Guruh va shaxs o‘rtasida nizo
guruh xulq-atvor me’yorlari, qadriyatlari guruh a’zolar ularni qabul qilmagan holatda bu a’zolarning o‘z qadriyatlari va xulq-atvor me’yorlari bilan farq qilganda vujudga keladi;
Guruhlararo nizo
tashkilotning ikkita tarkibiy bo‘limi yoki bo‘linma ichidagi norasmiy guruhlar o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizodir.
Tashkiliy nizo bu- xodimlar, tashkilot jamoalari o‘rtasida ularning birgalikdagi mehnat faoliyati jarayonida manfaatlar qarama- qarshiligi, kelishuvning yo‘qligi, hattoki biron-bir ishbilarmonlik masalasini hal etish jarayonida qarama-qarshiliklar tufayli vujudga keladi.
Nizolar ko‘p tomonlama, dinamik, rivojlanayotgan jarayonni ifodalaydi. Nizolar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Nizolarni vujudga keltiruvchi sabablar
- ayrim bo‘linmalar va xodimlarning maqsad va vazifalari muvofiqlashtirilmaganligi va bir-biriga qarama-qarshiligi rahbariyatning funsional xizmat bilan, masalan, mehnat intizomining buzilishi sababli to‘qnashuvi);
- huquq va majburiyatlarning aniq cheklanmaganligi;
- resurslarning cheklanganligi (resurslarni taqsimlash jarayoni uchun nizolarning vujudga kelishi xarakterli);
- ijrochining professional tayyorgarlik darajasi pastligi;
- «arzanda»larga asoslanmagan (ayniqsa, ommaviy) tanbeh berish yoki ularni maqtash;
- xulq-atvor va hayotiy tajribadagi farqlar;
- o‘sish istiqbollarining noaniqligi;
- ish sharoitlarining yomonligi (bino harorati, noto‘g‘ri joylashtirish va h.k.);
- menejer tomonidan e’tiborning yetarli emasligi (qo‘l ostidagi xodimlarning muhtojliklariga e’tiborsizlik, ayrim xodimlarga nisbatan yaxshilikni ravo ko‘rmaslik, tanqidni qabul qilmaslik va b.);
- boshqa muvaffaqiyatga erishgan shaxslarga hasad, ishni adolasiz baholashdan xafa bo‘lish (psixologik fenomen).
Nizo oqibatlari
Funsional oqibatlar
- tashkilot, mehnat jamoasi, xodim uchun foydali, ijobiy
Nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo‘ladi. Qarama – qarshi tomonlar
nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondashilganda mamnun qoladigan. Bunday oqibat o‘z navbatida nizo yechimi bo‘yicha qabul qilinadigan qaror to‘siqlarini, ya’ni qarama – qarshi tomonlarning bir – biriga bo‘lgan:
- adovatni ;
- xusumatni;
- dushmanlikni;
- adolasiz kabi g‘arazli to‘siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo‘qotishga imkon beradi.
Funsional oqibatning boshqa ko‘rinishida qarama – qarshi tomonlarning ko‘proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o‘rtada nizo chiqmaslikka bo‘lgan moyilliklari namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |