Birinchi jahon urushining yakunlari va oqibatlari
Urush uning ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar ichki hayotiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Urush, ayni paytda, qishloq xo‘jaligini ham og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish keskin kamaydi.
Urush Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy
ahvolini haddan tashqari keskinlashtirib yubordi. Buning oqibatida,
1917-yilning fevral oyida Rossiyada
inqilob yuz berdi.
Rossiyada 1917-yilning 7-noyabrida davlat to‘ntarishi yuz berdi.
Muvaqqat hukumat ag‘darildi. Hokimiyatni V.I. Lenin boshchiligidagi
bolsheviklar (kommunistlar) partiyasi bosib oldi va u Sovet hukumati deb atalgan hukumat tuzdi.
V.I. Lenin
1917-yilning 8-noyabr kuni Sovet davlati „Sulh to‘g‘risida“gi dekretni qabul qildi.
Sulh to‘g‘risidagi dekretda bosqinchilik urushi keskin qoralangan va u insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’lon qilingan edi.
1917-yilning 15- dekabrida Sovet Rossiyasi va Avstriya-Germaniya qo‘mondonligi o‘rtasida yarashish bitimi imzolandi.
1917-yilning aprel oyida Antantaning G‘arbiy frontdagi qurolli kuchlari hujumga o‘tdi. Germaniya mudofaa chizig‘ini yorib
o‘tishga muvaffaq bo‘linmadi.
1917-yilda Italiya qo‘shini muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buyuk Britaniya va Fransiyaning shoshilinch ravishda yordam kuchlarini
Italiya frontiga tashlashigina Italiyani saqlab qoldi.
Sovet Rossiyasi 1918-yilning 3-mart kuni
„To‘rtlar ittifoqi“ bilan ularning shartlari
asosida Brest tinchlik shartnomasini imzoladi.
AQSH prezidenti V. Vilson
1918-yilning 8-yanvarida I jahon urushidan so‘ng imzolanadigan
tinchlik shartnomasi va qayta tuzilajak dunyo siyosiy xaritasi bo‘yicha AQSH hukumatining nuqtayi nazarini dunyoga ma’lum qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |