«Alpomish» dostonida moli yo‘q degan eng kambag‘al odamning qancha yilqisi bor edi? J: 40 ming tuya, qo‘yining sonini o‘zlari bilmas, bir qo‘ra, ikki qo‘ra deb sanardilar
Boysari yilqisining soni qancha edi? J: To‘qson to‘qay yilqisi bor edi
Lo‘k qanday tuya? J: Yuk tashiydigan tuya
Nor nima? J: Erkak tuya
Eliboylar kimlar? J: Chorvadorlar
Tabla nima? J: Ot boylanadigan joy
Qalmoqlar shohi kim edi? J: Toychixon
Surxayl kampir qayerda yashardi? J: Tovcha viloyati Qalmoq muzofotida
«Alpomish» dostonida Surxayl kampirning o‘g‘illari kimlar? J: Ko‘kaldosh, Ko Boyqashqa, Toyqashqa, Qo‘shquloq, Qorajon
Surxayl kampirning 7 o‘g‘li qayerda yashardi? J: Kashal g‘orida, To‘ayistonda
Boysarini kim «Kelganboy» deb chaqiradi? J: Ko‘kaldosh
Barchinoyga kimlar sovchi qo‘yadi? J: Surxayl kampirning barcha o‘g‘illari
Qalmoqlar Barchinoyga sovchilikka kelgan paytda u necha yoshda edi? J: 14 yosh
Barchinoyning yili (muchali) nima edi? J: Chichqon (sichqon)
«Alpomish» dostonida keltirilishicha, qachon qizning ixtiyori o‘zida bo‘ladi? J: 14 yoshga chiqqanida
Barchinoy kimni ko‘tarib chalqaramon qilib yerga uradi? J: Ko‘kamanni
Barchinoy Ko‘kamanni ko‘tarib yerga urish jarayonida qaysi pirdan madad so‘raydi? J: Shohimardon pirdan
«Ko‘kaman alp Barchinoyning burumidan ushlab, poygaga torta boshladi». Parchadagi tagiga chizilgan so‘z qanday ma'noni anglatadi? J: Soch tutami
Barchinoy sovchilikka kelgan qalmoqlarga qanday javob qaytaradi? J: Ulardan 6 oy muhlat so‘raydi
Barchinoy Alpomishga jo‘natgan chopar Qo‘ng‘irot eliga qanchada boradi? J: 90 kunda
Do'stlaringiz bilan baham: |