1930-50-yillarda ziyolilarning ta’qib qilinishi
Milliy adabiyot va san’atning ahvoli qiyin va nomutanosib holatda edi. Shaxsga siQinishning rutubatli iqlimiga qaramay ijodiy hayot so’nmadi, yozuvchilar va adabiyotshunoslar qatori kengaydi. 1934 yil martda Toshkentda O’zbekiston yozuvchilarining s’ezdi bo’ldi va unda Respublika Yozuvchilar uyushmasi tashkil qilindi.
O’zbek yozuvchilarining nomlari jahonga keng yoyila boshladi. o’afur o’ulom, Oybek, o’ayratiy, O’amid Olimjon, Abdulla Jahhor, Oydin Sobirova, Usmon Nosir, Komil Yashin va boshqalarning asarlarida xalqning ijtimoiy hayoti va an’analari, mehnat qahramonlari, shijoati kabi xususiyatlar o’z badiiy ifodasini topgan.
Lekin 30-yillarda kuchaygan ma’muriy buyruqbozlik tizimi va shaxsga siQinish mafkurasi ijod ahlini, qolaversa respublikaning madaniy hayotini bo’Qa boshladi. Ijodni partiyaviylik va yagona mafkuraga bo’ysundirilishi hayotni badiiy tasvirida vulgar-sotsial ko’rinishlarga keng yo’l ochdi. Partiya tomonidan yangi hayotni kuylashga bo’lgan chaqiriq va majburiy cheklashlar ijodiy jarayonda tarixiy o’tmishni bir tomonlama tasvirlashga olib keldi.
Adabiyotda borliqni, murakkab ijtimoiy muammolarni bo’yab ko’rsatish, xato va kamchiliklar haqida sukut saqlash zaruriy shart bo’lib qoldi.
Milliy madaniyat 30-yillarda qattiq fojiaga uchradi. Inson haq-huquqlarining poymol qilinishi kuchaydi. Abdulla Jodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Shokir Sulaymon, Ziyo Said, Elbek, Botu, A’zam Ayub, Usmon Nosir, Josim Sorokin kabi millatning etuk ziyolilari qatag’on qilindi va xalqimiz ularning asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi.
40-yillar oxirlarida fan va madaniyat xodimlarini qatag’on qilishlar davom etdi. VKP (b) MKning 1946 yil «Zvezda» va «Leningrad» jurnallari haqidagi qarorlari qatag’onlar yangi to’lqinining G’oyaviy asosi bo’lib xizmat qildi. Shu paytdan boshlab adabiyot va san’atda ijodiy demokratik rivojlanish uzoq yillar davomida sun’iy ta’qib qilindi, joylarda hurfikrlilik siquvga olindi.
Markazning ko’rsatmalariga asoslanib, respublikaning partiya organlari ijodiy ziyolilarga qarshi kurash olib bordilar. Ularning asarlaridagi milliy G’oyalar ularni ayblash uchun foydalanildi. Yozuvchi va shoirlarning asarlarida o’rta asr va inqilobgacha bo’lgan davrdagi xalq tarixini, madaniyatini badiiy tasvirlash-o’tmishni qo’msash, ideallashtirish deb ayblandi va ularga «millatchi» degan tamQalar yopishtirildi. Shu qabilda Oybek, Abdulla Jahhor, Mirtemir, Shayxzoda va boshqa o’zbek yozuvchilari qoralandi.
1951 yil avgustda respublika matbuotida «qator shoir va yozuvchilarning ijodida mafkuraviy oQishlar» mavzusida maqola chop etildi. Unda Turob To’la, Kamtar Otaboev, Mirtemir, Sobir Abdulla, O’abibiy kabi ijodkorlar millatchilikda va panturkchilikda ayblanib, tanqid qilindilar. Shuningdek, Oybek, X. Zarifov, X. Yoqubov, Said Ahmad, I. Sultonov va boshqalar «o’zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda turish»da va «jiddiy G’oyaviy xatoliklar»ga yo’l qo’yganlikda ayblandilar.
1951 yilda Maqsud Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, o’ulom Alimov va boshqa bir qator ijodkorlar «antisovet millatchilik faoliyati» da ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindilar. Shu yillari jamiyatshunos olimlardan bir guruhi, chunonchi, faylasuf V. Zohidov, iqtisodchi A. Aminovlar panturkizmni tashviqot qilishda va burjua-millatchilikda ayblanib, ta’qib qilindi.
JataQon qilingan san’at, fan va madaniyat arboblari mustabid tuzum davrida haq-huquqsizlik qurboni bo’ldilar.
Adolat bir qadar qaror topib, shaxsga siQinish va uning oqibatlarini tuzatish uchun olib borilgan kurashlardan keyin asossiz qatag’on qilingan madaniyat va fan arboblari oqlandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |