Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab
chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab boʻyicha narx qonunidan oʻziga xos
tarzda foydalanadi.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning
shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniluvchi «ergashish» hamda
«inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx boʻyicha qilingan oʻzgarish
(narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni
shunday oʻzgarishlar qilish kuzatiladi. «Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx
boʻyicha qilingan oʻzgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar
tomonidan inkor etish, ya’ni hech qanday javob oʻzgarishlari qilmaslik kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |