«Doston» so‘zi qaysi tildan olingan? J: Forscha
«Doston» so‘zi qanday ma'noni bildiradi? J: Qissa, hikoya, sarguzasht, ta'rif degan ma'nolarni
Xalq dostonlari necha turga bo‘linadi? J: 5 turga: 1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma. 3. Romantik.
Tarixiy. 5. Kitobiy
Yozma adabiyotdagi dostonlar qaysi nom bilan ishlatiladi? J: Poema
Xalq dostonlarining she'riy shakli necha bo‘g‘inli misralardan tashkil topadi? J: 11, 8, 7
Xalq dostonlarida keltirilgan 11 bo‘g‘inli she'riy shaklda nima ifodalanadi? J: Tinch ruhiy holat tasviri, qahramonlarning o‘y-mulohazalari
Xalq dostonlarida keltirilgan 8 bo‘g‘inli she'riy shaklda nima ifodalanadi? J: Otlarning chopishi, jang manzaralari, personajlarning tezkor harakatlari
Dostonlarda ishlatiladigan nasriy qofiya nima deyiladi? J: Saj
«Go‘ro‘g‘lining zo‘r deb ta'rifi ketgan, zarbasi toshdan o‘tgan, qilichining ishlovi yetgan, tekkan odam omon qolmasin deb, zaharning suvin yalatgan». Ushbu parchada qanday badiiy san'at qo‘llangan? J: Saj
Epik qolipga misol keltiring. J: «Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema», «Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol»
ALISHER NAVOIY
«Xamsa» yozish an'anasini boshlab bergan ijodkor kim edi? J: N.Ganjaviy asari Panj ganj» (Besh xazina)
N.Ganjaviy «Xamsa»sining ilk dostoni qanday nomlanadi? J: «Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag'ishlangan
N.Ganjaviy «Xamsa»sining ikkinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Xusrav va Shirin» Iroq hukmdori To‘g‘rul II ga
N.Ganjaviy «Xamsa»sining uchinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Layli va Majnun» Axsatan I ga
Do'stlaringiz bilan baham: |