9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyaTI



Download 119 Kb.
bet1/9
Sana22.06.2022
Hajmi119 Kb.
#691917
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-mavzu. TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYaTI

9-mavzu. TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYaTI


1. Tadbirkor rahbar etikasi


Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga bog’liq bo’lmasdan, u insonlar, o’zining qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassislar va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari – biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan ham bahoanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobiga, madaniyatiga, dunyoqarashiga, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir.


Umuman, tadbirkorlik – bu madaniyat. Aytishlariga qaraganda, madaniyatli odam tadbirkor bo’lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo’lishi lozim. Arastu (Arestotelь) o’z zamonida birinchi bo’lib axloq to’g’risida gapirib: “Axloq – nimani qilishimiz va nimadan o’zimizni tiyishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi”, - degan edi. Prezidentimiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq – ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlarni shuningdek, insonlarning fe’l-atvorlarini, ularning qanchalik maqbul nuqtai-nazardan ko’rib chiqishga va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQSHda firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilarmonlik kodeksi” keng qo’llaniladi. “Biznesmenlarning axloq koedksi” birinchi marta AQSHda 1913 yili ishlab chiqilgan bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo’lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholashda, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi belgilangan.
Vaqt o’tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajribasiga asoslangan, umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo’lgan quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi:



  1. Umumiy qoidalar




  • xususiy mulk muqaddas, daxlsiz va mulkchilikning qolgan barcha shakllari bilan bir qatorda teppa-tengdir;

  • tadbirkor – ishchanlik va yaratuvchanlik missiyasining jonkuyaridir. Uning kasbi astoydil faoliyatni, ishlab pul topishni talab qiladi. Bu uning obro’-e’tibori manbaidir;

  • tadbirkor o’z mehnatining ahamiyatini anglay oladi. U o’z hamkorlaridan ishga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi va uni qo’llab-quvvatlaydi;

  • xususiy xo’jalik faoliyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga olib keladi va tabirkorga o’ziga xos majburiyatlar yuklaydi.





  1. Download 119 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish