Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Sanoat va atrof muxit.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish;
Davomatni tekshirish;
Ob-xovoni aniqlash va uni kuzatish.
Shu kunning muxim yangiliklari bilan tanishish.
|
2
|
Kirish
|
daqiqa
5 daqiqa
|
O’tilgan mavzuning o’zlashtirilganligini tekshirish;
O’tilgan mavzuni mustahkamlash;
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Sanoat va atrof muxit.
REJA:
Sanoat haqida tushuncha.
Sanoat va atrof muxitning bir-biriga ta’siri
|
4
|
Mustahkamlash
|
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Tog‘-kon sanoati rivojlanishida asosiy o‘rin tutuvchi mamlakatlami aniqlang.
Qora va rangli metallurgiya sanoatlari qanday xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi?
Yangi mavzu bayoni
Sanoat — atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqdir. U geografik qobiqning barcha qatlamlariga faol salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sanoat — ishlab chiqarishning salbiy ta’siri, asosan, ikki yo‘nalishda amalga oshmoqda: 1) tabiiy boyliklar (mineral, yer, o‘rmon, okean resurslari kabilar)ni o'zlashtirish mobaynida; 2) ishlab chiqarish jarayonida.
Tog‘-kon sanoati mineral tabiiy boyliklami o‘zlashtiruvchi asosiy tarmoqdir. U turli yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga eng ko‘p zarar keltiradi. Masalan, 90-yillarda birgina sobiq Ittifoq hududida tog‘-kon sanoati korxonalari egallagan jami maydon hajmi 2,3 mln. gektardan ziyod edi. AQSHda bunday maydonlar undan ham katta bo‘lgan.
Tabiiy resurslarni o‘zlashtirish jarayonida gidroenergetika sanoati tufayli ham atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilmoqda. U elektroenergetika sanoatining boshqa tarmoqlariga nisbatan «toza»roq hisoblansa-da, to‘g‘on, suv omborlari qurilishi natijasida tabiiy muvozanatning buzilishiga, aholi yashab kelgan yoki o‘rmondan iborat katta maydonlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining ish jarayonida juda ham kuchli kechadi.
Jahon energetikasining asosiy tarmog'i hisoblanadigan issiqlik elektroenergetika tarmog'i yeming tu’roq, atmosfera va suv qobiqlarini oltingugurt gazi (SO,), azot oksidi (NO), is gazi (CO), benzo’irin, millionlab tonna qattiq moddalar bilan ifloslash xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko‘mir yoqilg‘isi asosida ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalarming bu boradagi «xizmat»lari juda ham katta. Masalan, ma’lumotlarga ko‘ra bunday IES lar neft mahsulotlari asosida ishlaydigan stansiyalarga nisbatan atrof-muhitni oltingugurt gazi bilan 2 barobar, tabiiy gaz asosida ishlaydigan stansiyaga nisbatan esa 100 barobar ko‘‘roq ifloslaydi. Bundan tashqari, bu gazlar havoga chiqarib yuboriladigan katta miqdordagi chang va aerozol chiqindilar qon- tomir, bronxit, ekzema, rak kabi kasalliklami keltirib chiqaradi. Juda kam kuzatilsa- da, AES larda bo‘lib turadigan falokatlar, ayniqsa, Chernobildagiga o‘xshash. falokatlar, tom ma’noda dunyoviy ekologik xavfni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, sanoatning tobora rivojlanib borishi ‘lanetar darajada atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Bu muammolar esa so‘nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda bo‘lishni taqozo etmoqda. Ulaming ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 2) sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish,, ya’ni «iflos» sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan holi hudud- larda joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Darslik matni ma’lumotlari asosida jahon ijtimoiy hayotida o‘rmon sanoatining . tutgan o‘miga baho bering. . . .
Jahon o‘rmon sanoati rivoj to’gan mintaqalar va ulardagi eng yirik mamlakatlami aniqlang. 0‘rmon sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda ulaming tutgan o‘mini aniqlang, ularni qiyoslang va tahlil qiling.
To'qimachilik sanoati xomashyolari va tayyor gazlama mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatlami aniqlang va guruhlang. Shulardan qaysilari ham xomashyo, ham tayyor gazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan? Unda 0‘zbekistonning o‘mi qanday?
Atrof-muhitning ifloslanishida sanoatning o‘mini darslikdagi matndan foydalanib o'rganing.
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |