9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet55/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

O`tgan mavzuni so`rash:

1.Zahiriddin Boburning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Boburning g`azallaridan yod ayting.

3.”Boburnoma” qanday asar?

4.”Boburnoma” da Bobur nimalar haqida yozgan?

III.Yangi mavzu bayoni:

Hayot afsonalarga qorishib ketgan, surati-yu siyrati rivoyatlarda bayon etilgan. Xalq orasida halollik, to'g'rilik, xalqqa oshiqlikning timsoli bolib gavdalangan Mashrabdek shaxsi va ijodi mashhur zotni topish qiyin. Farhod va Qays seviklilari Shirin-u Layliga intilgani kabi Mashrab ham Yaratganning vasliga beqaror intilgan oshiqi analhaqdir. Kishi uning shaxsini bilgani sayin va ijodini o'rganish mobaynida o'zining ham tozarib borayotganini tuyadi, buyuk Tangriga yaqinlikni his qiladi. Shuning uchun ham uni o'qimoq, uqmoq kerak.

Oldinlari Mashrab 1640 yoki 1647 yillarda tugilgan deb hisoblanar va bu ma'lumotlar qator ilmiy manbalarda ko'rsatilgan ham edi. Bog'istoniyning "Tazkirai qalandaron" asarini sinchiklab o'rganish natijasida aniqlangan keyingi ma'Iumotlarga ko'ra Boborahim Valibobo o'g'li Mashrab 1653- yilda Namanganda kosib oilasida tug'ilgan. Yodingizdami, Navoiy "Xamsa"si qahramonlari Farhod va Qays tug'llmaslaridan ishq dardiga mubtalo bo'lgan edilar. Xuddi shu holat Boborahimda ham yuz beradi. Shoirning hayot yo'li yoritilgan "Qissai Mashrab" asarida yozilishicha, u bolaligidan majnuntabiat, so'fiysurat, odamovi va xomush qiyofada yuradi. Uning g'ayritabiiy odatlari, gap-so'zlari, yurgan yo'lida aytadigan baytu g'azallari ota-onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. Onasi ne orzu-havaslar bilan unga yangi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiz-bechoralarga kiyimlarini yechib berar, o'zi yalong'och yurardi. Ota-onasi iztirob bilan buning sababini so'raganlarida, u "Yaratganning huzuridan qanday kelgan bo'lsam, shunday yuraveraman" qabilida javob beradi. O'spirinligida qayerda go'riston bolsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko'rib: "Ey odamzod, oxir oiib boshingga tushadurgon ish bu", — deb yiglab yurardi (Farhod va Qaysning g'amginliklarini eslang). O'g'illaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan ota-ona xavotir va tashvishga tushadilar.

Mashrabni shu hududda katta ulamo, Haq yo'liga boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor Oxundga uchrashtiradilar. Mashrab undan zo'r ixlos bilan ta'lim oladi, tarbiya ko'radi. Xuddi bir muallim o'zidagi bilimlarni berib bo'lgach, shogirdini o'zidan ilmliroq boshqa ustozga yo'llaganidek, ma'lum darajada ilohiy sirlardan Mashrabni voqif etgan mullo Bozor oxund uni Koshg'arga — Ofoq xo’ja huzuriga borishi kerakligini aytadi. Islom dunyosining ulug'laridan biri bolmish bu zot yangi muridi qalbidagi ilohiy muhabbat nurlarini ilg'ab, unga Mashrab (ma'nosi — ishq sharobini ichgan) nomini beradi. Mashrab Ofoq xoja huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda, riyozatda bo'ldi va Halqqa yaqin avliyo zot bo'lib yetishdi. Farhodga Boniy, Moniy va Qoran o'rgatganlaridek, Bozor oxund va Ofoq xo’ja ta'limidan Mashrab toshdan metin nafs tog'ini yanchishni, ko'ngilda ishq binosini qurishni va bu binoga Olloh ishqini naqshlashni o'rgandi. "Xamsa" dostonlaridan Tangri oshiqlarining taqdiri qanday yakun topishi Sizga ma'lum. Mashrab, ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711- yilda Balx hokimi Mahmud Qatag'on amri bilan Qunduz shahrida qatl etilgan.




Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish