IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslikda berilgan Mashrabning hayoti va ijodi o`qittiriladi.
Savollar:
1.Boborahim Mashrab haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Mashrab haqida elda qanday rivoyatlar bor?
3.Mashrab qayerlarda tahsil olgan?
4.Uning qalamiga mansub qanday asarlarni bilasiz?
V.O`quvchilar bilimini baholash: VI.Uyga vazifa: o`qish, g`azal yod olish
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 37-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Mashrab g`azallari. Tasavvufiy atamalar
Ta`limiy maqsad: G`azal tahlil qilishga va Ifodali o`qishga o`tgatish, nazariy ma`lumot berish
Tarbiyaviy maqsad; Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini va ifodali o`qish ko`nikmasini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat, ifodali o`qish, charxpalak texnologiyasi
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili.
3.Mashrab g`azallarini ifodali o`qish. DVD orqali Mashrab g`azallaridan eshittirish
G`azallar mazmuni yuzasidan fikr yuritish.
Tasavvuf ta’limotining maqsadi komil insonni tarbiyalash ekanligini Siz yaxshi bilasiz. Bu ta’limot bo’yicha inson komillikning shariat, tariqat, haqiqat deb ataladigan bosqichlardan o’tishi kerak. Shariat barcha musulmonlar uchun xos va majburiy bo’lib, u islomiy hukmlar, yo’riqlar majmuidir. Shariatni qabul qilmagan kishi musulmon bo’lmaydi, binobarin, komillik yo’liga birinchi qadamni ham qo’ymagan hisoblanadi. Shariatni haq deb bilgan odam o’zi xohlab poklanish, komillik yo’li bo’lmish tariqatga kirishi mumkin. (Tariqat so’zining «yo’l» degan ma’noni anglatishi eslatildi.) Tariqatga kirgan odamni so’fiy, solik, murid, darvesh deb ataydilar. So’fiy tariqatda pir (murshid)ga qo’l beradi (qo’l berish - bu poklanish uchun ahd) va unga (pirga) inon-ixtiyorini topshiradi, uning ko’rsatmalariga so’zsiz bo’ysunib, poklanish amallarini bajaradi. Tasavvufdagi holat, poklanish vositalari, tushunchalarini ifodalash uchun maxsus istiloh (atama)lar qo’llanadi. Yuqorida kelgan tariqat, pir, so’fiy kabi so’zlar ham tasavvufiy istilohlardir. Tasavvuf adabiyotini, xususan, she’riyatini tushunish uchun istilohlar ma’nosini bilish zarur bo’ladi. Yo’qsa, asarlar tushunilmaydi yoki yanglish, hatto ko’zda tutilganiga zid, teskari ma’no uqilishi mumkin.
Tasavvuf adabiyotida ishq markaziy tushunchadir. (Ishqqa oldin berilgan ta’rifni eslang.) Boshqa tushunchalar, obrazlar, vositalarning hammasi undan kelib chiqadi yoki unga bog’lanadi. Ishq ikki turli bo’ladi: majoziy ishq - Olloh tomonidan yaratilgan barcha narsaga: insonga va butun borliqqa nisbatan muhabbat, mehr, ardoq anglashlik tuyg’usi; haqiqiy ishq - boshqa hech narsaga qiyos qilinmaydigan Yaratganni tuyish, anglash va U bilan birlik tuyg’usi. Ishq qo’yilgan ma’shuq tasavvuf adabiyotidagi Yor (mahbub(a), ma’shuq(a), jonon, do’st, rafiq) obrazidir. Majoziy ishqdagi yor inson bo’lib payg’ambar Muhammad alayhissalom yoki tariqat peshvosi piri komil nazarda tutiladi. Shuningdek, ota-ona, farzand, ayniqsa, go’zal ayol yoki ko’rkam yigit ham yor obrazi orqali beriladi. Haqiqiy ishq nuqtai nazaridan esa u Ollohdir. Ishq ko’pincha may, sharob istilohlari orqali ifodalanadi. May (ishq) quyiladigan kosa, jom, qadah kabi idishlar ko’ngil (so’fiy qalbi) ramzlaridir. Ko’nglida (idishda) ishqi (mayi) to’la oshiq (mast, xumori)lar to’planadigan joy esa pir (murshid) dargohi bo’ladi. Bu yerda ular muridlarini tarbiyalaydi, nafs qutqularidan xalos bo’lish yo’llarini ko’rsatish hamda ilohiy haqiqatlardan ogoh qilish bilan so’fiylar qalbida ilohiy ishq uchqunlarini yolqinlatadilar. Bunday pirlar dargohi tasavvufda mayxona (butxona, xarobot) istilohlari bilan yuritiladi. Ishq may ekan, ishqi borlar to’planadigan joyning mayxona atalishi tabiiy. Mayxonada odatda may tarqatuvchi, mayni quyib ulashuvchi shaxs bo’ladi. Tasavvuf mayxonasi (dargohi)da ma’rifat ulashuvchi, ishq sirlarini talqin etuvchi piri komilga soqiy istilohi qo’llangan. Ishq ahli (oshiq) deganda asosan so’fiylar tushunilsa, vasl ahli deganda komillikka yetishgan, avliyolik siyratini kasb etgan zotlar nazarda tutiladi. Lab - (haqiqiy yoki majoziy) yorning kalomi, ko’rsatmalari, purma’no so’zlari; bo’sa - oshiqning (haqiqiy yoki majoziy) yor visolidan bahramandligidir. Nasroniy diniga mansub kishi ma’nosini bildiruvchi tarso istilohi tasavvufda o’zini Olloh ishqiga yetishmoqqa baxshida etgan inson ma’nosida qo’llanadi. Xaloyiq (xalq, mardum, el) esa haqiqiy ishqdan bexabar kimsalar yoki dunyoga ko’ngil bergan nafs bandalari. Dunyo esa so’fiylar nazdida nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik.
Ta’kidlash joizki, tasavvufiy ruhda yozilmagan mumtoz asarlarda ushbu so’zlar yuqoridagidek istilohiy mazmunda emas, o’z lug’aviy ma’nolarida tushunilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |