9 sinf. Fan: Geografiya Jahon aholisi Mavzu


Tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish koeffitsiyentlari (aholining 1000 kishiga nisbatan 2012- yilgi ma’lumotlar)



Download 121,29 Kb.
bet2/22
Sana01.07.2022
Hajmi121,29 Kb.
#726795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
9-sinf konspekt1

Tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish koeffitsiyentlari (aholining 1000 kishiga nisbatan 2012- yilgi ma’lumotlar)



Qit’a, materik va mintaqalar

Tug‘i-
lish
koef.

0‘lim
koef.

Tabiiy
o'sish
koef.

Go'daklar o‘limi koef. (5 yoshgacha bo'lgan 1000 bolaga)

O'rtacha umr davri

erkaklar

ayollar

Butun dunyo

21

9

12

73

66

69

Afrika

34

13

21

114

53

55

Amerika, o'rtacha ko'rsatkich

20

8

12

24

73

77

Shimoliy Amerika

19

8

11

7

77

82

Markaziy Amerika

23

7

16

26

70

75

Janubiy Amerika

21

8

13

23

69

73

Karib havzasi

21

8

13

28

69

72

Osiyo, o‘rtacha ko‘rsatkich

23

9

14

68

65

68

Janubi-g’arbiy Osiyo

31

8

23

39

67

70

0‘rta va Janubiy Osiyo

26

9

17

86

63

64

Janubi-sharqiy Osiyo

23

8

15

51

64

67

Sharqiy Osiyo

16

6

10

29

71

75

Rossi ya

11

14

3

13

60

72

Avstraliya va Okeaniya

17

8

9

7

75

78

Yevropa

11

10

1

7

76

82

Bolalar o‘limi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan teskari aloqaga ega. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bolalar o‘limi koeffitsiyenti 3 (Shvetsiya)dan 8 promillegacha (AQSH) o‘zgaradi. Ijtimoiy- siyosiy vaziyati beqaror, iqtisodiy qoloq bo‘lgan mamlakatlarda mazkur ko‘rsatkich, odatda, 100 dan ortiq, ayrim hollarda 200 dan ham yuqori darajaga (Nigeriya — 240, Serra-Leone — 250) egaligi bilan ajralib turadi.


Yer shari aholisining o‘rtacha umr davri 2012-yilda 67 yoshga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda (Yaponiya, Shvetsiya, Shveysariya... (jami 29 davlat) 78—83 yoshni, qoloq mamlakatlarda (80 dan ortiq) 39—59 yoshni tashkil etdi. 0‘rtacha umr davrining eng yuqori ko‘rsatkichlari Yaponiyaga (82 yosh) hamda Shvetsiya, Shveysariya va Islandiyaga (81 yosh), Avstraliya, Kanada, Avstriya, Isroil, Norvegiya va Fransiyaga (79 yosh), eng past ko‘rsatkichlari esa MAR, Zambiya, Malavi, Mozambik, Serra-Leone, Zimbabve (37—43 yosh) kabi mamlakatlariga xosdir.
Yer yuzi aholisi sonining o‘sish sur’atlari (1950—2012-yillar)



Yil

Aholi soni, mln. kishi

Davr ichida o'sish, mln.kishi

O'rtacha yillik o'sish, mln.kishi

1950

2515







1960

3091

504

50

1970

3698

679

68

1980

4450

752

75

1990

5292

842

84

2001

6134

959

96

2008
2012

6678
7095

544
961

77
87












O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish davri erkaklarda 67 yoshga, ayollarda esa 73 yoshga, o'rtachasi esa 73,5 yoshga teng.


Tarixiy manbalar Qadimgi Rim va Qadimgi Yunonistonda o'rtacha umr ko'rish davri atigi 25 yoshga teng bo'lganligini asoslaydi. Orta asrlarda bu ko'rsaikich taxminan 30 yoshgacha ko‘tarildi. Mana shu o‘rtacha ko'rsatkichlar umr ko'rish davri yuqori bo‘lgan kishilar mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, Yuliy Sezar o‘ldirilganda 60 yoshdan o‘tgan edi. Aflotun 81 yoshida vafot etgan.
Umr davrini ko'rsatuvchi umumiy yo‘nalishning mavjudligiga qaramasdan ko'rsatkichlar o'rtasida sezilarli farqlar mavjud. Bu ko'rsatkich Yevropa bilan Afrika o'rtasida 1950- yilda 27 yoshni tashkil etdi. Dunyo miqyosida o’rtacha umr ko'rish davri deyarli 62 yil ichida 19 yoshga oshdi. Bu ko'rsatkich Osiyoda 27 yoshga, Afrikada qariyb 30 yoshga, Yevropada esa 15 yoshga teng bo'ldi. Shunga qaramasdan, ayrim qit’alar va regionlarda erkaklar va ayollar o'rtasidagi farq hanuzgacha kattaligicha qolmoqda.

Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Aholi jamiyatda qanday vazifalami bajaradi?

  2. Jahon aholisi soni milodgacha bo'lgan davrda qanday ko paygan?

  3. Aholi soni XX asrgacha qanday va qaysi manbalar hisobiga ko'paygan?

  4. Demografik o'tish davriga xos 4 bosqichni ta’riflab bering.

  5. Jahon regionlari va ayrim mamlakatlarida o'rtacha umr ko'rish davri qanday?



Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.

Sana: ______ ______ 20______yil


9 - sinf. Fan: Geografiya


Mavzu: Aholining yosh, jinsiy, irqiy, etnik, diniy va hududiy tarkiblari.


DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI



T/R

Darsning bosqichlari

Dars vaqti taqsimoti

Dars mazmuni

1

Tashkiliy qism






  1. daqiqa

  1. Salomlashish

  2. Davomatni tekshirish

  3. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  4. Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish

2

Kirish





  1. daqiqa

  1. O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish

  2. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash

3

Asosiy qism



15 daqiqa



Mavzu: Aholining yosh, jinsiy, irqiy, etnik, diniy va hududiy tarkiblari.

4

Mustahkamlash






  1. daqiqa

  1. Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash

  2. O’z-o’zini baxolash

  3. Xaritalar bilan ishlash

5

Yakuniy qism

  1. daqiqa

  1. O’quvchilarni baxolash

  2. Uyga vazifa



Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish

  2. tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish konikmalarini rivojlantirish



Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

  1. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.

  2. Yangi mavzu bayoni.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  4. Uyga vazifa.

O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Aholi jamiyatda qanday vazifalami bajaradi?

  2. Jahon aholisi soni milodgacha bo'lgan davrda qanday ko paygan?

  3. Aholi soni XX asrgacha qanday va qaysi manbalar hisobiga ko'paygan?

Yangi mavzu bayoni
Aholining yosh-jins tarkibi unga xos belgilar ichida eng' muhimi hisoblanadi. Chunki yoshga qarab aholining jamiyatda tutgan o‘mi va ahamiyati baholanadi. Butun dunyoda erkaklar soni ayollar soniga nisbatan qariyb 46 mln.ga ko'proqdir. Lekin ayrim qit’alar va regionlarda erkaklar bilan ayollar o'rtasidagi farq sezilarli darajada. Bolalar yoshlarida barcha materik va regionlarda o‘g‘il bolalarning ustunligi ko‘zga tashlanadi. Dunyoda 0—14 yoshda har 1000 ta qizga 1070 ta o‘g‘il bola to‘g‘ri keladi. Ushbu ko'rsatkich Yevropada (1064), Osiyoda (1058) hamda Avstraliya va Okeaniyada (1059) undan ham yuqori. Faqat Afrika (1008) va Amerikada (1039) nisbatan past daraja bilan ifodalanadi. Bolalar yoshlaridagi farqning kelib chiqishida tug‘ilgan har 1000 ta go'dakning 520 tasi o‘g‘il bolalardan iborat bo‘lishligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Yevropada erkaklar soni ayollar soniga teng. Osiyoda har 1000 ta ayolga 1049 ta erkak, Avstraliya va Okeaniyada esa 1039 ta erkak to‘g‘ri keladi. Shu vaqtning o‘zida Afrika (979 erkak) va Amerika (990 erkak)da, aksincha, ayollar ustundir.
Dunyo aholisining yosh tarkibi ham katta hududiy farqlarga ega. Bunda tug‘ilish va o‘lim dinamikasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tug‘ilish darajasining keyingi 10—15 yil ichida yuqori bo‘lishi aholi ichida yosh bolalar va o‘smirlar umrining o‘sishiga olib keldi. Agar tug‘ilish keyingi yillarda pasaya borgan bo‘lsa, bolalar va o‘smirlarning jami aholi sonidagi ulushi past bo‘ladi. Shu vaqtning o‘zida o‘rta va katta yoshdagi aholi soni va ulushi ko‘payadi hamda aholining «keksayish» jarayoni rivojlanishi mumkin.



Download 121,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish