9-mavzu. Pedagogik fikrlarning sho‘ro davridagi rivoji


Behbudiyning milliy mustaqillik g‘oyalari



Download 403,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana22.07.2022
Hajmi403,26 Kb.
#839556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-маъруза

Behbudiyning milliy mustaqillik g‘oyalari 
«Biz, — deydi Behbudiy, — o‘z qismatimizni bilamiz. Agar bizning 
hayotimiz hurriyat va xalqning baxt-saodati uchun qur- bonlik sifatida kerak 
bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz. Mumkin qadar 
ko‘proq yaxshi maktablar ochish, shuningdek, maorif va xalq baxt-saodatini 
ta’minlashsohasida tinmay ishlash bizga haykal bo‘ladi».
1
— Bu Behbudiyning 
asosiy g’oyasi edi. 
Behbudiy o‘zi e’tiqod qo‘ygan oliy maqsadga erishishning birdan bir yo‘li 
— ilm-ma’rifat tarqatish, yoshlar tarbiyasi haqida uzluksiz g’amxo‘rlik qilish, 
shu bilan birga, milliy mustaqillik uchun tinmay kurash olib borish deb bildi, 
millatlar o‘rtasida do‘stlik, totuvlik bo‘lishi zarurligi xususida fikr bildirdi 
Behbudiy o‘z maqsadlarini faqat ma’rifat orqali amalga oshirishga harakat 
qildi. U ta’lim-tarbiya xususidagi o‘z g’oyalarini amalga oshirishning bosh yo‘li 
sifatida yangi maktablar ochish, unda yoshlarni diniy ilmlar bilan birga aniq 
fanlarni ham o‘qitish, ovrupocha ta’lim-tarbiyani Turkiston maktablariga keng 
ko‘lamda joriy etishni targ‘ib qildi 
Behbudiy ta’lim-tarbiyada yoshlar ongiga dunyoqarashni singdirib 
borishga alohida e’tibor berdi 
Behbudiy maktab, maorifni — inson ongini shakllantirish va 
rivojlantirish, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash vositasi hisobladi, ochilgan 
yangi usul maktablarida o‘quvchilarni shaxs sifatida kamol toptirishga, ulardagi 
insoniy fazilatlarni shakllantirishga e’tibor berdi 
Behbudiy Samarqand «SHo‘roi Islomiya» jamiyati majlisida so‘zlagan 
nutqida: «Biz turkistonliklarga ona tilida ham, rus tilida ham erkin so‘zlay 
oladigan va tahrir qiladigan, shariatni biladigan va jahon siyosiy sharoitini 
tushunadigan kishilar darhol kerak»ligini aytib, bunday xususiyatlarga ega 
bo‘lmagan kishi hech qanday foyda keltirmasligini ta’kidladi. 
Behbudiyning fikricha, zamonlar o‘tsa ham, ayrim urf-odat va an’analar 
o‘zgarmaydi, shu bois yomon urf-odatlar (bid’atlar)ni yo‘qotib, yaxshi urf-odat, 
an’analarni takomillashtirish kerak. Dindan diniy-etnik adovatni kuchaytirish 
maq- sadlarida emas, balki milliy ozodlik, ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashda, 


Turkistondagi etakchi kuchlar va ijtimoiy qatlamlarni birlashtirish yo‘lida 
foydalanish lozim. 
Behbudiy o‘z pedagogik qarashlarida ilm ahlini hayotda sodir bo‘ladigan 
zaruriy yangiliklarga aql-idrok bilan yondoshishga da’vat etadi. U hayotda 
doimo o‘zgarishlar bo‘lib turishini aytib, ta’lim-tarbiya sohasida uni idrok 
etishga alohida e’tibor berdi 

Download 403,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish