9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet44/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

Bobur g’azallari. Bobur devonining katta qismi g’azallardan iborat. G’azalda, ko’pincha, ikkita markaz bo’lgan. Biri — lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi — ma’shuqa ta’rifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashgan. Navoiy va Bobur davrida bevosita muallifning hayotiga oid tafsilotlar ham g’azalga kirib kela boshladi. G’azalning mavzu-mundarijasi kengayib bordi. Bobur ijodida hayotga qaynoq mehr aks etgan jo’shqin g’azallar ham, afsus-nadomat to’la she’rlar ham bor. Shoir goh dunyoning achchiq-chuchugini tatib ko’rgan kishi sifatida falsafiy mushohada yuritadi, odamlarni har qanday holda yaxshilik qilishga chorlaydi, goh taqdirning ayovsiz zarbalariga chiday olmay, el-yurtdan bosh olib chiqib ketmoqchi bo’ladi. Xullas, insonga xos quvonch ham, g’am ham bu g’azallarda bor.

Boburning „Xazon yaprog’i yanglig’ gul yuzung hajrida sarg’ardim» satri bilan boshlanadigan g’azalida visol sog’inchi ifodalangan. Shoir kuz manzarasini chizadi. Bu manzara podshoh shoirning taqdiriga mos keladi. Muallifning munosabati hamda tuyg’ulari sharhi she’rdagi sog’inch va dardni, ayriliq fojiasini kuchaytirib boradi. Kuz, xazon umrning so’ngidan nishona:

Xazon yaprog’i yanglig’ gul yuzung hajrida sarg’ardim,

Ko’rub, rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim.

Shoir umrning ayriliqda o’tayotganidan zorlanib, „lolarux» (lola yuzli)dan rahm qilishini iltijo etadi. Matla’da Bobur tazod san’atidan mohirona foydalanadi. Kuz ko’klamdan qanchalik uzoq bo’lsa, oshiq ham ma’shuqadan o’shanchalik yiroq. Shu bois oshiq yuzi „xazon yaprog’i» singari jonsiz, qizning yuzi „gul» kabi yashnaydi, qahramonning „chehrasi zard», ma’shuqaniki „lolarux». Ma’shuqa parvosiz, „sarkash», chunki u sarvdek go’zal va bezavol, xazon ofatiga begona, hamisha yam-yashil:

Sen, ey gul, qo’ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Ayog’inga tushub bargi xazondek muncha yolbordim.

Kim u „lolarux»? Sarv-chi? Nega she’rning lirik qahramoni uning oyog’iga bargi xazondek tushib muncha yolvoradi? Tik qomatli sarv osmonga intilgani kabi xazonga aylangan yaproqlar og’ochning tepasiga emas, oyog’iga tushadi. Oshiqning noli ayni shu bargi xazonniki singari.




Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish