Yangi mavzuni mustahkamlash
Hozirgi zamon urbanizatsiyasiga xos birinchi jihat mazmuni nimadan iborat? Ikkinchi va uchinchi jihatlarga nimalar xos?
Jahonda mavjud shaharlar aglomeratsiyalarini «Atlas»dan aniqlab, eng yirigidan boshlab nomlarini daftaringizga yozib qo‘ying.
Jahon mamlakatlari urbanizatsiya darajasiga binoan nechta va qanday guruhlarga bo‘linadi?
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Fan-texnika inqilobi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R
|
Darsning bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish
Davomatni tekshirish
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Fan-texnika inqilobi.
|
4
|
Mustahkamlash
|
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baxolash
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish konikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Hozirgi zamon urbanizatsiyasiga xos birinchi jihat mazmuni nimadan iborat? Ikkinchi va uchinchi jihatlarga nimalar xos?
Jahonda mavjud shaharlar aglomeratsiyalarini «Atlas»dan aniqlab, eng yirigidan boshlab nomlarini daftaringizga yozib qo‘ying.
Jahon mamlakatlari urbanizatsiya darajasiga binoan nechta va qanday guruhlarga bo‘linadi?
Urbanizatsiya jarayoni va darajasi bilan atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat qanday? U rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qanday xususiyatlarga ega? Nima uchun?
Yangi mavzu bayoni
Jahonda bir necha million kishi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadi. AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy salohiyatga- ega bo‘lgan mamlakatlar hisoblanadi. Shulaming ichida AQSH juda katta ilmiy salohiyatga egaligi bilan keskin ajralib turadi. Mazkur mamlakatda 3,0 mln.ga yaqin yoki aholining har 10 mingtasiga hisoblaganda 117 kishi ilmiy tadqiqo: ishlari bilan shug'ullanmoqda. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga (ITTKI) ajratilgan xarajatlaming hajmi bo‘yicha AQSH dunyoda birinchi o‘rinn. egallaydi. AQSH va Yevropa Ittifoqining yetakchi mamlakatlarida ITTKI ga ajratilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 1,5—3,0% ni tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 0,4% dan oshmaydi. Aholi jon boshiga hisoblaganda ITTKI xarajatlari o‘rtacha rivojlangan mamlakatlarda 110 dollarga. rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 1 dollarga teng.
Hozirgi fan-texnika inqilobi to‘rt asosiy jihat bilan ifodalanadi. Shulardan birinchisi, FTI ning keng qamrovliligidir. U jami sohalar va tarmoqlarning. turmush tarzining, madaniyatning, insonlar ruhiyatining keskin o‘zgarishiga. yangilanishiga olib kelmoqda. Bugungi FTI ning belgisi bo‘lib, kosmik kema va atom elektrostansiyasi, reaktiv samolyot va boshqa juda ko‘p turdagi buyumlar xizmat qilishi mumkin. FTI jahondagi barcha mamlakatlar va yerning jami geografik qobiqlariga hamda kosmik fazoga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ikkinchidan, hozirgi FTI ilmiy-texnikaviy o‘zgarishlarining benihoya ildam- lashganligi, ilmiy kashfiyotlarni amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq vaqtning keskin qisqarishi, mahsulot va buyumlarning juda tez ma’naviy eskirishi hamda ularni doimiy tarzda yangilanishi bilan ifodalanmoqda
Uchinchidan, FTI mehnat resurslari, ishchi kuchining malakasiga bo‘lgan talabni keskin ko‘tarmoqdai Shuning oqibatida inson faoliyatining barcha sohalarida aqliy mehnat salmog‘i oshmoqda, ya’ni mehnatning intellektuallashish darajasi o‘smoqda.
FTI ning to‘rtinchi muhim jihati shundan iboratki, u Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy-texnik inqilob tarzida yuzaga keldi. Bu ayniqsa, FTI ning yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish kuchaygan «sovuq urush» davrida yana ham chuqurlashdi. Keyinchalik, 90-yillarda sotsializm tizimining parchalanib ketishi munosabati bilan FTI ko‘proq mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qila boshladi. Lekin 90-yillarning so‘nggi davrida dunyoning juda ko‘p regionlarida olib borilgan urush harakatlari yangi «sovuq urush» xavfining vujudga kelishiga, harbiy xarajatlaming o‘sishiga, FTI ning eng zamonaviv yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish jarayonining rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Yirik olim va mutaxassislar FTI ni bir-biri bilan uzviy aloqador to‘rt tarkibix qism: 1) ilm-fan, 2) texnika va texnologiya, 3) ishlab chiqarish, 4) boshqaruvdan iborat bo‘lgan yagona murakkab tizim deb tan olmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |