4. Mustahkamlash. 5. O`quvchilarni baholash
6. Uyga vazifa: o`qib ,savollar tuzish
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 9-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Rabg`uziy. “Qissasi Rabg`uziy” asari Asar mazmuni bilan tanishish.
Ta`limiy maqsad: asar mazmunini o`rganish
Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash, suhbat, savol-javob.
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili.
3. Yangi mavzu bayoni
Qissalar syujeti, bosh qahramonlari turlicha bo’lsa-da, ularni bir zot - Muhammad alayhissalom siymosi o’zaro birlashtirib turadi. Dunyoning yaratilishi haqidagi birinchi qissada aytilganidek, Olloh taolo farishtalariga qarata «...man bilurmankim, Muhammad Mustafo alayhissalom Odam o’g’lonlaridan bo’lg’usi, bul jahonni, ul jahonni, oyni, kunni, qamug’ narsalarni aning sevukligi uchun yaratdim», — deb marhamat qiladi. Shuningdek, asarning oxirgi qissasi Muhammad alayhissalom va u zotning oilasi, avlodlari haqidadir. Ko’rinadiki, insoniyatning uzoq tarixi, nabilar, avliyolar va boshqa ulug’ zotlarning haq va haqiqat yo’lidagi say’-harakatlari, izlanishlarining samarasi, umuman, odam zotining tom komillashuvi Muhammad alayhissalomning dunyo sahnasiga chiqishi bilan zuhur topdi.
Asrlar davomida insonlarni to’g’ri yo’lga boshlagan, buyuk Olloh irodasining ifodasi bo’lmish din ham Muhammad alayhissalomga berilgan Islom shariatida o’zining mukammal shakli va mohiyatiga ega bo’ldi. Ming yillar davomida yuz bergan jarayonlar, inqirozlar, rivojlanishlar ana shu zot (Muhammad a.s.)ning dunyoga kelishi, Islom mafkurasining qaror topishi uchun tayyorlangan zamin edi. Asardagi qissalarni birlashtirib turadigan bosh g’oya ham, ulardan kelib chiqadigan xulosa ham mana shundan iborat.
Aytish mumkinki, «Qisasi Rabg’uziy» buyuk ibrat va insonga taskin, umid bag’ishlovchi mo’tabar manbadir. Asarda payg’ambarlar hayoti, tarixda bo’lgan voqealar shunchaki bayon qilinmaydi. Har gal ular zamiriga yashiringan azaliy haqiqatlar sharhlab boriladi. Uni o’qir ekansiz, bu dunyoda hech narsa tasodifiy va g’alat, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin bo’lasiz. Barcha voqeliklarda Parvardigorning hikmati, adolati, eng asosiysi, ibratga to’la irodasi zuhur qiladi. Mana ularning ayrimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |