169. Ani nazm etki, tarki toza bo’lg’ay,
Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay
Yo’q ersa nazm qilg’onni xaloyiq,
Mukarrar aylamak sendin ne loyiq
Ushbu parcha qaysi dostondan olingan va nimaga ishora qilingan?
J: ,,Farhod va Shirin’’ muqaddimasidan olingan bo’lib, Navoiydan oldingi xamsanavislarni
takrorlamay, ularga taqlid qilmay, o’z oldiga yangi, o’ziga xos ,,Xamsa’’ yaratish vazifasini
qo’yganligiga ishora.
170. Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig’a panja urmoq
Kerak sher oldida ham sher jangi
Agar sher o’lmasa bori palangi
Bayt qaysi dostondan olingan va sher deb kimlar ko’zda tutilgan?
J: ,,Farhotd va Shirin’’ dan olingan bo’lib Nizomiy va Dehlaviyga ishora qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |