750. Uning hayotida hal qiluvchi yil qachon bo’lgan?
J: 1811-y 19- oktabrda poytaxtdagi Sarskoye imperatorlik litseyiga o’qishga qabul qilingan va keyingi ijodiy hayotida bu yerning ahamiyati katta bo’lgan.
751. Shoirning chin do’stlari kimlar?
J: Ivan Pushin, Anton Delvig, Vilgelm Kyuxelbeker(Pushkin g’oyat tezob, qaysar, izzattalab bo’lgani
uchun uning do’stlari ko’p emasdi).
752. Uning dastlabki she’ri qachon e’lon qilingan?
J: 1814-y litseyda chiqadigan “Yevropa xabarlari” jurnalida chop etilgan.
753. Kim uning buyuk shoir bo’lishini bashorat qilgan?
J: Litseydagi imtihonlardan birida qatnashgan keksa Derjavin.
754. Uning mashhur she’r va dostonlari qaysilar?
J: 1817-y mashhur she’ri “Erkinlik”, 1820-y “Ruslan va Ludmila”, “Mis chavandoz” dostonlari yozilgan.
755. Mashur shoir Jukovskiy Pushkinning “Ruslan va Ludmila” dostoni qo’lyozmasi bilan tanishgach, qanday munosabat bildiradi?
J:”G’olib shogirdga mag’lub ustozdan”,-yozuvi bilan o’z portretini sovg’a qiladi.
756. 1820-yilga kelib Pushkin nima sababdan imperiyaning janubiga surgun qilinadi?
J: Bu davrda unga qarshi hasadchilar paydo bo’lib shoirning siyosatga mos kelmaydigan dadil she’rlari haqida chaquv uyushtirilib, 4 yildan ortiqroq surgun qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |