Darsning blok sxemasi:
I.Tashkiliyqism: Salomlashish,davomatnianiqlash,sinftozaliginikuzatish,diyorimizdavadunyodabo`layotganvoqealarbilano`quvchilarnitanishtirish.
II.O`tilganmavzunitakrorlash: O`tilganmavzunitakrorlashuchuno`quvchilarguruhlargaajratiladivasavollarberiladi.
1-g: Germaniya imperyasi haqida ma`lumot bering.
2-g: Germanya iqtisodiy rivojlanishining sababi nimada?
3-g: Germanyani birlashtirish haqida ma`lumot bering.
Faol o`quvchilar baholanib boradi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Ichki siyosati. 2.Qishloq xo`jaligidagi ahvol 3.Mehnatkashlar manfaati uchun kurash.
Ichki siyosatda Germaniyani prusslashtirish masalasiga aloliida e'tibor berildi. Imperiya konstitutsiyasida Prussiya qirollarigina Germaniya imperatori bo'la olishining qayd etilganligi buning yorqin dalili edi.Polsha va Fransiyaning Germaniyaga o'tgan hududlarida ham prusslashtirish siyosati yuritildi. Polyak tilida o'qitiladigan maktablar yopib qo'yildi.Bunga javoban 1906-yilda 100 mingdan ortiq polyak bolalari maktabga borishdan bosh tortdi.Bismark hukumati katolik cherkovining ta'sirini kamaytirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi.1888yilda Vilgelm I vafot etdi.Taxtni 28 yoshli Vilgelm II (1888- 1918) egalladi.Undan har qanday xatti-harakatni kutish mumkin edi. U hokimiyatni hech kim bilan, hatto Bismark bilan ham bo'lishishni istamadi va yakka hukmronlikka intildi.1888 yilda Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonunga doimiy tus berish masalasini qo'ydi. Biroq, Reyxstag buni rad etdi.Imperator ham Bismarkni qo'llab-quvvatlamadi. Bismark buni o'z sha'niga o'ta haqorat deb qabul qildi va 1890-yilda iste'fo berdi. Yangi hukumat favqulodda qonunni bekor qildi.GSDP ochiq holatda ishlash sharoitiga o'tdi.Partiya mehnat- kashlar manfaatini himoya qilish siyosatini davom ettirdi. U eng kuchli va ommaviy partiyalardan biriga aylandi. Natijada, 1891-yildan boshlab yakshanba dam olish kuni deb belgilandi.13 yoshdan kichik bo'lgan bolalar mehnati taqiqlandi.Xotin-qizlar uchun 11 soatlik ish kuni joriy qilindi.Qishloq xo'jaligida barcha haydaladigan yerlarning 25% ga yaqini yunkerlar (katta yer egalari) qo'lida to'plangan edi.Yunker¬lar xo'jalik yuritishda yo’llanma mehnatdan foydalanishga o'tdilar.Ayni paytda, qishloq xo'jaligida qo'llash uchun yaratilgan texnikalardan unumli foydalanishga alohida e'tibor berildi. Keng miqyosda mineral o'g'itlardan foydalanishiga o'tildi.Bular o'z navbatida, mehnat unumdorligining oshishini, hosildorlikning ortishini ta'minladi.Qishloq xo'jaligida texnikaning keng qo'llanilishi ortiqcha ish¬chi kuchlarining ish izlab shaharga ko'chishiga olib keldi. Bu esa gurkirab rivojlanayotgan sanoatni ishchi kuchi bilan ta'minlashga keng yo'l ochdi.
GSDP ishchilarning manfaati uchun kurashning tinch, parla¬ment yo'lini tanlagan edi. Bu Parij Kommunasi saboqlaridan chiqarilgan birdan-bir to'g'ri yo'l edi. GSDPning parlament yo'li bi¬lan kurash taktikasining asosida jamiyatdagi dolzarb, asosiy muammolarni islohot yo'li bilan hal etish maqsadi yotar edi. Ayni paytda, bu yo'l fuqarolar totuvligini ham nazarda tutardi.To'g'ri, GSDPning rahbarlari ichida mavjud tuzumni qurolli qo'zg'olon yo'li bilan o'zgartirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo'q emas edi.Butun o'tgan davr bu yo'lning noto'g'riligini tasdiqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |