«Palang» so‘zining ma'nosi nima? J: Yo‘lbars
A.Navoiy «Xamsa»sini qancha muddatda yozib tugatgan? J: 2 yilda
A.Navoiy «Xamsa»ni qachon yozgan? J: 1483 - 1485-yillarda
A.Navoiy «Xamsa»si hajmi qancha? J: 51 ming misra
A.Navoiy «Xamsa»si tarkibidagi dostonlarni ayting. 1. «Hayrat ul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi). 2. «Farhod va Shirin». 3. «Layli va Majnun». 4. «Sab'ayi sayyor». 5. «Saddi Iskandariy»
«Xamsa» dostonlari an'anaviy muqaddima bilan boshlanadi. Muqaddima nimalardan tashkil topgan? J: Hamd, na't
Hamd nima? J: Allohni ulug‘lash
Na't nima? J: Payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.) alqovi
«Hayrat ul-abror»ning boshqa dostonlardan farqi nima? J: Maqolatlardan iborat
«Hayrat ul-abror»da keltiriladigan maqolatlarning asosiy qahramonlari kimlar? J: Tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblari
A.Navoiy qaysi asarida islomiy mezonlar, umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib Olam va Odam to‘g‘risidagi mulohazalarini yuksak badiiy shaklda berib o‘tgan? J: «Hayrat ul-abror»da
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishoni anga iymon erur.
Ushbu misralar «Xamsa»ning qaysi dostonidan olingan? J: «Hayrat ul-abror»dan
A.Navoiy «Hayrat ul-abror» asarida insonni hayvondan farqlab turuvchi jihat sifatida nimani keltiradi? J: Iymonni
«Salotin bobida» qismi «Xamsa» dostonlarining qaysi biridan o‘rin olgan? J: «Hayrat ul-abror»dan
«Salotin bobida» «Hayrat ul-abror»ning nechanchi maqolati? J: Uchinchi
Shohki ish adl ila bunyod etar, Adl buzuq mulkni obod etar.
Kofiri odil ani obod etib, Mo‘mini zolim ani barbod etib.
Do'stlaringiz bilan baham: |