734. Fransuz siyosiy hayotining o’ziga xos yilnomasi bo’lgan asari qaysi?
J: 1832-y Fransiyada yozilgan “Fransuz ishlari”asari.
735. Shoirning majoziy dostoni qaysi?
J: 1842-y yozilgan “Atta Troll” majoziy doston bo’lib, unda hayvonlar timsoli vositasida tepsa-tebranmas kimsalar ayovsiz hajv qilingan.
736. Fransuz hayotini aks ettirishga qaratilgan asari qaysi?
J: 1854-y yozilgan “Lyutetsiya” asari.
737. Uning o’z taqdiri va millat she’riy tafakkuri taraqqiyotiga jiddiy voqea bo’lgan asari qaysi?
J: “Romansero”(1851), “E’tirof” (1854).
738. Uni vatanga mehrsizlikda ayblagan kishilarga qarata aytgan so’zlari qaysi asardan o’rin olgan?
J: “Germaniya. Qish ertagi” (1844) kitobida yozgan so’zboshisida “Men vatanni sizlardan kam sevmayman. Shu sevgim tufayli men 13 yil quvg’inda bo’ldim, ayni mana shu sevgim tufayli oh- voh qilmasdan, iztiroblardan yuzimni bujmaytirmasdan, yana, ehtimol, butun umrga quvg’in joyimga qaytmoqdaman”.
Do'stlaringiz bilan baham: |