‘lmaydi. 
Cu + 4HNO
3
= Cu(NO
3
)
2
+ 2NO
2
+ 2H
2

Shuningdek temir va oltingugurtni reaksiyaga kirishtirib olingan temir (II) sulfid shu haroratda yana temir metali 
va oltingugurtga parchalanmaydi.Fe + S = FeS 
Quyidagi hollarda kimyoviy reaksiyalar qaytmas bo‘ladi: 
1. Reaksiya mahsulotlari reaksiya doirasidan cho‘kma yoki gaz holda chiqib ketsa, masalan: 
CaCl
2
+ H
2
SO
4
=CaSO
4
+ 2HCl 
K
2
CO
3
+ 2HCl = 2KCl + CO
2
+ H
2

2. Kam ionlanadigan birikma, masalan, suv hosil bo‘lsa,
NaOH + HCl NaCl + H
2

3. Reaksiya davomida katta miqdorda energiya ajralsa, masalan, magniyning yonishi: 
2Mg + O
2
= 2MgO ΔH = - 602,5 kj/mol 
Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. 
Qaytar reaksiyalarda kimyoviy jarayon qarama-qarshi tomonda sodir bo‘ladi. Ya’ni, avval reaksiya mahsulotlari 
va ayni daqiqada reaksiya mahsulotlaridan dastlabki moddalar ham hosil bo‘ladi. Qaytar reaksiyalarning 
tenglamalarida chap va o‘ng qismlari orasida qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan ikkita strelka qo‘yiladi. 
Oltingugurt (IV) oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib, sulfid kislota hosil qiladi:
SO
2
+ H
2
O = H
2
SO
3
Bu reaksiyada hosil bo‘layotgan sulfit kislotaning eritmadagi miqdori ortib borishi bilan teskari reaksiya ham 
sodir bo‘la boshlaydi.
H
2
SO
3
= SO
2
+ H
2



Chapdan o‘ngga boradigan reaksiya to‘g‘ri reaksiya, o‘ngdan chapga boradigan reaksiya teskari reaksiya deb 
ataladi. 
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, harorat, gazsimon 
moddalar uchun esa bosim ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu parametrlardan bittasi o‘zgarganda muvozanat buziladi va 
reaksiyaga kirishayotgan barcha moddalarning konsentratsiyalari yangi muvozanat qaror topguniga qadar 
o‘zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalarning boshqa qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir 
muvozanat holatidan boshqasiga o‘tishi kimyoviy muvozanatning siljishi (yoki surilishi) deyiladi. 
Muvozanatning siljishi 1884-yilda kashf etilgan Le-Shatelye prinsipiga bo‘y sunadi. Le-Shatelye prinsipi 
quyidagicha ta’riflanadi: Kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (harorat,
bosim yoki konsentratsiya) o‘zgartirilsa, muvozanat tashqi ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomoniga siljiydi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish