O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Jahon xo'jaligining shakllanishida eng uzoq davom etgan davr haqida so‘zlab bering.
Jahon xo'jaligi nima? Unga xos jihatlar to‘g‘risida so'zlab bering.
Jahon bozori qanday omil asosida vujudga keldi?
XX asming ikkinchi yarmida jahon xo‘jaligining rivojlanishi nima hisobiga amalga oshdi?
Yangi mavzu bayoni
FTI ning kengayishi va chuqurlashishi natijasida dunyodagi ko‘pchilik, asosan, Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi postindustrial turi shakllana boshladi. Bunday turda noishlab chiqarish tarmoqlari, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasi tez rivojlana boshlaydi.
Postindustrial mamlakatlar qatoriga G‘arbiy, Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari, AQSH, Kanada, AvstraUya, Yaponiya, Argentina, Liviya va boshqa davlatlar kiradi. Ularda noishlab chiqarish sohasiga jami band aholining 60—70% i to‘g‘ri keladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlaming ayrimiaiida noishlab chiqarish sohasi yuqori darajada rivojlangan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida katta yutuqlarga erishgan Meksika, Braziliya, Chili, Koreya Respublikasi yoki neftni eksport qilish natijasida moUyaviy ahvolini yaxshilab olgan Jazoir, Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt, Qatar yoxud vositachilik faoliyatini olib borishga va turizmga ixtisoslashgan Bagam va Kanar orollari, Monako, Andorra, San-Marino mamlakatlari shular jumlasidandir.
Fan-texnika inqilobining jahon xo‘jaligiga ta’siri quyidagilarda o‘z ifodasini topgan.
1. FTI ning jahon xo‘jaligi rivojlanishining sur’atlari va darajasiga ta’sir «uchinchi sanoat inqilobining boshlanishi».
Jahon xo‘jaligi XX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida juda yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. XXI asrning dastlabki davrida dunyo miqyosida yaratiladigan YIM hajmi 85,5 trln. AQSH dollaridan oshib ketdi.
Reindustriallashtirish jarayonida monopoliyalarning ahamiyati katta bo‘lmoqda. Shunday monopoliyalarning asosiy shakli — transmilliy korporatsiyadir (TMK).
TMK ning asosiy korxonasi 75 ming, uning xorijdagi filiallari 700 mingni tashkil etsa ham, ularning atigi 400 — 500 tasi jahon xo‘jaligida asosiy o‘rin egallaydi.
Ana shu yo‘l bilan jahon xo‘jaligining «transmilliylashtirilishi» amalga oshirilmoqda.
FTI ning jahon xo'jaligining eng muhim nisbatlariga ta’siri: industrlashgan jamiyatdan industrlashgandan keyingi jamiyatga tomon. Jahon xo‘jaligida XVIII — XIX asrlargacha agrar ishlab chiqarish hukmron edi. Qishloq xo'jaligi va unga yaqin tarmoqlar moddiy ne’matlarning asosiy manbayi bo'lib kelgan. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning ikkinchi va XX asrning birinchi yarmida sanoat yetakchiligida industrial ishlab chiqarish shakllandi.
FTI moddiy ishlab chiqarish tarkibida katta o‘zgarishlariga sabab bo‘ldi. U band aholisining soni 2,0 mlrd. kishini tashkil etuvchi eng muhim tarmoqlar — sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi nisbatning birinchisi foydasiga o‘zgarishiga olib keldi. FTI moddiy ishlab chiqarishni tashkil etuvchi yirik tarmoqlar ichida ham katta siljishlar keltirib chiqaradi.
Sanoatning tarmoq tarkibida qayta ishlovchi tarmoqlarining o‘mi va ahamiyati yana ham o‘smoqda, ularga hozir jami sanoat mahsulotining 9/10 qismi to‘g‘ri kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligida bunday o‘zgarishlar asta-sekin yuz bermoqda. Shunga qaramasdan, FTI chorvachilik tarmog‘ining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini ishlab chiqarishdagi salmog'ini keskin ko‘tarib, 3/4 qismga yetishini ta’minladi.
FTI transport tarmoqlari o‘rtasidagi mavjud nisbatni keskin o‘zgartirishga olib keldi. Temiryo‘l transportining ahamiyati birmuncha pasaydi. Avtomobil transporti shahar atrofi va ichida yo‘lovchilar tashishda muhim ahamiyat kasb etdi. Keyingi yillarda avtomobil transportining shaharlararo hamda xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishdagi ahamiyati oshib borayotganligini aytib o‘tish lozim.
Dengiz transporti xalqaro savdo yuklarining asosiy qismini tashib bermoqda, lekin uning yo‘lovchilar oUb yurishdagi ahamiyati keskin pasaydi (xalqaro turistlar bundan mustasno). Havo transportining yo‘lovchilami o‘rta va, ayniqsa, uzoq masofalarga tashishdagi roli kundan kunga oshib bormoqda.
4. FTI ning xo'jalikning hududiy tarkibiga ta’siri: eski va yangi o‘zlashtirilgan rayonlar. Eski o'zlashtirilgan rayonlar, asosan, XIX asrda va XX asming boshida barpo qilingan boiib, hozirda ulaming katta qismi ta’mirlanishga muhtoj bo‘lib qolgan. Shu bilan bir qatorda, FTI ta’sirida yangi sanoat — shahar — transport qurilishi amalga oshirilmoqda, qishloq xo‘jaligi uchun yerlar o‘zlashtirilmoqda. Bunday holat, ayniqsa, katta tabiiy resurs salohiyatiga ega rayonlarga xosdir.
FTI davrida ishlab chiqarishning hududiy tarkibiga yangi texnika va texnologiya katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Po‘latni to‘xtovsiz eritish usulidan foydalanish— yangi turdagi sanoat korxonalarining yiliga 100—500 ming tonna po‘latga teng mini- zavodlarning barpo qilinishiga olib keldi. Shunday zavodlar hozirgi vaqtda po‘lat ko‘p miqdorda ishlatiladigan hududlarda barpo qilinmoqda. Mehnat resurslari yetishmaydigan hududlarda avtomatlashtirilgan korxonalami qurish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |