V. Vilson
G‘arbiy frontda butun diviziyalarning 80 foizini, artilleriyaning 90 foizini to‘plagan Germaniya 1918-yilning mart oyida hujumga o‘tdi.
Urush Germaniyada inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi.
9-noyabrda Germaniya imperiyasi quladi. Imperator Vilgelm II taxtdan voz kechdi va mamlakatdan qochib ketdi.
Vilgelm II
1919-yil 28-iyunda Versalda sulh shartnomasi imzolandi.
German bloki davlatlari talandi, ko‘pgina hududlaridan ajraldi, 132 mlrd.
marka reparatsiya to‘laydigan bo‘ldi.
Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi.
Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar
edi. Urushga 74 mln. ga yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. ga
yaqin kishi halok bo‘ldi, 20 mln. dan ortiq kishi esa mayib-maj-
ruh, yarador bo‘ldi. Bundan tashqari, juda ko‘p kishilar kasallik va
ochlikdan o‘lib ketdi. Insoniyat birinchi jahon urushigacha bo‘lgan
1000 yil davomida yuz bergan barcha urushlarda ham bunchalik qur-
bon bermagan edi. Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirok-
chilari bo‘lgan davlatlar o‘z milliy boyliklarining uchdan bir qismini
yo‘qotdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |