va ko'pchilik o'simlik oqsillari globulinlarning vakillaridir. Tirik or ganizmlarning hujayralarida
yana spirtlarda, kuchsiz ishqoriy erit malarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.
Murakkab oqsillar tarkibidagi boshqa oqsil bo'lmagan birikma larning xarakteriga qarab,
nukleoproteii, xromoproteii, lipoprotein
va boshqalarga bo'linadi. Xromoproteinlar rangli oqsillar bo'lib, tirik
organizmlarda ko'p tarqalgan. Qondagi gemoglobin oqsili
xromopro teinlarga kiradi, uning
tarkibida temir atomi mavjud. Nukleoprotein lar oqsil va nuklein kislotalarning birikishidan hosil
bo'lgan murak kab
birikmalardir.
Ular barcha tirik
organizmlarning
tarkibida uchray di
va
yadro
hamda sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi.
2)
Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar faoliyatidan turli-tuman tex nologik jarayonlarda keng
foydalanilmoqda. Prokariotlar va bir
hujayrali
eukariotlar hayot faoliyatining mahsuloti bo'lgan
ferment
lardan foydalanish xalq
xo'jaligining turli tarmoqlarida yildan- yil ga ko'paymoqda.
Non pishirishda, pivo, vino, turli
tuman
sut
mahsulotlarini tayyorlashda mikroorganizmlar, zamburug'lar va
bakteriyalarning fermentativ faoliyatidan foydalaniladi. Shu mu nosabat bilan sanoat
mikrobiologiyasi keng rivojlanmoqda va in son uchun zarur bo'lgan, moddalarni ko'p miqdorda
ishlab chiqa radigan mikroorganizmlarning yangi shtammlari seleksiyasi jadal o'smoqda. Bunday
shtammlar antibiotiklar, ferment va vitamin preparatlari hamda ozuqabop oqsillarni ishlab
chiqishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Masalan,
mikroorganizmlardan
B2,
B12 vitaminlarini olishda
foydalaniladi. Yog'och qipiqlari yoki parafinda o'sadigan achitqi
zamburug'laridan ozuqabop oqsillar olinadi. Zamburug'lar tarkibi da 60
%
gacha oqsil moddasi
to'planadi. Oqsilga boy bu prepa ratni chorvachilikda qo'llash natijasida yiliga qo'shimcha ravish
da bir million tonnagacha go'sht yetishtirish mumkin. Mikroorga nizmlar yordamida almashtirib
bo'lmaydigan aminokislotalarni
ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega.Ozuqa tarkibida bunday moddalarning yetishmasligi
organizmlarning o'sishini keskin
sekinlashtiradi.
Hayvonlarning
an’anaviy
ozuqasi
tarkibida
almashtirib
bo'lmaydigan
aminokislotalar kam bo'ladi. Mikrobiologik yo'l bilan olingan lizin aminokislotasidan bir tonnasi
hayvonlar
ozuqasiga qo'shilsa, o'nlab tonna hayvonlar ozuqasini tejab qo lish mumkin. Inson uchun
zarur
bo'lgan mahsulotlarni tirik hujay ralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi
biotexnologiya deb ataladi.
Biotexnologiya jadal rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi.
Keyingi 30 yil ichida turli xil bakteriyalar
va
zamburug'lar faoliyati dan foydalanishga asoslangan
bir qator yangi ishlab chiqarish
korxonalari paydo bo'ldi. Mikroorganizmlar metallurgiya sohasi da ham "faoliyat" ko'rsatadi.
Rudalardan metallarni ajratib olishda
qo'llaniladigan odatdagitexnologiyalr tarkibi jihatdan murakkab
bo'lgan rudalardan keng foydalanishga imkon bermaydi; ularni
qayta ishlash
natijasida
judako'p chiqindilar hosil bo'ladi, atmos feragazaharli
gazlar
ajralib
chiqadi.
Metallar biotexnologiyasida sulfid bakteriyalari minerallarni ok sidlashi natijasida ko'pchilik
rangli metallar
va
noyob elementlar
eritmalartarkibiga o'tadi. Bu usul yordamida dunyo miqyosida bir
necha ming tonna mis olinadi. Bu mis
ana’naviy
usulda olinadigan
mislarga nisbatan
2-3
mara arzonga tushadi. Bakteriyalar fao liyati yordamida rudalardan uran,
oltin va kumush kabilar ajratib
olinib, zamrli elementlar mishyyk kabilar zararsizlantirads
Olimlar bakteriya hujayrasiga ma’lum genlarni, shu jumladan odam
genini ham kiritish usullarini ishlab chiqdilar. Bu usullar gen
muhandisligi deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o'ziga yot (begona)
bo'lgan gen
asosida
ko'p
miqdorda oqsillarni
sintez qiladi.
Hozir gi
kunda shu yo'l
bilan viruslar
ko'payishini to'xtatuvchi interfe ron oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi
insulin oqsilini olishmoqda.
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit
mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq-ovqat, konserva,
sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab
chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda.
Olimlarimiz A.M.Muzaffarov, M.LMavloniy, S.Asqarova,
A.Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishi ga katta hissa qo'shdilar.
A.Muzaffarov va uning shogirdlari xlo rella suv o'tidan chorva
mollarining mahsuldorligini
oshirishda va
bir qator suv o'tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashdan keng
miqyosda foydalanishni yo'lga qo'ydilar.
M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug'larini o'rganib, ularni
novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar
tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
3)
(36+T4+28+22)2=200
Do'stlaringiz bilan baham: