Franko-stansiya jo‘natish shunday narxki, u mol yetkazib beruvchi to‘lov-
talabnomasining summasi, temir yo‘l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlari
yig‘indisidan iborat.
Belgilangan stansiyagacha franko vagon shunday narxki,
bunda mol yetkazib
beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarifi summasini qo‘shadi.
Belgilangan stansiyagacha franko. Bunda jo‘natish bo‘yicha barcha xarajatlar temir
yo‘l tarifi qo‘shilgan holda mol yetkazib beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Narxning franko ombor xaridor turida mol yetkazib beruvchi ko‘rsatilgan
xarajatlardan tashqari xaridorning stansiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va
omboriga yetkazib berish ishlari bo‘yicha xarajatlarni to‘laydi (qoplaydi).
Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan turi franko stansiya jo‘natish
hisoblanadi.
Xo‘jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari o‘rnatish haqidagi
o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy
hujjat hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnoma shartlari
ko‘rib chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan
nomenklaturadagi mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda
ushbu korxonaga nisbatan jazo choralari qo‘llanadi. Demak,
shartnoma bilan
rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma korxona xodimlari bajarishi shart bo‘lgan
qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish
unumdorligiga erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish rejasining
bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot
sotish shartlariga qarab aniqlanadi.
Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish xaridor
bilan tuzilgan shartnomalar
asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori,
qiymati va hisob-kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schYot-faktura, chiqim
hujjati, to‘lov talabnomasi va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi.
Mahsulotlar xaridorlarga jo‘natilganida jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha
provodka beriladi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot».
Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-
kitob hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati yetgan va to‘lash muddati yetmagan hisob-kitob
hujjatlari bo‘yicha alohida hamda to‘lashga
qabul qilinmagan, ma’sul shaxsda bo‘lgan
jo‘natilgan tovarlar alohida hisobga olinadi.
Mahsulotni realizatsiya qilish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday
turdagi xarajatlar sotish xarajatlari deb yuritiladi. Ushbu turdagi xarajatlarni to‘g‘ri, aniq
va o‘z vaqtida aks ettirish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Sotish xarajatlarini hisobga olish «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan
amalga oshiriladi. Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari
bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ish xarajatlari;
- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash
xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari;
- ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- savdo ehtig‘jlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga
olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;
- asosiy vositalar amortizatsiyasi va boshqalar.
Yuqorida biz keltirgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida
hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin, uning
oy
boshida
qoldiq
summasi
bo‘lmaydi.
9410-«Sotish
bo‘yicha
xarajatlar»
hisobvarag‘ining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada xarajatlarning
debet va kredit
oboroti bo‘yicha ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal-
orderlarida aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11-jurnal-orderda aks
ettiriladi.
Sotish xarajatlari har oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy
natijalarga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9410-«Sotish xarajatlari».
Do'stlaringiz bilan baham: