9-mavzu. Pedagogik fikrlarning sho‘ro davridagi rivoji



Download 403,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana22.07.2022
Hajmi403,26 Kb.
#839556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-маъруза

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Abdulla avloniy “Tanlangan asralar” 1 jild 2-nashri T. “Ma’naviyat” 2006 yil. 


 
 
Xalqimizning asl tabiatida mavjud bo‘lgan 
ana shunday ilmiy-ma’naviy salohiyat va 
fazilatlar haqida gapirar ekanmiz, “Oqqan daryo 
oqaveradi” degan naql beixtiyor yodimizga 
tushadi. Chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat 
g‘oyasini 
baland 
ko‘tarib 
chiqqan 
bobolarimizning faoliyat bunga yana bir yorqin 
misol bo‘la oladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, 
Munavvarqori Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, 
Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid 
Cho‘lpon, 
Usmon 
Nosir 
kabi 
yuzlab 
ma’rifatparvar, fidoiy insonlarning o‘z shaxsiy 
matfaati, 
huzur-halovaidan 
kechib, 
el-ulus 
manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida 
amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan 
aslo o‘chmaydi.
Chorizm va mahalliy hokimiyat 
qarshiligiga qaramay Qo‘qonda 1898 
yil, Andijonda 1899 yil, Toshkentda 
1999 yil, Qo‘qonda 1910-11 yillar 2 ta, 
Marg‘ilonda 1914 yil Abdulla Avloniy 
1907 
yil, 
Samarqandda 
I.Rahmatullayev, 
S.Siddiqiy, 
A.Shakuriy 1901-1913 yillar bir nechta 
yangi usul maktablari ochildi
Qrim 
tatar 
ma’rifatparvari 
Ismoil 
Gasparinskiy 
(1851-1914 
yillar) Qrimda “Usuli sivtiya 
– 
harf 
tovush” 
jadid 
maktabini ochadi. 40 kunda 
12 o‘quvchining savodini 
chiqargani 
“Tarjimon” 
gazetasida e’lon qilinadi
“Jadid” so‘zining ma’nosi 
“yangi” degan bo‘lib, “yangilik 
tarafdori” 
degan 
ma’noni 
anglatadi. Turkistonda jadidchilik 
harakati 
dastlab 
maktabdan 
boshlangan. 
(B.Qosimov) 
Munavvar Qori jadid maktablari uchun “Adibi avval” (1907), 
“Adibi soniy” darsliklarini chop ettirdi. 5 yillik bilimni 3 yilda 
berishga erishdi. 1908 “Sabzaver” badiiy asarlar to‘plami “Yer 
yuzi” (geografiya) darsliklaridan chop etildi. Munavvar Qori 
boshchiligida Xalq dorilfununi tashkil etildi.
Uch bosqich: Yuqori bosqich - o‘qituvchilar kursi, keyingi 
oliy ilmgoh. 
O‘rta bosqich – o‘rta hunar maktabi. 
Quyi bosqich – boshlang‘ich maktabi. 
Munavvar Qori o‘qitish qoidalari: 
-Har bir harfni qisqa ovoz ila ta’lim bermoq, ayttirmoq; 
-Har bir saboqi qora taxtaga oq bo‘r bilan yozib, barobar 
ovoz ila takror qilmoq; 
-Bir soatdan so‘ng bolalarni holiga qarab ko‘chirtirish, 
kechagi saboqni so‘rash 


Munavvar Qori Abdurashidxon o`g`li 
(1878—1931)
Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li Turkiston tarixida milliy maorif va 
madaniyat, ijtimoiy-siyosiy sohada tub burilish yasagan, jadidchilik harakatining 
tashkilotchilaridan biri bo`lgan.
U o`z millati fidoyisi sifatida Turkiston musulmon xalqlari milliy-ozodlik 
harakatining 
Toshkentdagi “SHo`roi Islomiya”, Qo`qondagi “Turkiston 
muxtoriyati” tashkilotlariga rahbarlik qilgan. 
Abdurashidxon Sotiboldixon olim o`g`li Munavvar qori 1878 yilda Toshkent 
shahrining markaziy dahasi — Shayx Xolvand Taxurning Darxon mahallasida 
mudarris Abdurashidxon va Xosiyat otin oilasida dunyoga keladi. U yetti yoshida 
otasidan ajraydi. Dastlabki ta`limni onasi Xosiyat otindan oladi, xat-savodi 
chiqgach, o`sha davrdagi yirik maktabdorlardan biri — Usmon domlada o`qiydi, 
so`ng Toshkentdagi Yunusxon madrasasida tahsil ko`radi. Biroq, o`sha davrda 
O`rta Osiyoda ilm markazi Buxoro edi. Shuning uchun u 1898 yilda Buxoroga 
borib, madrasalardan birida tahsil ola boshlaydi. Ammo ko`p o`tmay, moddiy 
qiyinchiliklar tufayli Toshkentga qaytib keladi va Darxon masjidida imomlik 
qiladi. Shu davrda Toshkentda ham jadidchilik harakati kuchayib boradi. 
Munavvar qori ham taraqqiyparvarlar safiga qo`shilib, tezda uning 
yo`lboshchisiga aylanadi. U ayniqsa Ismoilbek G`aspiralining “usuli savtiya” 
maktabiga, chor hukumati mustamlaka o`lkalardagi aholini qanday ma`naviy-
madaniy uzlatda saqlagani va undan qutulish choralari haqidagi fikrlariga havas 
va ixlos bilan qaraydi. Chunki, bu davrda birinchidan, eski arab va fors maktabi 
uslubida faoliyat ko`rsatuvchi ibtidoiy maktablaru madrasalarning o`quv 
pedagogika ishlari ancha eskirib qolgan edi. Ikkinchidan, chor hukumati 
Turkiston o`lkasida maorifni rivojantirmaslik uchun astoydil harakat boshlab 
yuborgan edi. O`lka aholisini ruslashtirish siyosati birinchi o`rinda turar edi. 
Pirovard maqsad millatni yo`q qilishdan iborat bu ma`naviy tajovuzni ayniqsa 
o`zbek ziyolilari ham har qadamda sezib yurishgan va his qilishgan. Bundan 
tashqari, mustamlakachilar Turkistonga och nazar bilan qarab, uning boyliklarini 
shafqatsiz 
tashiyotganliklari, 
milliy 
ozodlik 
harakatlarini 
qonga 
botirayotganliklari faqat oddiy mehnatkashlarning emas, balki boylar va 
ziyolilarning ham ko`zini ochib borayotgan edi. Xalqni bu balolardan faqat 
maktab ta`lim-tarbiyasidagi keskin islohotlar qutqara olar edi. Shu bois, 
Munavvar qori rus-tuzem maktablariga qarshi o`z yangi maktablarini ochishga 
ahd qildi. 
Shunday qilib, Munavvar qori 1901—1904 yillarda qrimlik do`sti Rasm Keshod 
yordamida Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi, ayni vaqtda maktabda 
imomlik ham qiladi. 1906 yilda esa yangi usul maktabi sohasidagi faoliyatini o`z 
uyining tashqari hovlisida davom ettiradi, oradan ko`p vaqt o`tmay maktab uchun 
ikki xonalik qo`shimcha bino qurdiradi. Qisqa muddat ichida bu maktab dovrug`i 
ortadi, bolalar soni ko`payib ketadi. Natijada qori akaga hammahalla bo`lgan 
Buvaxon to`ra Poshshaxon o`g`lining tashqi hovlisida maktabning ikki sinfli 


sho`basi ochiladi. Bu yerda 1, 2-sinflarni bitrgan bolalar o`qishni Munavvar qori 
hovlisida davom ettirganlar. 
1913—14 o`quv yilida maktabda yuqori sinflar (5 va 6-sinflar) ochila boshlaydi. 
To`rtinchi sinfdan rus tili ham o`quv fani sifatida o`rgatiladi. U maktabni isloh 
qilmay turib, odamlarning ongida o`zgarish yasab bo`lmasligini yaxshi tushunib 
yetgan edi. U “Bizni jaholat-jahl murakkab” maqolasida “Turkistonda maktab va 
madrasa yo`q emas, bor, ammo ular benizom va beusuldir... Turkistonlik 
yoshlarning tarbiyasi va ta`lim olishiga jiddiy e`tibor berilmayapti, millatning 
istiqboliga loqayd va beparvo qaralmoqda”, deb tanqid qilardi. Munavvar qori 
farzandlarining taqdiri uchun otalar zimmasida katta mas`uliyat borligini 
ta`kidlaydi. U kuyinib yozadi: “... ilm berishni o`ylamay, jonidan shirish 
bolalarini ko`cha-bako`cha kezdirib, bechora mas`umni aziz umrini jaholat 
otashila yondig`uvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur.” 
“... Boshqalari o`z farzandlarini aslo maktabga bermay, orqalaridan ergashturub 
ruslar eshikida o`zlari kabi xizmatchilikg`a o`rgatub dunyoi va oxiratni saodati 
o`lg`on ilm va maorifdin mahrum qo`ymoqdin hech bir ibo qilmaslar. Ba`zi 
azizlarimiz bordurki, o`g`lini qo`lidin tutub maktabg`a olib borur. Muallimdan 
talab qilurki, “Taqsir, shu o`g`limning go`shti sizniki, ustuxoni bizniki, bir iloj 
qilub tezlik ila naqd va nasiya yozmoqni o`rgatib berursiz” der. Mana, otalarning 
farzandlari taqdiriga, istiqboliga bo`lgan munosabati. 
Munavvar qori maktab o`qituvchilarining (domlalarning) ham qiyofasini 
tavsiflab, aksar o`qituvchilar — badxulq, zolim, bolalarni kaltaklashadi, ya`ni 
“Muallim afandi qo`lida zo`r bir tayoq, qaysi bolani boshi harakatdan qolsa, 
ushbu tayoq shu bolani boshida o`lur. Ammo o`qug`on-o`qumag`on ila hech 
kimni ishi yo`q. Boshni qimirlatib o`tursa, kifoya qilur. Shattoki o`tgan yillarda 
bu tariqa zolim muallimlarni tayoqini ostida vafot qilmoq ham voqe` o`ldi. Bu 
tariqa zolim va badxulq, johil muallimlarni tarbiyasida o`skan bollardan nima 
umid qilmoq kerak”... Munavvar qori o`qitishning bunday yaramas usuli qanday 
oqibatlarga olib kelishi haqida kuyunib yozadi: “... boshqa viloyatlarda xat 
bilmayturg`on kishi yuzdin o`n bo`lsa, Turkiston viloyatida yuzdin to`qsondir”1. 
Bunga bois maktabda o`qitiladigan dars va kitoblarning usul (metodika) jihatidan 
maqsadga muvofiq emasligi, muallimlarni pedagogik talablarga javob 
berolmasligi kabilardir deydi. 
Munavvar qori maktab tartib qoidalariga qat`iy amal qilishni muallimlardan ham 
talab qilgan, bolalar bilan qo`pol muomalada bo`lishni, ularni urish va jerkishni 
taqiqlagan. U bolalarga beriladigan jazo va tanbeh juda demokratik va 
insonparvarlik ruhida bo`lishi lozim, deydi.
Munavvar qori ziyoli yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm-fanni 
o`rganishni targ`ib qiladi. Masalan, u 1916 yili Toshkentda yig`ilishda nutq 
so`zlab shunday deydi: “O`zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga yuborib 
o`qitishga juda muhtojmiz, bolalar o`qub, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta 
xizmat qila oladilar”. 
Munavvar qori 1909 yili Ubaydulla Xo`jayev, Abdullo Avloniy, Toshpo`latbek 
Norbo`tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda toshkentlik bir 
boyning raisligida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi. Bu jamiyat orqali qashshoq 


va kasalmand kishilarga, o`quvchilarga yordam ko`rsatadi va bu bilan 
cheklanmaydi, u Rossiya va Turkiyadagi oliy o`quv yurtlariga talabalar yuborish 
bilan ham shug`ullandi. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda shu jamiyatning 
yordami bilan Mirmuhsin SHermuhammedov Ufadagi “Oliya” madrasasida 
o`qigan. Munavvar qori 1906 yil sentabrida “Xurshid” jurnalini nashr ettirib, o`zi 
muharrirlik qiladi. Bu jurnal o`zbek xalqining ko`zini ochishga, fikriy 
uyg`onishga, o`z haq-huquqini tanishiga xizmat qilgani uchun oq poshsho 
malaylari tomonidan tezda yopib qo`yildi. Keyinroq u “Najod”, “Surat”, 
“Shaqiqat”, “Turon”da bosh muharrir bo`lib ishladi. U matbuotni elni g`aflat 
uyqusidan uyg`otuvchi buyuk kuch, madaniyat va ma`rifatga chorlovchi qudratli 
vosita, haqiqat ko`zgusi, deb qaradi. U Turkistonning mustamlakaga aylanishi
millatning inqirozga uchrashi sabablarini ochib beradi: “Bu zamondan yuz yildan 
ziyodroq muqaddam zamondan boshlab ohista-ohista millat devorlarining har 
tarafiga rahna paydo bo`ldi. Munga sabab ulamo va ulamolarimizning o`z 
nafslari rioyasida harakat qilmoqlari bo`ldi. Podshoh va xonlarimiz bo`lsa, 
millatga qilgan xizmatlari tanho xotin olmoq va kuchuk urushtirmoq va beg`ayrat 
va behaqqoniyat dindor kishilarni badarg`a qilmoq va tutib o`ldirmoq bo`ldi. 
Millat nima va shariyat nima bilmadilar. Shuning uchun millat devorining 
rahnalari tobora ziyoda bo`ldi”.
Yana buyuk murabbiy millatning inqirozga uchrash sabablaridan birini 
“bo`zaxo`rlik, qimorbozlik, ... lar”ga o`xshash illatlarni bizlarning ota-
bobolarimiz rasmlaridir, deb iste`mol qilganlarida ko`radi. 
Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan, u ko`p ulug` 
adiblarning asarini mutolaa qilgan. Munavvar qori o`lkaning qoloqligi sababini 
axtarar ekan: “Bizning Turkiston mamlakati tuproq, suv va havo jihatidan eng 
boy mamlakatlardan bo`la turib, na uchun o`zimiz bundan foydalana olmaymiz?” 
deb afsus-nadomatlar qiladi. “Mana, ket-baket yetgan bunday savollarga javob 
bermak uchun nodonlik va olamdan xabarsizlik, demakdin boshqa chora yo`qdir. 
Bu nodonlik va dunyodan xabarsizlik balosidan qutilmak uchun avval oramizda 
hukm surgan buzuq odatlarning buzuqlig`ini bilmak va o`rganmak kerakdir”, 
deydi u. 
Ma`lumki, zolim Nikolay II ning 1916 yil 25 iyunda «Front orqasidagi 
xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkaz inonarodetslaridan o`n to`qqizdan 31 
yoshgacha er kishilardan mardikorlikka olish haqida 1526 raqamli farmoni e`loni 
qilinadi. Bu noqonuniy farmonni o`lka qonini so`rib yotgan gubernatorlar bosh-
boshdoqlik bilan amalga oshiradilar. Oqibatda, Turkistonning ko`pgina viloyat va 
shaharlarida aholi o`rtasida norozilik tug`ilib rasmiy isyonlar boshlanib ketadi. 
Isyonlar shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ana shu pallada toshkentlik 
taraqqiyparvar kishilar sukut saqlamay, aholiga yordam berishga kirishadilar. 
Ushbu harakat natijasida «Turkiston mardikorlikka olish qo`mitasi» tashkil 
etiladi. Munavvar qori shu qo`mita raisining o`rinbosari etib saylanadi. U chor 
hukumati olib borayotgan bu siyosatning noto`g`riligini xalqqa tushuntiradi va bu 
masalada Peterburgga vakil yuborishni tashkil etish ishlarida faol qatnashadi. 
O`zbek xalqini ma`rifatli qilishga intilgan buyuk murabbiy 1918 yil may oyida 
Toshkent shahrida “Turk o`chog`i” ilmiy-madaniy jamiyati tuzadi. U bu 


jamiyatni Turkiston turklarini milliy tug` ostiga to`plab, alarga ruh va 
ma`rifatlarimizni, tijorat, ziroat va san`atimizni rivojlantirib, chin madaniyat 
vujudga keltirmak va shu tariqa millatimizni ruhiy va jismoniy quvvatini orttirish 
maqsadida tashkil etgan edi. Munavvar qori ana shu g`oya asosida ish olib 
boradi. 
U insonning ma`rifatli bo`lib, ko`zi ochilmaguncha vijdon uyg`onmasa na o`zini, 
na xalqining erkini muhofaza qilaolishini, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona 
noziklik bilan o`z asarlarida ifoda etadi. “So`nggi ikki yil ichida, — deydi u, — 
Turkiston xalqining boshina kelgan falokatlar har biri yolg`iz nodonlik va 
maorifsizlik orqasidangina bo`lganligi har kimga ma`lumdir. Kelajakda bunday 
falokatlardan qutulmoq va Turkiston xalqi tilagan ravishda idora qilmoq va 
dushmanlardan saqlamoq yolg`iz maorif vositasi ilagina mumkindir”, deydi u. 
Sha, bu Munavvar qorining imon-e`tiqodidan, vijdonidan dalolat edi. Zero, 
toshkentlik jadidlar — taraqqiyparvarlar millatni illatdan, asoratdan ma`rifatgina 
qutqaza olish haqidagi xulosaga keladilar. 
Umuman, Munavvar Qori Abdurashidxon o`g`li ma`rifatparvar inson, istiqlol 
uchun kurashgan, pedagogik fikr rivojiga munosib hissa qo`shgan mutafakkir olim 
sifatida shuhrat qozondi. 
O`z xalqini, vatanini joni-dilidan sevgan Munavvar qori Abdurashidxonov shaxsga 
sig`inishning dastlabki qurbonlaridan biri bo`ldi. U avval Toshkentda, so`ng 
Moskvada tergov qilinib, otib o`ldirishga hukm etiladi. Bu ulug` insonning ismi 
sharifi xalq yodidan hech qachon o`chmaydi. 

Download 403,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish