II. Tarbiyalovchi vaziyatlar va ularning turlari. Pedagogik jarayonda o’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy xarakterdagi vaziyatlarda maqsadli, o’rinli foydalanish o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni samarali rivojlantirishga imkon beradi. O’quvchilarning tarbiyalanganligi ularning tarbiyalovchi vaziyatlardagi holatida yaqqol ko’rinadi.
Tarbiyalovchi vaziyat – o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida turli qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat.
Tarkibiy tuzilmasiga ko’ra tarbiyalovchi vaziyatlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: tarbiyaviy maqsadlar; tarbiyaviy ta’sir ob’ektlari; pedagogik jarayonni harakatga keltiruvchi va uning yechimini topishda asosiy rolni o’ynaydigan tarbiyaviy ta’sir sub’ektlari.T
Tarbiyalovchi vaziyatlar turli mazmunga ega bo’ladi. Ular o’rtasida o’zaro muloqotga kirishayotgan o’qituvchi va talabalarning o’zaro hamkorligi asosida yuzaga keladigan holat eng universal sanaladi. Ayni o’rinda shuni ham qayd etib o’tish joizki, o’quv-tarbiyalovchi vaziyatlarning yuzaga kelishiga ishtirokchi taraflarning barchasi u yoki bu darajada o’z hissalarini qo’shadi.
Odatda tarbiyalovchi vaziyat shaxsni o’qitish va tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayonining o’lchov birligi sifatida namoyon bo’ladi. SHuningdek, u o’qituvchi va o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlarini baholash, aniq sharoitlarda yuzaga kelgan muammoning yechimini topishni o’z ichiga oladi.
Ta’lim muassasalarida yuzaga kelgan bir muammo o’qituvchi, o’quvchilar yoki alohida o’quvchining faoliyatida turlicha ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan masala tashkiliy shakliga ko’ra, biror bir shaxsning ta’siri bilan esa ichki mohiyatiga ko’ra o’zgarishi mumkin. SHu bilan birga ta’lim jarayonining ishtirokchilaridan biri masalaning mohiyatini, g’oyasini o’zgartirganda mazmunan o’zgaradi. Masala mohiyatining o’zgarishi natijasida yangi vaziyat yuzaga kelib, rivojlanib boradi.
G archi tarbiyalovchi vaziyatlar turlicha bo’lsa-da, ularning xarakteri, murakkablik darajasiga ko’ra muayyan guruhlarga ajratish mumkin (18-rasm):
Odatda o’qituvchi-talaba; o’qituvchi-talabalarning kichik guruhi; o’qituvchi-talabalar jamoasi; o’qituvchilar-talabalar; o’qituvchi(lar) – talaba(lar) – uchinchi shaxs tarbiyalovchi vaziyatlarning ishtirokchilari bo’ladi.
Pedagogik jarayonda yuzaga kelgan vaziyatda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakatlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
1. Hamkorlik – tarbiyalovchi vaziyatning o’zaro harakati bo’lib, unga ko’ra sub’ektlardan biri ikkinchisining ruhiy-jismoniy holatini to’la xis etadi va voqelikka, masalaga nisbatan o’zining salbiy munosabatini o’zgartirgan holda, vaziyatning rivojlanishi va ijobiy tus olishiga sabab bo’lishi mumkin. Hamkorlik asosida sherigi bilan o’zaro harakat qilish, kayfiyati qanday bo’lishidan qat’iy nazar uning osoyishtaligi haqida qayg’urish yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |