IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Dars so`ngida darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi.
V.O`quvchilar bilimini baholash:
VI.Uyga vazifa: mavzuni o`qib, savollar tuzish
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 44-dars Sana:____________
Mavzu : Furqat g`azallari
Ta`limiy maqsad: G`azal tahlil qilishga va Ifodali o`qishga o`tgatish, nazariy ma`lumot berish
Tarbiyaviy maqsad; Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini va ifodali o`qish ko`nikmasini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat, ifodali o`qish musobaqasi
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili.
3.Yangi mavzu Furqat g`azallarini ifodali o`qish. DVD orqali Furqat g`azallaridan eshittirish
G`azallar mazmuni yuzasidan fikr yuritish.
She’rlarining salmoqli qismi g’azallar bo’lib, ularning soni 200 atrofida. Shoirning yuksak badiiy mahorati, she’riyatining nafosati ham aynan g’azallarida namoyon bo’ladi. Ayniqsa, oshiqona kechinmalar bayonida, ma’shuqa jamoli tasvirida yangi, o’ziga xos tashbehlarni, ifoda vositalarini qo’llaydi. Tilining o’ynoqiligi, uslubning ravonligi, ifodaning xalqonaligi shoir g’azallarini xalqqa yaqin va suyumli bo’lishini ta’minladi.
Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik,
G’alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik.
Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor?
Fasohatda, sabohatda, hama to’g’rida san nozik.
Oshiqqa chamanzorda sarv daraxti bilan yosuman gulini nozik va ko’rkam deyishlari g’alati tuyuladi, chunki yorning qomati sarvdan, ko’ylagi (pirahani) guldan nozik, ya’ni go’zaldir. Ma’shuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go’zal inson bo’lmish misrlik Yusuf (a.s.)dan ustun qo’yadi. Bunga uning asosi bor: mahbubasi fasohatda, sabohatda (xushro’ylikda), bir-bir sanashning hojati yo’qki, har to’g’rida nozik - go’zaldir!
Furqat lirikasida g’urbat va hasrat ohanglari salmoqli o’rin egallaydi. Bu uning hayot yo’li bilan bevosita bog’liq. 1892- yilda Vatandan chiqib ketgan shoir umrining oxirigacha yurtga qayta olmadi. Shuning uchun vatan ishtiyoqi va g’urbat iztiroblari turli mavzudagi she’rlarda dardli va ta’sirchan ifoda etilgan. Shoirning «Fig’onkim, ul buti siymin zaqandan ayrilib qoldim», «Hasrato, kel-kel beri, ul sho’xi jonondin gapur» radifli g’azallarining maqta’sida yuqorida eslatilgan «Bir qamar siymoni» g’azalida bo’lgani kabi taqdirning unga bergan sinovi — yurt judoligi bayon qilinadi:
O’z diyoridin adashgan, Furqatiy devonaman,
Chug’zi har vayronadurmen, baytul ehzondin gapur.
Shoirning Istambulda yozgan «Sabog’a xitob» she’rida vatanni qo’msash, do’stlar sog’inchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etiladi. U Istambuldagi «nasimi fayzi rab» bo’lgan Milliy bog’da sayr qilar ekan, undagi xurram «mardum» (odamlar) chehrasini ko’rib, olis Toshkentdagi yor-u do’stlarini esga oladi:
Milliy oroyish ashyolari va zcb-ziynatlar
|
Tashqi ko’rinishi va kiyimlari
|
Ma’naviyati va xarakter xususiyatlari
|
Surma..., oltun uzuk....
|
Ko’zlar qaro...,
za’faroniy ko’ylak...
|
Nuqradin og’zida chang.., g’amza birla olturur...
|
Do'stlaringiz bilan baham: |