Yangi mavzuni mustahkamlash
Afrika qit’asi va materigining maydoni qancha? Qit’a tarkibiga kiruvchi orollar ro‘yxatini tuzing.
Afrika siyosiy xaritasining o‘zgarishi qaysi davrlarda chuqur va miqyosli bo‘ldi? Buning sababini aniqlang.
Materik relyefi va iqlimini xo'jalik taraqqiyoti nuqtayi nazaridan baholang.
Afrika qanday tabiiy resurslarga boy va nima uchun?
Afrika yer-suv resurslari bilan qanday ta’minlangan?
Afrika aholisining soni, ko‘payish sur’atlari, manbalari va joylashishiga xos xususiyatlami aniqlang.
Afrika aholisining irqiy, milliy-etnik va diniy tarkibi to‘g‘risida nimalami bilasiz?
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Afrika mamlakatlarining xo’jaligi va iqtisodiy rayonlari
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R
|
Darsning bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
daqiqa
|
Salomlashish
Davomatni tekshirish
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish
|
2
|
Kirish
|
daqiqa
|
O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Afrika mamlakatlarining xo’jaligi va iqtisodiy rayonlari
Xo’jaligi
Iqtisodiy rayonlari
|
4
|
Mustahkamlash
|
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baxolash
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Afrika qanday tabiiy resurslarga boy va nima uchun?
Afrika yer-suv resurslari bilan qanday ta’minlangan?
Afrika aholisining soni, ko‘payish sur’atlari, manbalari va joylashishiga xos xususiyatlami aniqlang.
Afrika aholisining irqiy, milliy-etnik va diniy tarkibi to‘g‘risida nimalami bilasiz?
Yangi mavzu bayoni
Afrika mamlakatlarining ko‘pchiligida haligacha xo‘jalik tannoqlari tarkibining mustamlaka tipi o‘z mavqeyini saqlab qolgan. U quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1) tovar ahamiyati va mahsuldorligi past bo‘lgan qishloq xo‘jaligining ustunligi; 2) qayta ishlovchi sanoatning bo‘sh rivojlanganligi; 3) transport tizimining qoloq holatda ekanligi; 4) noishlab chiqarish sohasining, asosan, savdo va xizmat ko‘rsatish bilan chegaralanganligi.
Xo‘jalikning hududiy tarkibiga ham o'tmishdan qolgan muammolar, chunonchi, katta nomutanosibliklar xosdir. Afrika iqtisodiy xaritasiga nazar tashlab, undan materikning faqat ayrim hududlarida orollar shaklidagi tog‘-kon sanoati hamda dehqonchilik rivojlangan bir nechta mintaqani alohida ajratib ko‘rsatish mumkinligiga amin bo‘lasiz.
Qayta ishlovchi sanoat JAR, Misr, Jazoir, Nigeriya, Marokash, Liviya hamda Zimbabve, Tunis, KDR, Keniya mamlakatlarida yaxshi rivojlangan. Aynan shu mamlakatlar elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yioha ham Afrikada yetakchi o‘rinlami egallaydi.
O'simlik yakkahokimligi — bu nafaqat tabiiy-geografik, balki tarixiy, ijtimoiy hodisadir. Shunday ixtisoslashuv mustamlaka davridan qolgan «meros»dir.
Afrikaning iqtisodiy rayonlashtirish masalasi ho^irgi vaqtgacha yakuniy yechimini topgani yo‘q. Tadqiqotchilar ichida Afrikani ikki: Shimoliy Afrika va Tropik Afrika subregionlariga bo‘Hsh keng tarqalgan. Tropik Afrika tarkibida, o‘z navbatida,’G‘axbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika iqtisodiy rayonlarini ajratish qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |